Nafis ayollar va zebo qizlar uchun qanday qilib yanada go'zalroq bo'lish haqida foydali maslahatlar.
Maslahat #1.
Ertalab, och qoringa, bir osh qoshiq zig'ir urug'larini yeng. Yaxwilab chaynang va bir stakan iliq suv bilan ichib yuboring. Bundan 30 daqiqadan so'ng nonushta qilish mumkin. Bu qanday natija beradi? U organizmni nihoyatda yaxshi tozalaydi. Teringiz bit tekkis va sof bo'ladi. Shu bilan birga, bu muolaja kichik bo'lsa ham, sog'lom ozishga olib keladi. Hamda zig'ir urug'lari soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi. Yodda tuting: zig'ir urug'larini organizmda toshlar mavjud bo'lgan hollarda iste'mol qilish mumkin emas.
Maslahat #2.
Har kuni ovqatga pishirilgan qizil lavlagi qo'shib tanovul qiling. Nonushtagami yoki kechki ovqatgami, o'zingizga qulayini tanlang. Lavlagi - bu qonni unikal tozalovchisidir. Qonning sog'lom bo'lishi, bu go'zal tashqi ko'rinishning muhim ko'rsatkichi. Bu vosita teri holati va ichki organlarning ishlashiga ham ijobiy ta'sir qiladi.
Maslahat #3.
Har kuni, uxlashdan bir soat avval, yuzingizga gliserin va vitamin E larning aralashmasini surting.
Aralashmani tayyorlash juda onson: 30 gramm gliseringa 10 dona vitamin E ning kapsulalarini olamiz. Kapsulalarni igna yordamida teshib, idishchaga yog'ini siqib chiqaramiz. Bu narsalarning barchasini dorixonadan arzon narxlarga sotib olish mumkin. Aralashmani yuz terisiga surtishdan avval, terini tozalab olish va yumshoq cho'tka yordamida yengil uqalab olish zarur. Terida bir oz qizarish paydo bo'lishi kerak. Bu holatda hujayralar oziqlantiruvchi moddalarni maksimal darajada shimib oladi. Buning faqat bir kamchilik tomoni bor - yuz terisi gliserin shimilib ketguniga qadar, bir oz yopishqoq bo'lib qoladi. Yoqimsiz hisslarni kamaytirish uchun namlantiruvchi tonikdan foydalaning. Har tongda siz teringizning bu kabi oziqlantirishga bo'lgan tashakkurnoma reaksiyasini ko'rasiz. Ajinlar tekkislanadi, teri rangi esa, bir maromga keladi. Ko'z qirralaridagi ajinlardan juda samarli vosita. O'zingiz sinab ko'ring.
Maslahat #4.
Har kuni 50 gramm yong'oq yeng. O'zingizga yoqqan har qanday turini. Sochlar va tirnoqlar ikki haftadan so'ng, sizga KATTA raxmat aytadi.
Maslahat #5.
Uch kunda bir marta sochlar uchun, quruq xantal kukunidan tayyorlangan, niqobni qiling. Kukunga bo'tqa holatiga kelgungacha suv qo'shiladi va o'simlik yog'i (yaxshisi chakamuq yog'i yoki undirilgan bug'doy yog'ini) qo'shib aralawtiriladi. Nam sochlarga surtib 20-30 daqiqa ushlab turiladi va yuvib tashlanadi. Doimiy ravishda, bir oy davomidagi muolajalardan so'ng, siz sochlaringizni yangi ziynatli ko'rinishid tanimay qolasiz.
Maslahat #6.
O'zingizga uyqu uchun paypoqlar tayyorlab oling. Ular tabiiy uplardan bo'lsin. X/b yoki yungdan. Bu yil fasliga qarab albatta. Uyqudan avval, dush qabul qilgandan keyin, oyoqlaringizga ayamasdan bir necha tomchi yalpiz efir yog'i qo'shilgan saryog' surting. So'ng, paypoqlarni kiyib, shundayligicha uxlashga yoting. Bir oydan keyin sizning oyoqlaringiz havas va hayratlar obyektiga aylanadi. Plyaj mavsumidan bir oy oldin o'tkazilgan bu muolaja sizga juda as qotadi. Siz oyoqlaringizni g'urur bilan ko'rsatib yura olasiz.
Maslahat #7.
Endi kipriklarni parvarish qilamiz. Sizga bo'sh, kipriklar uchun tush idishi kerak bo'ladi. Uning ichini, o'zining sovunlangan cho'tkasi yordamida, yaxshilab yuvamiz. Quritamiz. Ichiga undirilgan bug'doy yog'ini tomizamiz. Bo'ldi. Bo'yoqlardan charchagan kipriklar uchun, uy sharoitida tayyorlangan, kipriklarni mustaxkamlash va o'stirish uchun vosita tayyor. Uyqudan avval kipriklarning butun uzunligi bo'yicha surtamiz. Cho'tka yordamida buni amalga oshirish juda qulay. Juda ham ko'p surtish kerak emas. Kipriklarga bir oz surtish yetarli. Bir oydan so'ng siz kipriklaringiz qalinroq va ancha kuchli bo'lganini ko'rasiz.
Maslahat #8.
Tana terisini parvarishlaymiz. Bir stakan dengiz tuzini olamiz (lekin, oddiy yodlangan osh tuzi bo'lsa ham bo'ladi), unga bir stakan yog'li smetana qo'shamiz. Cho'milgandan so'ng, qo'lqop-mochalkani qo'lga kiyib, tayyor bo'lgan aralashma bilan bo'yin va butun tanani yaxshilab uqalaymiz. So'ng, iliq suv bilan yuvib tashlaymiz. Erinmaymiz va buni har cho'milgandan so'ng qilamiz. Aralashmani muzlatkichda saqlash mumkin. Tuz yuzadagi o'lik zarralarni yechadi va dezinfeksiya qiladi. Agar mayda xusunbuzarlar bor bo'lsa, u holda ular tez orada o'tmishda qoladi. Smetana tuzning ta'sirini yumshatadi va hujayralarni oziqlantirib, tuzga mayin terini shilishga yo'l bermaydi. Doimiy qo'llash a'lo natijalar beradi.
Maslahat #9.
Yana bir bor teri haqida. O'zingiz uchun amarant yog'i kabi xazinani xarid qiling. Bu maxsulotning asosiy qismini skvalen tashkil qiladi. U esa, o'z navbatida, bizning terimizning asosiy komponentlaridan biridir. Yog', deyarli, 100% ga shimilib ketadi va ajinlar bilan kurashishda, kuyishlar, chandiqlar va boshqa shu kabi teri nohushliklarini bartaraf etishda raqobatchilarga ega emas. Amran yog'ini har kuni, tana va yuz terisiga surtish muhim va lozim. Bu juda ko'p muammolardan halos etadi. Yog'ning yagona kamchiligi bu uning narxi. Biroq, kichli ixlos bor bo'lsa, amarant yog'ini uy sharoitida ham onson tayyorlash mumkin.
Maslahat #10.
Sochlaringizni yuvgandan so'ng, chayish uchun maxsus suv tayyorlab oling. Suvga bir necha tomchi mentol yog'idan qo'shing (1 litr suvga 5 tomchi) va sochlaringizni har gal yuvgandan so'ng, shunga chaying. Bu bosh terisiga ajoyib yengillik va soflikni beradi. Bu vosita hattoki bosh og'rig'ini ham yengillashtiradi. Qazg'oq bilan samarali kurashadi. Sochlarning ortiqcha yog'lanishida a'lo darajada yordam beradi.
Сообщения из Facebook