Yoz shu qadar tez o’tadiki! Buni avgustning so’nggi kunlarida ayniqsa kuchli his etasiz. Va u tezda tugashiga qaramay, issiq yozgi hotiralar biz bilan qoladilar. Polshaning Gdinya shahridan fotograf Elvira Krushelniska (Elwira Kruszelnicka) ular yordamida kattalar dunyosidan bolalikning yozgi koinotiga uchib ketish mumkin bo’lgan ta’sirli fotolarni qiladi. Uning sur’atlari bolalik emosiyalari, yozgi quyosh va quvonchga to’la.
Polshalik fotograf Elvira Krushelniska so’zlab beradi:
“Bir vaqtlar men shoshilinchda syujetlar izlagan edim, lekin xozir sekinlashganda ko’proq narsalarni ko’rish mumkinliogini bilaman. Yana, qiziqarli onlarni toppish uchun juda uzoqqa boorish kerak emasligi aniq bo’ldi. Endilikda, men qayerda bo’lishimdan qat’iy nazar, odamlarni kuzataman – masalan, ko’l bo’yida oila va do’stlar bilan yozgi dam olish vaqtida. Atrofdagi barcha narsalar quvonch va ilhom manbaasi bo’lishi mumkin.
Men juda ham quyosh, suv, tabiat bilan bog’lanishni, ayniqsa yozda, yaxshi ko’raman. Yilning bu fasli menga, biz hali onlarga sho’ng’ib ketgan va katta hayotning xech qanday tashvishlari qiynamagan, betashvish bolalikni eslatadi.
Yillar davomida men mamnuniyat bilan ob’ektiv orqali bolalarni, ularning o’zlari qilayotgan ishga g’aroyib azart bilan berilib ketib, qolgan barcha narsalarni, hattoki, mening ob’ektivim haqida ham unutib, yozgi ta’tillari bilan zavqlanayotganlarini kuzatar edim.”Shunchaki yoz!” – o’g’lim bilan birgalikda qaytadigan, mening kelgusi ta’til to’g’risidagi fotohikoyam”.
Сообщения из Facebook