Kinofilmlarning eng maftunkor salbiy qahramonlari

Anjelina Jolining Malefisenta filmidagi ijrosi hech qanday soʻz bilan tariflab boʻlmas darajada beqiyosdir. Aytishlariga qaraganda Anjelina ushbu filmdagi roli uchun grimdan tortib, libos tanlash jarayonida ham oʻzi bevosita ishtirok etgan.

Albatta ushbu filmdagi Styuartni sevuchilar koʻplab topiladi. Biroq isteʼdodli Sharliz Teronning ijrosiga ham beeʼtibor boqib boʻlmaydi. Aktrisadan juda chiroyli qirolicha va oʻgay ona chiqdi. Aktyorlik mahorati va liboslar... Hammasi boʻlib, malika 1ta film uchun 20 ta koʻylak kiyib suratga tushdi, ularning baʼzilari kadrda atigi bir necha soniya paydo boʻlgan halos. Hech ikkalanmay shuni aytib oʻtish kerakki, bu film qayta-qayta koʻrib chiqishga arziydi.

Butunlay oʻzgacha kayfiyat, boshqacha uslub va tomoshabinga ega Oppogʻoy mavzusidagi yana bir film. Julia Roberts bu filmdagi rolni aʼlo darajada bajardi va bu uning qahramoni hazil-mutoyibasi, narsisizm va oʻziga xoslik hissini qoʻshdi. Uning qizil koʻylagi xoʻroz bilan uygʻunlashtirilgan - yorqin, juda bashang va qimmat. Ammo biz shunday ijrolar orqali hatto yomon qahramonlar ham kulgili va qaysidir darajada yoqimli ekanligini koʻramiz. Buning sababi, ular haqiqatan ham xohlagan narsalarini tan olishdan qoʻrqmaydilar.

Monika Beluchchi oʻynagan har qanday rolni ajoyib va jozibali deya hisoblaymiz. Biroq uning "Aka-uka Grimmlar" dagi zolim qirolicha obrazi shunchaki beqiyos... Monika bu zolim qirolicha roliga hayot, jozibadorlik, yashirin ayol sehrini taqdim eta oldi.

Odam.uz tahririyati. Har bir maqolani odam tekshiradi va sodda, jonli oʻzbek tilida yozamiz. Maqsadimiz - foydali boʻlish va vaqtingizni behuda sarflamaslik.



