Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
"Yadroviy tahlika yo'q! Bugun tinch uxlayvering" - Bu so‘zlar butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

“Epsilon” operasiyasi

“Epsilon” operasiyasi

Angliya, Kembridj yonidagi Gold manchesterda joylashgan Farm-Hall.  Binoga juda ko'p yashirin eshitish moslamalari tiqib tshlangan. 

“Epsilon”operasiyasi

“Epsilon” operasiyasi (inglizcha: Operation Epsilon) - Ikkinchi jahon urushining oxirida ittifoq kuchlari tomonidan nasistlar Germaniyasida yadro quroli ustida ishlagan o‘n nafar nemis olimlarining qo‘lga olinishi bo‘yicha maxsus opersiyaning kodlashtirilgan nomlanishi.

“Epsilon”operasiyasi paytida qo’lga olingan nemis olimlari:

Erix Bagge

Kurt Dibner

Valter Gerlax

Otto Gan

Paul Xartek

Verner Geyzenberg

Xorst Korshing

Maks fon Laue

Karl Fridrix fon Vaytszekker

Karl Virs

6-iyulda mikrofon nemis yadro loyihasi ustida ishlagan Verner Geyzenberg bilan Kurt Dibner o‘rtasidagi suhbatni yozib olgan:

Dibner: “Qiziq, bu yerda mikrofonlar o‘rnatilmaganmikan?”

Geyzenberg: “Bu yerda mikrofonlar o‘rnatilmaganmikan (kuladi)?” Yo‘g‘-e, ular bu darajada zehnli emas. Men ularga gestaponing haqiqiy uslublari ma’lum, deb o‘ylamayman, ular bu borasida jinday mutaassibroq”.

Radioda 1945- yilning 6- avgust kuni Xirosimaning bombardimon qilinganligi to‘g‘risida xabar berilganida hamma olimlar yoqa ushlab, hayratda qolgan. Stenogrammadagi yozuv shuni ko‘rsatadiki, fizik olimlar, xususan Geyzenberg Amerikaliklar atom bombasini qo‘llaganini eshitib karaxt bo‘lib qolgan. Atom bombardimonlari amalga oshirilganidan keyin olimlar nima uchun Germaniya birinchi bo‘lib atom bombasini yarata olmagani to‘g‘risida o‘ziga savol bera boshlagan. Olimlarning ayrimlari nasistlar Germaniyasi uchun atom bombasini yarata olmagani tufayli hozir o‘zlarini bahtli his etayotgani to‘g‘risida fikr bildirgan. Germaniya atom bombasini yarata olmaganiga xursand bo‘lganlar qatoridan Otto Gan bundan avval nemis loyihasida ishlaganlarga “Agar Amerikaliklarda uran bombasi paydo bo‘lib qolsa, hammangiz qobiliyatsiz ekanligingiz aniq bo‘lib chiqadi” - deb ta’na qilgan.

Qurolsizlantirilgan nemis olimlarining ommaviy axborot vositalari uchun bayonotlari

1945-yilning 3- iyul kuni bir guruh nemis olimlari va apparatura Angliyadagi sobiq Farm-Xoll qarorgohiga yetkazilgan va bu yerga yashirin eshitish texnikasi o‘rnatilgan. 1945- yilning 6- avgust kuni Farm-Xoll qarorgohining katta zobiti mayor Ritner dunyoda ilk bor Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Yaponiyaga atom bombasi tashlab portlatilganini tasdiqlagan edi. Amerika atom loyihasi amalga oshirilganidan larzaga kelgan olimlar gazetalardagi maqolalarga quyidagi o‘z mulohazalarini bayon qilishga qaror qilganlar:

Germaniyada go‘yo atom bombasini yaratilishi bo‘yicha olib borilgan ishlarni yoritilishidagi Matbuotning oxirgi habarlarida bir qator noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan. Shu munosabat bilan biz uran muammosi bo‘yicha nemis olimlari olib borgan ishlarga qisqacha ta’rif berib o‘tmoqchimiz.

1.            Uranning atom yadrosining bo‘linishi 1938- yilning dekabr oyida kayzer Vilgelm Institutida Gann va Shtrassman tomonidan kashf qilingan. Bu faqat ilmiy tadqiqotlarning natijasi va uning amalda qo‘llash bo‘yicha hech qanday maqsadi bo‘lmagan. Bunday kashfiyotlar deyarli bir vaqtning o‘zida turli mamlakatlarda amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi xabarlar chop etilganidan keyingina, zanjirli reaksiya qo‘zg‘atilishi imkoni va uni atom energetik qurilmalarda ishlatishi imkoni to‘g‘risidagi fikrlar paydo bo‘lgan.

2.            Urushning boshida ushbu kashfiyotni amaliy qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar olgan olimlardan guruh tashkil qilingan edi.1941-yilning oxirida dastlabki tadqiqotlar atom energiyasini bug‘ hosil qilish uchun ishlatish va tabiiyki turli mashinalarni xarakatga keltirish mumkinligini ko‘rsatdi. Boshqa tarafdan Germaniyada mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlarni hisobga olgan holda o‘sha paytda atom bombasini yaratib bo‘lmas edi. Shuning uchun ham barcha keyingi ishlar atom dvigatelini yaratilishiga qaratilgan, va buning uchun og‘ir suvga zarurat paydo bo‘lgan.

3.            Katta miqdorda og‘ir suv olish maqsadida Norvegiyaning Ryukandagi zavodi qayta jihozlangan. Biroq, dastlab partizanlar, keyin aviasiyaning harakatlari bilan bu zavod ishdan chiqarilgan va faqatgina 1943- yilga kelib yana ishlay boshlagan.

4.            Bir vaqtning o‘zida Freyburgda og‘ir suvni talab qilmaydigan va uranning noyob izotopi - uran-235 konsentrasiyasining orttirilishiga asoslangan uslubni muvofiqlashtirish bo‘yicha tajribalar olib borilgan.

5.            Energiya hosil qilish bo‘yicha mavjud og‘ir suv zahiralari ishlatiladigan tajribalar Berlinda, keyinchalik esa Xagerloxda (Vyurtemberg) o‘tkazilgan.      

Urushning tugash paytiga ular shu darajada jadallab ketgan ediki, energiya hosil qilish bo‘yicha qurilma o‘ta qisqa muddatda qurilishi mumkin edi.

Loyihaning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari

Uchinchi reyx olimlari tomonidan atom bombasini yaratish imkoni bo'lgan yoki bo'lmganligi shu bugungi kungacha ochiq qolib kelmoqda.

1939 —1941yillarda nasist Germaniyasi atom quroli yaratilishi uchun tegishli sharoitlarga ega bo‘lgan: u kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik sanoati va rangli metallurgiyada zarur ishlab chiqarish quvvatlari, shuningdek yetarlicha moliyaviy mablag‘lari hamda umumiy maqsadlardagi materiallariga ega bo‘lgan.Ilmiy salohiyat juda baland edi va atom yadrosi fizikasi bo‘yicha zarur bilimlar ham bor edi.

Ko‘pincha nasistlar Germaniyasida atom bombasining yaratilmaganining sababi -  totalitar nasistlar rejimi ilmiy ijod rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelgani, kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan ko‘pchilik olimlarga nisbatan murosasizlik, ya’ni, atom bombasining yaratilishiga Germaniyada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzum bo‘lgan, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, yadro energiyasi kashf etilishining boshida turgan mamlakatda nasistlar rejimini juda bamaylixotir qabul qilib, muvaffaqiyat bilan ijodiy ishlashni davom ettirgan ko‘pchilik olimlar mavjud bo‘lgan (Otto Gan, Liza Meytner, Maks Born, Otto Frish, Rudolf Payerls) degan  nuqtai nazar ham bor. Germaniyada nasizmni qabul qila olmagan yoki o‘zining kelib chiqishi yahudiy bo‘lgani tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan ko‘pchilik olimlarning ko‘chib ketishidan keyin ham ko‘chib ketganlardan zarracha zam bo‘lmagan holda dong taratgan va yuqori samarali olimlar qolgan. Masalan Verner Geyzenberg, Karl fon Vayszekker, Valter Bote, Manfred fon Ardenne va yana ko‘p boshqalar. Boshqa tarafdan nemis olimlarining faoliyatlari mutasaddi bo‘lmagan nasistlar byurokratiyasi tomonidan kuchli to‘sqinliklarga, Reyx rahbariyati tomonidan ilmiy muammolarni to‘liq anglay olmaslikka va ilmiy yo‘nalishlar orasidagi ixtiloflarni ko‘pincha siyosiy ziddiyatlar deb qabul qilinishiga duch kelgan.

Ishlarning boshlanishida olimlar tomonidan yuqorida aytib o‘tilgan xatolarga yo‘lqo‘yishdan tashqari qo‘shimcha ravishda, loyiha uchun yadroviy reaksiyalarga erishish tezligi nuqtai nazaridan optimal bo‘lmagan "qattiq suv" usuli tanlangani uchun yadro qurolini yaratish muvaffaqiyatli amalga oshirilmay qolgan. Ushbu uslubiyatni amalga oshirish, shuningdek, faqat ishlarning oxiriga kelib "grafit" usuliga murojjat qilinib oxiriga yetkazish uchun, Reyxning harbiy mag‘lubiyatidan oldin vaqt yetmay qolgan edi.

