Yulduzlar haqida. O’zbek estrada qo’shiqchilarining daromadi qancha?
Yulduzlar haqida. O’zbek estrada qo’shiqchilarining daromadi qancha?
“Istiqlol” kontsert zalining bir kunlik ijara haqqi 15-18 mln. so’mni tashkil etadi. Bulardan tashqari musiqachilar, rejissyorlar, dekoratsiyalar, sahnadagi monitor va boshqa shu kabilarga qo’shimcha harajatlar. Bunday harajatlardan keyin kontsertdan daromad olish dargumon. Buning ustiga mashaqqatli mehnat talab qilinadi, tashkilot va sahnalashtirish ishlari olib boriladi, asabbuzarliklar sodir bo’ladi va katta sabr talab etiladi.

Kontsertga tayyorgarlik sakkiz oy davom etadi. Har bir yo’nalish alohida faoliyat olib boradi: marketing, ijodkorlar, bezak ishlari. Shuning uchun kontsert daromad manbai bo’lolmaydi, to’g’rirog’i u piar.

Ijodkorlar daromadining 95% i milliy sektor orqali keladi. U xalqning talabiga qarab shakllangan. Iqtisodiyotning oltin qoidasiga binoan, talab bor joyda taklif ham bo’ladi. Tantanalar, to’ylar, tug’ilgan kun va boshqa tadbirlar – ijodkorlarning haqiqiy daromad manbaidir.

Eng talabi kuchli qo’shiqchilar qatoriga Yulduz Usmonova, Shahzoda, Rayhon, Ozodbek Nazarbekov, Shohruxhon, Lola, Ulug’bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, “Shahzod guruhi, Ziyoda kabi ijrochilar kiradi.Bir kunda ular 4-8 cha tadbirlarda xizmat qiladilar. Gonorarlari ijro etgan qo’shiq soniga bog’liq. Shunday artistlar toifasi ham borki, ular faqatgina to’ylarda ijro etadilar. Ular TV ko’rinmaydilar, kliplar suratga olmaydilar. Ularning xizmat haqlari 1 500 000 dan 3 000 000 so’mgacha tashkil etadi.

Yulduz Usmonova

Yulduz Usmonova

Ijodiy faoliyatiga nisbatan qo’yilgan ko’pyillik norasmiy taqiqdan keyin Yulduz Usmonova mamlakat televideniyasi yana paydo bo’lib, muxlislarini xushnud etdi. O’zbek estradasining primadonnasini yaqqol ko’rishni istaganlar diqqatiga, uning to’y va tantanalardagi “birrov” chiqishi 20 millionni tashkil etadi.

Dj Piligrim

Dj Piligrim

Dj  Piligrim taxallusi bilan mashhur bo’lgan Ilhom Yo’lchiyev o’zining shaxsiy uslubiga ega va bir nechta janrni bir yo’lakda birlashtiradi. Dj Piligrim O’zbekistonda madaniyat klubining shakllanishiga ko’pgina hissasini qo’shdi – u o’zbek tilidagi birinchi klub kompozitsiyasining muallifiga aylandi. Uning chiqishi 15 million so’mni tashkil etadi.

Farruh Zokirov

Farruh Zokirov

Farruh Zokirov mashhur qo’shiqchi va bastakor, “Yalla” guruhining asoschisi, O’zbekiston xalq artisti – u haqda yana ko’p gapirish mumkin, u kuylashni boshlaganda nima uchun biz hammamiz uni o’zbek estradasining afsonasi deyishimizni tushunib olish mumkin. Qo’shiqchi “O’zbekiston xalq artistlari klubi” ni boshqargani uning muxlislarini quvontirdi. “Yalla” musiqa ansamblining har bir qo’shig’i musiqa arxivining oltin fondidan joy olgan. Bu qo’shiqlar allaqachon klassika bo’lib ulgurib bo’lgan. Farruh Zokirovning tadbirlarga chiqishi 20 million so’mni tashkil etadi.

Ozodbek Nazabekov

Ozodbek Nazabekov

Milliy estradaning bulbul ovoz xonandasi. O’zbekiston Xalq artisti, nafaqat musiqiy xitlari bilan mashhur, balki endi mamlakatning ijodkor shaxslarini qo’llab-quvvatlash bilan ham shug’ullanadi. Bugungi kunda Ozobdek Nazabekov O’zbekiston madaniyat vazirining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yiritmoqda. Qo’shiqchining bir tadbirda qatnashishi 15 million so’mdan boshlanadi.

Lola

Lola

Taniqli xonanda, qo’shiqlar muallifi va aktrisa Lola Yo’ldosheva – samimiy ijrochi va kuchli ayol. Bu yulduzning bitta to’y yoki tadbirda ishtirok etishi uchun 8 million so’m ish haqi oladi.

Shahzoda

Shahzoda

Shahzoda o’zida sharqona xikmat va qalb uyg’unligini mujassam etadi. Aynan ana shu obraz muxlislarining yuragini zabt etgan. Tadbirlaga chiqishi 8 million so’mdan boshlanadi

Rayhon

Rayhon

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, tomashabop yakkaxon kontsertlari bilan mashhur. Qo’shiqchining gonorari 8 million so’mga teng.

Ulug’bek Rahmatullayev

Ulug’bek Rahmatullayev

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, o’zbek yoshlarining sevinli xonandasi milliy xit-paradning yoqori pog’onalarini egallab keladi. Qo’shiqchining tadbirlarda qatnashish bahosi uning qanchalik bandligi bilan belgilanadi, taxminan 6 million so’mdan boshlanadi.

Munisa Rizayeva

Munisa Rizayeva

Munisa Rizayeva mashhur qo’shiqchi va kino aktrisasi. O’zbek qo’shiqchilik san’atida o’ziga xos yo’nalishda kuylaydigan ayol xonanda. Bitta to’yda kuylagan qo’shiqlari uchun 8 million so’m xizmat haqqi oladi.

Ushbu ro’yxatni hali ko’p davom ettirish mumkin. Ko’pgina xonandalar xalqning ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir kechada bir nechta to’y va tadbirlarda xizmat qilishlari mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook