просмотров
Qadimgi Rimda quyosh kalendari ishlab chiqilgan, undaoylarga Rim ilohlari, imperatorlari va sonlarning nomi berilgan. Shunisi hame’tiborliki, kalendar u davrda ham o’n ikki oydan iborat bo’lgan, faqat yilSharq kalendarlari kabi Mart oyidan boshlangan.
Mart
Mart (lot. Martius) Qadimgi Rim urush ilohi – Mars nomi bilan atalgan. Qadimgi Rimliklar bu ilohga qattiq e’tiqod qilganlar. Ular chamasi bahor kelishiga harbiy yurishlarni rejalashtirganlar, shuning uchun ham bahorning va yilning birinchi oyini Mars ilohining nomi bilan ataganlar.
Aprel
Aprel oyining nomi lotincha “Aprilis” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “ochilmoq” ma’nosini beradi. Bu oyda daraxtlardagi kurtaklar ochilgan. Aprel so’zining kelib chiqishining boshqa variati ham bor, ya’ni lotincha “apricus” – “quyosh iliqligi” so’zidan ham kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Ikkala variantning ham ma’nosi deyarli bir xil.
May
May oyining nomi Rimliklarning bahor ilohasi Maya (Majus) sharafiga qo’yilgan. Rimliklar Mayani italiyaliklarning mo’l-hosillik ilohasi Mayestoga tenglashtirar edilar. Bu oyda mazkur ilohaga atab turli xil qurbonliklar keltirar edilar.
Iyun
Iyun (Junius) – Yunona ilohasining sharafiga qo’yilgan. Yunona rimliklarda ayollarning homiysi va Yupiter ilohining xotini hisoblangan. Yana bit taxmin bo’yicha, Iyun nomi birinchi Rim konsuli Yuniy Brut ismi bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.
Iyul
Iyul oyi (Julius) – mashhur sarkarda va siyosatchi Yuliy Ssezar nomi bilan atalgan. Kalendarni qayta isloh qilish g’oyasi ham aynan unga tegishli. Ungacha esa bu oy “kvintilis”, ya’ni “beshinchi” deb atalib kelingan.
Avgust
Avgust (Augustus) oyi kalendarga o’zgartirishlar kiritgan Imperator Avgust sharafiga qo’yilgan. Bungacha bu oy “Sextilis”, ya’ni “Oltinchi” deb nomlanib kelingan.
Sentyabr, Oktyabr, Noyabr, Dekabr
Bu yerda hammasi tushunarli. Mazkur oylar shunchaki kalendardagi o’zining tartib raqami bilan atalgan.
Sentaybr lotincha “septem” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “yettinchi” ma’nosini bildiradi.
Oktyabr lotincha “octo” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “sakkizinchi”, degan ma’noni beradi.
Noyabr lotincha “novem” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “to’qqizinchi”, degan ma’noni bildiradi.
Dekabr lotincha “decem” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “o’ninchi” degan ma’noni bildiradi.
Kalendardagi oylarni ko’pgina nufuzli shaxslar o’z nomlari bilan atashga urunishlari ko’p bo’lgan. Ba’zi imperatorlar nomlarini abadiylashtirish maqsadida kalendardagi oylarni o’z nomlari bilan nomlamoqchi bo’lganlar. Bir paytlar Tiberius, Antonius va boshqa shu kabi oy nomlari mavjud bo’lib kelgan, biroq keyinchalik o’zgarib ketgan.
Yanvar
Yanvar (Yanuarius) Qadimgi Rim ilohi Yanus sharafiga qo’yilgan. Yanus ilohi barcha yangi ishlar va tashabbuskorliklarning, o’tmish hamda kelajakni birlashtiruvchi, kirish va chiqishlarni qo’riqlovchi iloh hisoblanar edi. Yanus shuningdek, yo’llarni va yo’lovchilarni asrovchi iloh, deb ham hisoblanar edi.Italiyalik dengizchilar odamlarga ilk kemalarni aynan shu iloh o’rgatgan, deb unga e’tiqod qilib kelganlar.
Fevral
Fevral (Februarius) lotincha “Februa’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “tozalanish bayrami” ma’nosini beradi. Aynan shu oyda qadimda tozalanish, gunohlardan poklanish” marosimlari o’tkazilgan. Ba’zi tarixchi olimlar Fevral oyning nomini yer osti saltanatining ilohi Februus nomi bilan ham bog’laydilar.
Сообщения из Facebook