O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi
O'zbekistonda tasviriy san'atning rivojlanish tarixi
O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi o‘zining qadimiy tarixiga ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni boyitdi.

"Balog‘atga yetmagan bola savdosi". Vasiliy Vasilevich Vereshagin

XIX- asr 60-yilari O‘rta Osiyoga, Rus ilg‘or realistik san’ati o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Tashrif buyurgan rassomlar o‘z asarlarida odiy xalq va tabiatni tasvirladilar .

Turkistonda birinchi bo‘lib ijod qilgan rassomlar ichida "Turkiston turkumi" suratlarini yaratgan ijodkor Vasiliy Vasilevich Vereshagin hayotni kuzatuvchisi sifatidir etnografik hayot tarzini chuqur o‘rganib etyud va eskizlar bajarish natijasida har xil mavzuda asarlar yaratdi. Uning "Balog‘atga yetmagan bola savdosi", "Zindon", "Nashavandlar" shular jumlasidandir.

Uning tarixiy janrdagi yaratgan eng katta asari "Tantana qilmoqdalar", deb nomlanadi. Registon maydonida bo‘lib o‘tayotgan bu marosimda Mustaqillikka qarshi yurish qilgan kuchlar ustidan qozonilgan g‘alaba tantanasi o‘z ifodasini topgan. 

Kompozisiya jihatidan ko‘p figurali, ko‘p planli bu asarda oddiy fuqaro, darveshlar, otda yuzboshi sarbozlar, ularni bo‘lib o‘tayotgan tantanaga psixologik munosobatlari, milliy liboslari aks etgan quyoshning yorug‘ shu’lasida Samarqand tabiati iliq gammada tasvirlab berilgan.

O‘zbekiston zamonaviy realistlik tasviriy san’atiga asosan XX-asr boshlarida O‘zbekistonga kelgan rus rassomlari tomonidan asos solindi. Birinchilar qatorida Mixail Ivanovich Kruzin, Lev Leonardovich Bure, Ivan Semyonovich Kazakov, Abduqodir Yusupov, Nikolay Ryazanov kabi rassomlarni aytish mumkin.

Arava. Aleksandr Nikolayevich Volkov. 1924-yil

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook