Top 25: Dunyodagi eng mashhur me’moriy xatolar
Top 25: Dunyodagi eng mashhur me’moriy xatolar
Go’zal va iqtidorli me’moriy loyihalar ruhni hayajonlantiradi va o’zidan inson tafakkurining noyob muvaffaqiyatlari, ijodiy iqtidori va muhandislik innovatsiyalarini namoyish qiladi. Lekin me’morlar o’z hisob-kitoblarida xato qilishlari ham mumkin, va o’z qobiliyatlarini hamda salohiyatlarini haddan ziyod baholashlari ham mumkin.

16. Ontariodagi san’at va dizayn kolleji

16. Ontariodagi san’at va dizayn kolleji

Ehtimol, bunday noodatiy inshootni ko’rganda tabassum qimasa bo’lmaydi, ayniqsa, bu ta’lim muassasasi ekanligini bilganingizda. Sizning e’tiboringizda Aqsh, Ontario (Ontario) dagi San’at va Dizayn kolleji. Tashqi ko’rinishidan bu inshoot kosmik Maynkraft (Minecraft, komyuter o’yini) dan to’g’ri osmondan, eski binolar ustiga tushgan ulkan g’ishtga o’xshaydi. Bu erda yaxshi o'qituvchilar ta’lim beradi deb umid qilamiz va bitiruvchilari hamma joyda o'z Alma-mater nusxalarini qurmaydilar deb o’ylaymiz.

15. Takoma bo’g’ozu ustidagi ko’prik

15. Takoma bo’g’ozu ustidagi ko’prik

Takoma (Tacoma), AQSHdagi eng birinchi ko’prik – bu ko’priklarni qanday qurish kerak emasligi haqidagi eng yorqin misoldir. Bu konstruksiya – kelajakdagi minglab me’morlar uchun haqiqiy darslik, va ular ushbu loyihaning mualliflari xatolarida o’rgansinlar, va o’z xatolariga yo’l qo’ymasliklari uchun yaxshi misol. Qattiq shamol (65 km/s) va me’morlik rejalaridagi noaniqliklar sababli, qurilishi endi bitqazilgan bu ko’prik shunchalik qattiq silkindiki,1940 yilda u ko’z oldida to’kilib ketdi.

14. Uolt Disney konsert zali

14. Uolt Disney konsert zali

Hammaning sevimli multiplikatori Uolt Disney (Walt Disney) sharafiga qurilgan konsert zali turli shakldagi va hajmdagi tasodifiy figuralardan iborat “qo’shma solyanka” ga o’xshab ketadi. Antiqa kompleks quyosh nurini effektiv aks ettiruvchi, zalni issiqlikdan himoya qiluvchi va qo’shni uylardagi yashovchilarni ko’zlarini oldirib va qovuradigan metal qalqonlardan iborat. Ko’pchilik haligacha hazillashib, bu atrofdagi hududlarda yashovchi sho’rlik amerikaliklarga bo’lgan qasddan hujummi, yoki shunchaki me’morlar va dizaynerlar xatosimi deb bashorat qilishadi.

13. Rey va Maria Stataning Markazi

13. Rey va Maria Stataning Markazi

Yo’q, bu Villi Vonka (Willy Wonka) ning shokoladli fabrikasi emas, bu Massachusets texnologik instituti (Massachusetts Institute of Technology) studentlik shaharchasi hududidagi Rey va Mariya Stataning markazi (Rayand Maria Stata Center). Bino mashhur me'mor Frank Geri (Frank Gehry) tomonidan loyihalashtirilgan va o’zidan zamonaviy dekonstruktivizm yo’nalishining misolini ifoda etadi. Markaz kafedra sifatida xizmat qiladi, ammo u ko’rinishidan qo’rqinchli uyga o’xshaydi. Biroq, bazi beparvo talabalar uchun bu ayni adolatli birlashma bo’lishi mumkin.

12. Uilyam Eduard Byorkxardt Dyubua nomidagi kutubxona

12. Uilyam Eduard Byorkxardt Dyubua nomidagi kutubxona

Siz nufuzli mehmonxonalar va ofislar joylashtirilgan eng uzun ko’priklar, eng baland osmono’parlar haqida ko’p eshitgansiz, ammo qanchalik ko’p siz eng baland kutubxonalar reytinglarini uchratgansiz? Sizning e’tiboringizda – dunyodagi eng baland kutubxona (94 metr)! Afro-amerikalik yozuvchi, ijtimoiy faol va sotsiolog Uilyam Eduard Byorkxardt Dyubua (W.E.B DuBois) turli xildagi hikoyalar va afsonalr bilan taniqli. Masalan, aytishadiki, bu minoradagi kitoblarning umumiy vazni shunchalik kattaki, bino abadiylashtirilgan bilim qog’ozlari og’irligi ostida o’tirib qolishni boshladi.