Reyx rahbarlari (xususan, Gimmler, Gering, Keytel, Bormann) atom masalasini e’tiborsiz qoldirganligi to‘g‘risidagi fikr keng tarqalgan. Bu to‘g‘risidagi xulosalar ba’zan tegishli uchrashuvlarda ular shaxsan o‘zlari ishtirok etmaganligi sababli chiqarilgan. Xaqiqatdan ham, na Gimmler, na Gering, na Reyxning boshqa rahbarlari raketa dasturiga oid yig‘ilishlarda ishtirok etgan, lekin bu ularga muammolardan doimiy ravishda xabardor bo‘lishiga to‘sqinlik qilmagan. Shu bilan birga, urushning o‘rtalarida mamlakat rahbariyatida ilmiy, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslarni faqatgina yangi qurollarni yaratish shaklidagi tezkor samara beruvchi loyihalarga yo‘naltirilishi zarurligi to‘g‘risida kayfiyatlar ustunlik qilgan. Shu munosabat bilan Uran loyihasi ustuvor harbiy fan sohasidan fuqarolik faniga berib yuborilgan. Bu esa uning amalga oshirilishini Fau-2  jangovar ballistik raketalarini tezkorlik bilan amalda qo‘llashga joriy qilinishni,“Amerika” loyihasi bo‘yicha A9/A10 qit’alararo raketalar va Sibervogel yarim-orbital bombardirovshik yaratilishini sekinlashtirib yuborgan kabi Uran loyihasini ham o‘ta sekinlashtirib yuborgan.

Bundan tashqari, nemis atom tadqiqotiga ikki yuz barobar kamroq mablag‘ sarflangani va Amerikaning “Manxetten loyihasi” ga qaraganda bir yarim barobar kamroq kishi ishlatilgani ham ma’lum.

Nemis olimlari Sovet Ittifoqida

Nemis olimlari Sovet Ittifoqida

Sobiq Shtandartenfyurer...

va keyinchalik ikki marta Stalin mukofoti laureati Baron Manfred fon ARDENNE

1945- yildan boshlab mag‘lub bo‘lgan Germaniyaning hududida harbiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishga zarracha aloqasi bo‘lgan barcha mutaxassisliklar bo‘yicha olimlarva muxandislar izlanish bilan birga, eng zo‘r nemis yadro fizikasi olimlariniham izlash va Sovet Ittifoqi hududiga olib chiqib ketish boshlangan.

Sovet Ittifoqiga olib chiqib ketilgan nemis olimlari bir qismi harbiy mahbuslar lagerlaridan topilgan. Yadro tadqiqotlariga aloqasi bo‘lgan jami 1600 kishi, shu jumladan 111 nafar fizika-matematika fanlari doktorlari  aniqlangan.

Aniqlangan nemis yadro fiziklari ichidan Sovet Ittifoqiga olib chiqib ketish uchun tahminan 300 - 400 mutaxassislar tanlab olingan.

Mixail Pervuxin va Avraamiy Zavenyagin Lavrentiy Beriyaga yozgan maktubidan: « … 208 mutaxassis tanlab olindi. Avval “A“ va “G“ institutlari va “V” laboratoriyasiga yo‘naltirilgan 89 nafar harbiy maxbus mutaxassislardan tashqari SSSR IchkiIshlar Ministrligining 9-chi boshqarmasi tasarrufidagi ob'yektlarga 190 kishi,shu jumladan “A” va “G” institutlariga - 93 kishi; “V” laboratoriyasiga — 41 kishi; “B“ institutiga — 37 kishi; professor Dyopell guruhiga — 19 kishi jo‘natilishini mumkin deb hisoblansin …»

Sovet atom bombasi ustidan ishlarni olib borish uchun olib chiqib ketilgan mutaxassislar orasida Genrix Rudolf Gers, Maks Folmer, Georg Robert Dyoppel, Rudolf XaynsPoze, Manfred fon Ardenne, Peter Tissen kabi professorlar, Maks Shteyenbek, Nikolaus Ril kabi fanlar doktorlari va dunyoga tanilgan fan arboblaridan yanako‘p boshqalari ham bor edi.

