просмотров
Har bir mamlakatda harbiylarning bayram kiyimlari turlicha. Kundalik harbiy kiyim bilan bayram formalarining bir-biridan qanchalik farq qilishi sizni ajablantirishi mumkin. Dizaynerlar bor iqtidorlarini ishga solib, haqiqiy mo’jiza yaratadilar hamda harbiylar bayram paradida chiroyli va shu bilan birga haybatli ko’rinishga ega bo’lishlarini ta’minlaydilar. Biroq turli davlatlarning dizaynerlari tomonidan yaratilgan harbiy bayram liboslari orasida bizga g’alati tuyulishi mumkin bo’lganlari ham yo’q emas. Keling, ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz.
1.Boliviya
Agarda siz kelajak haqidagi kompyuter o’yinini o’ynagan bo’lsangiz, u yerdagi harbiylarning kiyimini ham ko’rgan bo’lishingiz kerak. Boliviya armiyasining askarlari aynan ana shunday kiyim kiyishadi.
2.Vatikan
Hayron bo’layapsizmi? Ha, shu kichkinagina davalatning ham o’z armiyasi bor (Shvetsariya armiyasining yollanma korpusi). Lekin eng qizig’i bu emas – harbiylar formasining dizayni to’rt asr avval Mikelandjelo tarafidan yaratilgan.
3. Gretsiya
Yunon askarlari paradda qanday qadam tashlayotganlariga diqqat bilan razm soling. Ularning oyoq kiyimlarining popuklari bor. Askar har qadam tashlayotganida popukchalar ham likillab turadi.
4.Hindiston
Hind askarlarining harbiy bayram kiyimlari ham o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Haddan tashqari ko’p ranglar, boshga qo’ndirilgan yelpig’ich va popiltiriqlar. Shuning uchun ham bu formani oddiy , deb bo’lmaydi.
5.Eron
Ha, Eron armiyasi askarlarining bayram liboslari ana shunday ko’rinishga ega. Bunday libos kiygan askarning yuzini ko’raman, deb xomtama bo’lmang, buning aslo ilojisi yo’q.
6. Italiya
Harbiylarning libosi bo’yicha eng kuchli taassurot uyg’otadigan forma ana shu. Italiyalik harbiyni ko’rishingiz bilanoq uni duelga chorlashni xohlab qolasiz.
7.Livan
Livanlik harbiylarni tariflar ekanmiz, kinologlar va ularning sodiq shogirdlari haqida to’xtalib o’tamiz. Bu kasb egalari yaxshigina tayyorlangan itlar bilan birgalikda xizmatlarini o’taydilar, shuning uchun ham ularning yonlarida maxsus kiyimlarda yurishlari darkor.
8.Tailand
Ta’rifga til ojiz. Bu jasur askarlarning bosh kiyimlari nimadan tayyorlangan? Nima ekan-a bu? Shirin paxtami yoki kokosmi? Tushunarsiz, lekin juda qiziq.
9.Fidji
Yubka kiygan soldatlar. Juda g’alati-ku. Askarlari yubka kiygan armiya haybatli bo’la oladimi? Bosh qo’mondoni baletka kiyishi-chi? Bunga nima deysiz?
10.Frantsiya
Shoshma, askarmi bular yoki oshpaz yo somsapazmi? Bo’lishi mumkin emas. Bular haqiqiy askarlar. Biroq bu askarlarga qarab, oshmi, bulochkami pishirgan degan o’yga tolasan.
11.Janubiy Koreya
Koreyalik dizaynerlar esa klassik uslubdan chetga chiqmadilar. Bunday kiyimdagi askarlar haqiqatdan ham haybatli ko’rinadilar.
Turli mamlakatdagi harbiylarining bayram kiyimlari juda g’alati ekan. Biroq hech narsaga qaramay, forma qanday bo’lishidan qat’iy nazar, har bir davlatning armiyasi o’z obro’siga, haybatiga ega.
Сообщения из Facebook