11. Longaberger kompaniyasi shtab-kvartirasi

11. Longaberger kompaniyasi shtab-kvartirasi

Yo’q, bu piknik uchun mo’ljallangan ulkan savat emas, bu Amerikadagi muvaffaqiyatli Longaberger Company kompaniyasining shtab-kvartirasi. Bu majmuaga nigoh otganda, uning nima bilan shug’ullanishini taxmin qilish qiyin emas. 1973yildan, bu kamtarona oilaviy biznes bo’lgan vaqtda, Longaberger kompaniyasi ommaviy bozorda tan olinishiga qadar uzoq yo’lni boshdan kechirdi. Bugunda Longaberger– qo’l-to’quv savatlari va millionlab dollarli uy va turmush uchun kerakli boshqa tovarlarning ishlab chiqaruvchisi va distribyutori.

10. Grand Lisboa mehmonxonasi

 10. Grand Lisboa mehmonxonasi

Grand Lisboa mehmonxonasi– Makao, Xitoyda barpo etilgan SJM Holdings developerlik kompaniyasining me’moriy loyihasi. Bino 2008 yilda ishga tushirilgan va o’zidan balandligi 258 metrli 47-qavatli osmono'par binoni tashkil qiladi. Mehmonxona postmodernism uslubida qurilgan va reja bo’yicha lotos guliga o’xshashi kerak edi. Loyihaga 386 million dollar hajmda sarmoya kiritildi, ammo hatto shu hajmdagi investitsiyalar ham uni tanqidlardan va be’mani xunukligi uchun ayblovlardan qutqarmadi.

9. Tropikana-fild sport arenasi

9. Tropikana-fild sport arenasi

Tropikana-fild (Tropicana Field) stadioni boshqa sport arenalariga o’xshaydi, biroq, aslida u o’z ichki tuzilishi bilan bog'liq qiyinchiliklarga duchor bo’ladi. Yopiq multifunksional majmua uning tomi ostida o’tuvchan ko’prikchalardan iborat, va bu muallaq tizimlar uchrashuvlar mobaynida birnecha marta muammolarga sabab bo'lgan. Ba'zan to'plar binoning gumbazigacha uchib boradi va metall tuzilmalar bilan to'qnashishi sababli o'z yo'nalishini o'zgartiradi. Ehtimol, shuning uchun Tropicana Field Arenasi Tampa-Bey-Reys (Tampa Bay Rays) professional beysbol klubining uyi bo'lish huquqi uchun bo’lgan poygada boy bergan.

8. Slovakiya radiosi binosi

8. Slovakiya radiosi binosi

Slovakiya davlat radio binosini “asr binosi” deb nomlashgan, lekin bu uning ahamiyati yoki nufuzi uchun emas. Shunchaki, majmuani juda uzoq vaqt davomida qurganlar, birinchi rejaning tasdiqlanishidan uni ishga tushirilishigacha 30 yildan kam o’ymagan! Kimdir chizmalarni chalkashtirib, ulkan piramidani teskarisiga o’rnatishgan, yoxud me’morlar shunchaki qandaydir noyob narsani yaratmoqchi edilar. Endi Slovakiya radio binosi – Bratislavani boshqalardan ajratuvchi joylardan biri. Majmua ichida bir nechta radiostansiya studiyasi va ovoz yoszish kompaniyalari bor, konsert zalida esa mashhur ijodkorlar ishtirokida konsertlar o’tkaziladi. Qurilishning asosiy xato bo’lgan tomoni yorug’lik bilan bog’liq. Xodimlar kun bo’ylab yuqoridagi qavatlar soya qilishlari sababli ular doimiy qorong’ulikda ishlashlariga to’g’ri kelishiga shikoyat qilishadi.

7. Mirador binosi

7. Mirador binosi

Mirador majmuasi (Mirador) Madridda joylashgan, tashqi ko’rinishidan u xuddi o’rtasida bir parcha devor yetishmagandek ko’rinadi. Loyiha developerlari yangi bino tumanning me’moriy rejasini, uning bir xilligi va oddiyligini yangilamoqchi bo’lishdi. Lekin ko’plar me’morlar o’z originallik niyatlarida biroz ko’proq urinib ko’rganlarini ta’kidlashadi. Ulkan lego ko’plab marotaba tanqidga uchragan va birov o’rtasidan teshik teshib qo’ygan, betondan qilingan katta qutiga o’xshatadi.


Ваша реакция?

Сообщения из Facebook