Bunday joyda ishlashni faqat orzu qilish mumkin: Tanishing, dunyoning eng gʻayrioddiy ofislari!

Sizlarni Invention Land firmasining ofis bilan taajublantirishga jurʼat qilamiz. Firma sohiblarining fikrlaricha, xodimlar oʻz vazifalarini bajarishari uchun imkon qadar diqqat-eʼtiborlarini jamlashlari kerak. Masalan, bolidlarning uchuvchilari kabi. Bunday fikr bogʻliqligi rahbariyatni ofisni katta oʻyinchoq avtodromning ichiga joylashtirishga undadi.


Navbatdagi topilma oddiy ofis buyumlariga etiborini ajratgan Radford Wallis dizaynerlariga tegishlidir. Ishlab chiqaruvchilarning gʻoyasi Giant Office Suppliesning Londondagi ofisida tatbiq etildi. Bu yerda oddiy ofis buyumlari interyerning bezaklari sifatida xizmat qiladi, biroq bir necha barobar kattalashtirilgan koʻrinishda!


Invention Land sohiblari koʻp miqdorli ofis xodimlarining koʻnglini olishga qaror qilgan edilar. Bu yerda erkaklar uchun avtotrek kabinetlari, ayollar uchun xayratga sazovor pryanikli uychalar barpo etilgan!


Aksariyat hollarda koʻp sonli ishchilar shtatiga ega kompaniyalar shaxsiy hudud ajratib olish oʻta qiyin boʻlgan maskanlarga joylashishida. Bir necha yuz kishi ishlaydigan Pons va Huot Frantsuz appartamentlari esa xar bir xodim uchun alohida ish joyi bilan jihozlangan. Xammaning oʻziga tegishli sharchasi, boshqacha qilib aytganida mini-hududchasi bor!


Invention Land rahbariyati barchani oʻz kreativligi bilan hayratda qoldirishga qaror qildi, chunki dunyoning eng noyob ofislari roʻyxatining yana bir pozitsiyasi ham shu kompaniyaga tegishlidir. Bu safar ofis makoni dengiz qaroqchilarining kemasi koʻrinishida namoyon boʻladi. Dengiz qaroqchilari kemasining palubasidagi bochkalaр koʻrinishidagi stollar plastikdan yasalgan bir koʻzli kapitan nazorati ostida turadi. Shunga qaramay, stollar eng zamonaviy stol usti qopqoqlari bilan jihozlangan.


Shvetsiyadagi Bahnh of Office internet-provayderi oʻzining yangi ofisini Sovuq urush davrida qurilgan bomba panohgohining ichiga joylashtirgan. Ajab emaski, ofis interyeri “qiyomat”dan keyingi tirik qolgan yerliklarning oxirgi boshpanasi boʻladigan koʻrinishga toʻgʻridan toʻgʻri mos keladi.

Va yana Invention Land kompaniyasi. Bu safar ofis oʻzida gʻor koʻrinishini aks ettiradi. Taxmonlar xodimlarning ish joylari uchun jihozlangan. Chakki boʻlmagan dizaynerlik gʻoyasi: orqa planda esa kichkina sharshara ham mavjud.


Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



