просмотров
Raj Kapur – Nargis
Bu ikki inson oilali bo’lishlariga qaramasdan, ularning o’rtalarida qandaydir bog’liqlik borligini payqash qiyin emas edi. Raj Kapur va Nargis o’z rollarini shunchalik qoyilmaqom qilib o’ynashgan ediki, ularning hayotda haqiqiy sevishganlar, degan mish-mishlar yurar edi. Bu juftlik hind kinoindustriyasining “oltin juftligi” bo’lib qoladi.
Amitabx Bachchan – Rekxa
Ularning muhabbati Bollivud muxlislari orasida eng ko’p muhokama qilinadigani edi. Amitabxning rafiqasi Jaya ishtirokidagi ushbu sevgi uchburchagining sir-asrori maxfiyligicha qoladi. Nima bo’lgan taqdirda ham Amitabx va Rekxa juftligi hamisha muxlislarning olqishiga sazovor bo’lib kelgan.
Dhamendra – Xema Malini
Keyinchalik oila qurgan Xema va Dharam – bir vaqtlar Bollivudning eng muvaffaqiyatli juftliklaridan biri bo’lgan. Uddaburon yigit va sohinjamol qiz ajoyib ishqiy juftlikni yaratdilar. Boshqa juftliklardan farqli o’laroq ular bir-birlarini hayotda ham haqiqatdan sevar edilar.
Rishi Kapur – Dimpl Kapadiya
Rishi Kapur va Dimpl Kapadiya mashhur “Bobbi” filmidayoq tomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan edilar. Mazkur film bir pasta xit darajasigacha ko’tarildi. Bu juftlik yana bir necha marotaba birga sevishganlar obrazini talqin etdilar.
Shoxruhxon – Kajol
Nisbatan yoshroq avlodni oladigan bo’lsak, sevishganlar rolini Shohruhxon va Kajolchalik hech kim o’ynay olmaydi. Yuqorida nomi tilga olingan “oltin davr” vakillaridan keyin kino ixlosmandlari orasida aynan Shohruhxon va Kajol yuqori maqomga erisha oldilar.
Сообщения из Facebook