Professor Gustav Lyudvig Gers hozirgi Abxaziyaning Suxumi shahrida o‘sha davrda “G”shifri bilan belgilangan, gaz diffuziyasi uslubi bilan izotoplarni ajratish masalasi bilan shug‘ullangan institutni boshqargan.

Ardenne  “A” shifri bilan belgilangan, magnit uslubibilan izotoplarni ajratish masalasi bilan shug‘ullangan institutni boshqargan.

Professor Rudolf Xayns Poze yadro reaktorlarini ishlab chiqish va yadro jarayonlarining umumiy nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi “V” shifri bilan belgilangan institutni boshqargan.

Professor Dyoppel va professor Folmer hozirgi paytda “Plutoniy instituti” sifatida tanilgan mashhur 9-chi ilmiy tadqiqot institutida mehnat qilgan. Dyoppel yadroviy portlash kinetikasini o‘lchash uchun apparatura yaratilishi bilan, Folmer esa og‘ir suv ishlab chiqarish bo‘yicha zavodning loyihasi bilanshug‘ullangan.

Doktor Shteyenbek “A” institutida gaz bilan tsentrifugalash uslubida uran izotoplarini ajratish uchun tsentrifugalarni loyihalashtirgan. Shu paytgacha u o‘zining butun umri davomida gaz razryadi fizikasi, plazma fizikasi bilan shug‘ullanib kelgan. U Suxumida birinchi marta izotoplarni ajratish muammosi bilan shug‘ullanishiga majbur bo‘lgan. Kondensasiya uslubini sinab ko‘rishning muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng, u Gernot Tsippe va Rudolf Sheffler kabi muxandislar bilan hamkorlikda uran izotoplarini ajratish uchun o‘ziga xos Tsippe gaz tsentrifugasini ishlab chiqqan. Bu tsentrifuganing asosiy sxemasi va uzellari barcha mamlakatlarda haligacha ishlatilib kelmoqda. Professor Tissen izotoplarni ajratishga mo‘ljallangan gazodifuzzion qurilmalar uchun diafragmalar loyihalarini ishlab chiqqan va shu loyihalar asosida ularni yaratgan. Ushbu diafragmalar uning rahbarligida Elektrostal shahrida ishlab chiqarilgan va Novouralsk shahridagi zavodda muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.

Birinchi Sovet atom bombasi portlatilganidan keyin Germaniyalik ko‘pchilik atomchi olimlar oliy darjadagi Sovet hukumat mukofotlari bilan taqdirlangan. Professor Ril Sovet Ittifoqi Sosialistik Mehnat Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan. Ko‘p nemis mutaxassislari Sovet Ittifoqining mukofotlari bilan yoki katta xajmdagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan. Fon Ardenne ham SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Professor Ril rahbarligi ostida Noginsk shahrida sof uran hosil qilishning sanoat texnologiyalari ishlab chiqilgan. O‘sha davrdagi hujjatlarning ko‘rsatishicha: “Hozirgi paytda to‘rt ftorli tuz orqali (doktor Ril uslubi bo‘yicha) uran ishlab chiqarilishi tez sur’atlar bilan ko‘payib bormoqda, va bugungi kunda asosiy zavodning tsexlari to‘laligicha ushbu uslubda ishlashga o‘tmoqda”.

Maxetten loyihasi

Maxetten loyihasi

Ok Ridj (inglizcha: Oak Ridge) — AQShning Tennesi shtati "Manxetten loyihasi"ni amalga oshirish paytida tashkil etilgan shahardagi K-25 qurilma majmusi 

Manxetten loyixasi (inglizcha Manhattan Project) — Amerika Qo‘shma Shtatalari yadro qurolini ishlab chiqarish bo‘yicha 1943 yilning 17 sentyabr kunida boshlangan dasturining kodlangan nomlanishi. Bundan avval tadqiqotlar 1939 yildan buyon “Uran komiteti”da (S-1 Uranium Committee) olib borilgan. Loyihada Amerika Qo‘shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Germaniya va Kanadadan olimlar ishtirok etgan.

Loyiha doirasida uch nafar atom bombalari yaratilgan: plutoniylik “Buyumcha” (Gadget) (birinchi yadroviy sinovda portlatib yuborilgan), uranli “Kichkintoy”(LittleBoy) (1945 yilning 6 avgustida Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlab yuborilgan) va plutoniylik “Baqaloq” (Fat Man) (1945- yilning 9- avgust kunida Yaponiyaning Nagasaki shahriga tashlab yuborilgan).

Loyihaga amerikalik fizik Robert Oppengeymer va general Lesli Grovs rahbarlik qilgan.

Loyiha rahbari Robert Oppengeymar ko'krak beyji

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook