Yadro qurolining tarixi
Yadro qurolining tarixi
"Yadroviy tahlika yo'q! Bugun tinch uxlayvering" - Bu so‘zlar butun dunyo odamlariga, sal bo‘lsa-da, umid bag‘ishlaydi. Nahotki harbiy jihatdan dunyoning eng kuchli mamlakatlaridan biri nihoyat o‘ziga “dushman” qiyofasini yaratishdan voz kechgan bo‘lsa! Nahotki “yadroviy tahlika” bilan qo‘rqitish zamoni asta sekin bo‘lsada o‘tmishda qoldirishga qadam tashlangan bo‘lsa! Nima bo‘lsa ham bu yadroviy qurolsizlanish yo‘lining boshlanishi, deb umid qilging kelar ekan.

1898-yilda Polshalik olimlar Mariya Sklodovskaya-Kyuri va uning eri, fransuz olimi  Per Kyuri, uran minerali nasturanda, juda katta radiasiya miqdori ajralib chiqishini aniqlagan edilar. Bu ixtiro radioaktiv unsurlarning atomlarida avval insonning tasavvuriga ham sig‘dirib bo‘lmaydigan quvvatning mislsiz ulkan salohiyati yashiringanligi to‘g‘risida tahmin qilinishiga asos solgan edi. 1911 yilda Ernest Rezerford atomlarni o‘rganish sohasida juda muhim kashiyotlarni kash etdi, 1932 yilda esa, Ernest Uolton va Djon Kokroft atom yadrosini ilk bor parchalashga erisha oldi.

1938-yilning dekabr oyida nemis fizik olimlari Otto Gan va Fris Shtrassman dunyodailk bor uran atomining yadrosini sun’iy ravishda parchalashga erisha oldilar.

1939 yilning 24 aprel kunida Genrmaniyaning oliy xarbiy instansiyalariga Gamburg universiteti Paul Xartek va uning xodimi V, Grot imzosi bilan bir maktub kelib tushgan. Unda o‘ta yuqori samarali portlovchi moddaning yangi turini yaratilishi imkoni ko‘rsatib o‘tilgan. Yana shu maktubda “yadro fizikasi yutuqlariga to‘laligicha egalik qilgan davlat boshqa davlatlar ustidan mutlaq ustunlikka erisha olishi” to‘g‘risida yozilgan. 1939-yilning 29- aprel kuni imperiya fan, tarbiya va xalq ta’limi ministrligi imperiya tadqiqot kengashining maxsus bo‘limining boshlig‘i - davlat maslaxatchisi professor Abraxam Ezau topshirig‘i bilan “mustaqil tarqala oluvchi yadro reaksiyasi” to‘g‘risidagi masalaning muxokamasi o‘tkazilgan. Ushbu muxokamaga Uchinchi Reyxning qurollangan quruqlikdagi qo‘shinlar Boshqarmasining tadqiqot bo‘limining boshlig‘i proyefssor E. Shuman ham taklif etilgan.

Xarteka va Grotning maktubi qurollar Boshqarmasi ilmiy bo‘limidan Kurt Dibnerga yetkazib berilgan. Dibnerning tirishqoqlik bilan qilingan iltimoslariga muvofiq, oliy harbiy xukumatning rasmiy qarorini kutmagan holda qurollar Boshqarmasi Dibnernibarcha ikkinchi darajali vazifalardan ozod qilib unga faqat yadro fizikasi masalalari bilan shug‘ullanishni topshirgan va buning uchun maxsus bo‘limni yaratgan.1939 yilning iyun oyida Berlinning atrofidagi Kummersdorf poligonida Germaniyadagi birinchi reaktor qurilmasi qurilishini tashkil qilgan.

1939-yildata’lim reyxsministrligi huzuridagi professor Abraxam Ezauning yadro energiyasi muammolari bo‘yicha ishchi guruhi Germaniyadan uran olib chiqib ketilishini taqiqlovchi qonun qabul qilinishining tashabbuskori bo‘lgan. Belgiya mustamlakasi bo‘lgan Kongodagi "Union Miniere" firmasidan zudlik bilan juda katta miqdorda uran rudasi sotib olingan.

Adolf Gitlerning yoqimtoyi - III - reyx bosh arxitektori Albert Shpeyer Nemis yadro dasturini nazorat qilgan. Keyinchalik u o'z xotiralar kitobida "Natsistlar Germaniyasining yadro dasturi amalga oshmay qolganidan minnatdorman" degan. 

Yadro qurolining yaratilishi bo‘yicha amaliy ishlarning boshlanishi

1939-yilning 26- sentyabrida Armiya qurollanishi Boshqarmasi yadro qurolini yaratish usullari to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun yadro fizikasi sohasidagi mutaxassislar kengash majlisini chaqirgan. Bu majlisga Paul Xartek, Xans Vilgelm Geyger, Valter Bote, Kurt Dibner, Karl-Fridrix fon Vayszekker va Verner Geyzenberg taklif etilgan. Unda uran muammosiga hamda “Uran loyihasi” (nemischasiga - Uranprojekt Kernwaffenprojekt) deb nomlangan dasturning amalga oshirilishiga bevosita va bilvosita ravishda bog‘liq bo‘lgan barcha ishlarni mahfiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Kengash majlisining ishtirokchilari yadro qurolini 9-12 oyda yaratish mumkin deb hisoblaganlar.

Germaniyada atom loyihasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan jami 22 nafar ilmiy tashkilotlar mavjud bo‘lgan. Ularning asosiy vazifalarini quyidagilar bajargan:

•             Kayzer Vilgelm Jamiyati Fizika instituti;

•             Gamburg universitetining fizik kimyo instituti;

•             Berlin oliy texnik maktabi Fizika instituti;

•             Tibbiy tadqiqotlar institutining Fizika instituti (Geydelberg);

•             Leypsig universiteti fizika-kimyo instituti. Professor Xeyn. Uran organik birikmalari;

•             Myunxendagi Oliy texnika maktabining anorganik kimyosi Laboratoriyasi. Professor Xiber. Uranning karbonil birikmalari tadqiqotlari;

•             Bonn universitetining Kimyo instituti. Professor Sh. Mont. Uran galogenidlari tadqiqotlari;

•             Dansigdagi Oliy texnika maktabi organik kimyo instituti. Professor G. Albers. Uran alkogolyatlari.

Ishlar imperiya qurollarnish ministri Albert Shpeyer nazorati ostida olib borilar edi. Geyzenberg, Otto Gan, Vayszekker va boshqalar guruhining ma’muriy rahbari fizik Erix Shuman bo‘lgan.

“IG Farbenindustri” konserni uran-235 yetishtirish uchun olti ftorli uran tayyorlash, shuningdek izotoplarni ajratish bo‘yicha yarim sanoat qurilmasini qurishishlarini  boshlab yuborgan. U ikkita konsetrlangan quvurlardan iborat bo‘lgan. Quvurlarning biri (ichkisi) qizdirilgan, ikkinchisi esa (tashqisi) sovutilgan. Ularning orasidan gazsimon olti ftorli uran uzatilishi kerak bo‘lgan va vaqtning o‘zida nisbatan yengilroq izotoplar (uran-235) tepaga tezroq, og‘irroq izotoplar esa (uran-238) sekinroq ko‘tarilib, bu ularni bir biridan ajartish imkonini yaratishi mumkin bo‘lgan (Kluzius-Dikkel uslubi).

Urush boshlanishdan avval Verner Geyzenberg va Maks Bornga yardo dasturi bo'yicha suhbat qurishga hech kim halaqit bermagan. 

O‘sha vaqtning o‘zida Verner Geyzenberg yadro reaktori qurilmasini yaratish bo‘yicha nazariy ishlarni boshlab yuborgan. 1939- yining dekabrida tugatgan o‘zining “Uran parchalanishida texnik usul bilan quvvat hosil qilishning imkoni” hisobotida, Geyzenberg quyidagicha hulosa qiladi:

“Umuman olganda, suv bilan qurshab oligan, radiusi 60 santimetr bo‘lgan sharning ichidagi uran - og‘ir suv aralashmasida (tahminan 1000 kilogram og‘ir suv va 1200 kilogramm uran), o‘z-o‘zidan quvvat ishlab chiqarila boshlaydi”. Shu vaqtning o‘zida Geyzenberg uran va og‘ir suv aralashtirilmay qatlamlarga bo‘linib joylashtirilgan boshqa reaktorning patametrlarini hisoblab chiqqan. Uning fikriga ko‘ra agar qurilma qalinligi 4 santimetr va maydoni 1 kvadrat metrga teng katlamlari qalinligi 5 santimetrga teng suv qatlamlari bilan marzalanib ajratilsa, shu bilan birga uran va og‘ir suv qatlamlari har uch marta qaytarilganidan keiyn sof uglerod qatlami (10-20 santimetr), butun reaktor esa tashqaridan sof uglerod qatlami bilan qoplangan bo‘lsa “parchalanish jarayonini juda uzoq vaqtga cho‘zish mumkin”.

Ushbu hisoblarga asoslanib “Auerge” firmasi ko‘p bo‘lmagan miqdorda uran tayyorlash buyurtmasini olgan, Norvegiyalik Norsk Hydro firmasi esa og‘ir suvni yetkazib berishi kerak edi.

Berlindagi Fizika institutining hovlisida Geyzenberg hisoblarini tasdiqlash uchun reaktor qurilmasi qurilishi boshlangan.

1940-yilning 5- yanvar kuni kayzer Vilgelm Jamiyati tomonidan doktor Telipov tomonidan va 1940- yilning 17- yanvar kuni Qurollanish boshqarmasi tomonidan general Bekker tomonidan urush davriga Fizika instituti armiya tasarrufiga topshirish to‘g‘risida shartnoma imzolangan.

Germaniya yadroviy loyihasining birinchi omadsizligi shu bo‘ldiki, Leverkuzenda qurilgan Kluzius - Dikkel uslubi bo‘yicha izotoplarni ajartish uchun qurilma ishlamagan va 1941- yilning boshida olimlar bu uslubda uran izotoplarini ajratish mumkin emasligini tan olishga majbur bo‘lgan. Natijada nemis olimlari befoyda tajribalarga bir yildan ortiqroq vaqtni sarflagan.

Nemis fiziklari uran boyitilishining kamida besh ususlini ishlab chiqqan. Tabiiyki, ularning ichida eng istiqbollirog‘i “inersion usul” hisoblagan - ya’ni, izotoplarni maxsus tsentrifuga yordamida ajratish ususili. Hisoblanishicha, tsentirfugalash loyihasi amalga oshmagan, chunki tsentrifuganing yaratilishibilan shug‘ullangan doktor Grotga ishni oxiriga yetkazish uchun puli ham sabriham yetmay qolgan ekan. Shuningdek, o‘z xususiyatlari bilan amerikada yaratilgan huddi shunday moslamadan zarracha qolishmaydigan “elektromagnit separatori”ni yaratgan baron Manfred fon Ardenne ham muvaffaqiyatga juda yaqin bo‘lgan, degan fikrlar ham mavjud.

1940-yilning oxirida Geyzenberg reaktor qurilmasini yaratish bo‘yicha tajribani avval o‘zi qilgan hisoblarga asoslanib o‘tkazgan, biroq zanjirli reaksiyani vujudga keltira olmagan. Geyzenberg ham uning hodimlari ham tajribaning asosi qilib olingan nazariy hisoblar noto‘g‘ri ekanligini tushunib yetgan.

Ayrim fikrlarga qaraganda, nemis olimlari o‘zini quvvatlovchi yadroviy reaksiyani amalga oshira olmaganining sababi shundaki, Germaniyada neytronlarni sekinlashtiruvchi material sifatida foydalaniladigan og‘ir suvning yetarli miqdori bo‘lmagan, ammo topilishi ancha oson bo‘lgan grafitdan esa nemislar mashhur “Bote xatoligi” (professor Valter Bote) tufayli foydalanmagan. Biroq, bu aslida to‘g‘ri emas. Bote hech qanday xatolikka yo‘l qo‘magan, shunchaki u ishlatgan grafit yetarlicha toza bo‘lmagan, loyiha rahbarlari esa  nisbatan tozaroq, sof grafitni olish imkonlarining tadqiqotlari bilan shug‘ullanmagan. Shu bilan birga, birinchi navbatda Fau-2 ballistik raketalarning gazsimon rullarini ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan sof grafitning o‘ta keskin tanqisligi bo‘lgan, degan fikrlar ham uchrab turadi.

 1941-yilning sentyabr-avgust oylarida Leypsigda o‘tkazilgan bir qator tajribalardan keyin V. Geyzenberg, K. F. fon Vayszekker va R. Dyopel neytronlar ko‘payishi bo‘yicha ijobiy natijalarga erisha oldilar. Bu uran massasida zanjirli reaksiya amalga oshishining yaqqol dalili bo‘ldi, ammo bu reaksiya hali o‘zini o‘zi ushlab tura olmas edi.

1941-yilning 27- noyabr kungi yozuvida Geyzenberg uran loyihasi bo‘yicha barcha ishlarni zarur, muhim va muhim bo‘lmagan toifalarga bo‘lib chiqishni taklif qilgan. Zarurlar qatoriga u qisqa muddat ichida eng kamida bitta reaktor qurilishi imkonini beradigan ishlarni, muhimlar qatoriga reaktor ishining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan ishlarni, qolgan ishlarni Geyzenberg muhim bo‘lmagan ishlar qatoriga kiritsa bo‘ladi, deb hisoblagan.

Xaygerloxdagi nemis tajriba yadroviy reaktor

Xaygerloxdagi nemis tajriba yadroviy reaktor

Germaniyadagi muzeyda Xaygerloxda qurilgan yadroviy reaktorning aniq nusxasi

1942-yilning fevraliga kelib birinchi nemis reaktori qurib bitkazilgan. Bu professor Geyzenberg va professor R. Dyopel tomonidan ishlab chiqilgan Leypsig institutining tajriba reaktori bo‘lgan.

“Uran mashinasi” (reaktorni shunday deb nomlashgan) ikkita alyuminiy yarimshardan iborat bo‘lgan, uning ichiga 572 kilogramm uran kukuni va 140 kilogramm og‘ir suv o‘rnatilgan. Reaktorning ichida o‘rnatilgan suvli idishning vazni bir tonnaga yaqin bo‘lgan. Ichiga uran solingan sharning ichiga oddiy radiy-berilliydan neytronning birlamchi manbai bo‘lgan neytron piltasi joylashtirilgan. Yuklangan reaktordan neytronlar oqimini o‘lchov ishlari reaktor yuzasiga birlamchi radiy-berilliy tarqatgan neytronlardan ancha ko‘proq neytronlar yetib kelganini ko‘rsatgan R. Dyopel vermaxtning qurollanish bo‘limiga xabarnoma jo‘natib reaktor ishlayotganini xabar bergan.

Oradan bir qancha vaqt o‘tib “uran mashinasi” portlab ketgan. Hisoblanishicha, “issiqlik portlashi” mayda kukun holatiga keltirilgan uran qobiqdan sizib o‘tgan og‘irsuv bilan reaksiyaga kirishish natijasidagi odiiy kimyoviy reaksiya natijasida vujudga kelgan. Lekin, bunday tahminiy fikr tanqid qilishga ham arzimaydi, chunki allaqachon kashf etilib barcha xususiyatlari o‘rganib bo‘lingan unsurning kimyoviy xossalari nemis olimlarga tanish bo‘lmagan, deb tahmin juda g‘alati tuyulishi tayin, albatta. Shu bilan birga, o‘sha davrda eng kam mexanik aralashuvlar bilan turboreaktiv dvigatellar ishlab chiqargan nemis olimlari va mutaxassilari, reaktor qobig‘ining ichiga atmosfera bosimi ostida suv sizib o‘tishini bartaraf eta olmagan deb hisoblash ham mutlaqo aqlga sig‘maydi. Shu o‘rinda shunday tahmin borki, reaktor va nihoyat kritik nuqtaga yetib borgan va uning portlashi aynan reaktor ichida harorat ko‘tarilishi va shundan keyingi faol hududning qobig‘ining erib ketishi, bu esa o‘z navbatida uranning og‘ir suv bilan qo‘shilgandan keiyngi reaksiyaga kirishishi, yong‘in va reaktorning to‘htashiga olib kelgan.

1942-yilning 4- iyun kuni imperiya qurollanish va qurol-aslaha ministrom Albert Shpeyer tomonidan harbiy rahbariyat va yadro muammosi bo‘yicha olimlar ishtirokidagi kengash yig‘ilishi chaqirilgan. Unda Geyzenberg olimlarning har bir talablari so‘zsiz bajarilgan taqdirda ishlab chiqarish-texnik muammolarni hal etilishi uchun eng kamida ikki yil vaqt ketishini aytgan. Natijada loyiha uchun pul mablag‘lari, tanqis materiallar uchun jamg‘armalar ajratilib, Berlinda atom reaktori uchun bunker qurilishi, metall uran tayyorlanishi va izotoplarning ajratilishi uchun dastgohlar yetkazib berilishining eng qisqa muddatlari tasdiqlangan.

1943-yilning fevral oyida Buyuk Britaniyadan jo‘natilgan Norvegiyalik qo‘poruvchilar Norvegiyadagi og‘ir suv ishlab chiqarish zavodini yo‘q qilishga erisha olgan.

1943-yilning martida qurollanish Boshqarmasi mamlakat oliy rahbariyatining kayfiyatlari tufayli Uran loyihasi bo‘yicha ishlardan bosh tortgan va bu ishlar imperiya tadqiqot kengashining tasarrufiga topshirilgan.

Doktor Dibner guruhi ham portlovchi moddadan shar ko‘rinishidagi yadroviy portlovchi moslamaning tarxini ishlab chiqqan, va tarxga ko‘ra bu sharning ichida bo‘linuvchan materiallardan yana bir shar bo‘lgan.

Doktor Trinks boshqalardan ham uzoqroq qadam tashlab, yadroviy emas, vodorod bombasi ustida ishlagan. Bu ish “Portlashlar yordamida yadroviy reaksiyalarni qo‘zg‘atish tajribalari” deb nomalagan olti varaqli xujjatli hisobotda saqlanib qolgan. Doktor Trinks kumush sharni oddiy portlovchi modda bilan siqib og‘ir vodorodni o‘ta keskin ravishda qizdirib yuborishga uringan.Trinks shu tarzda yadroviy bombani yarata olishiga ishongan. U og‘ir vodorodda termoyadroviy reaksiyalarni qo‘zg‘atishga urinishlarni bir necha marta qaytargan, biroq radioaktiv nurlanish chiqishini payqay olmagan.

1944-yilning yanvar oyida Geyzenberg Berlinda katta reaktor qurilishi uchun quyilgan uran plastinalariga ega bo‘lgan. Katta reaktor uchun maxsus bunker ham qurilib jihozlangan.

Zanjirli reaksiyani hosil qilish bo‘yicha oxirgi tajriba 1945- yilning yanvar oyiga mo‘ljallangan edi, ammo 31- yanvar kuni dastgohlarning hammasini tezkor ravishda parchalanib, Germaniyaning janubiga jo‘natib yuborilgan.

Xaygerloxdagi yadroviy reaktor o'natilgan joy

Xaygerloxdagi yadroviy reaktor o'natilgan joy

Xaygerloxdagi yadroviy reaktor o'natilgan joy qoya ichida joylashgan. Bugungi kuda bu yerda muzey bor

Xaygerloxdagi nemis tajriba yadroviy reaktor, 1945- yilning aprel oyi.

1945-yilning fevral oyida B VIII reaktori Berlindan Shveysariya chegarasiga yaqin bo‘lgan Xaygerlox qishlog‘iga olib kelingan. Reaktor umumiy og‘irligi 1525 kilogrammga teng, 664 nafar uran kubiklaridan tarkib topgan faol hududiga ega bo‘lgan va og‘irligi 10 tonnaga teng bo‘lgan neytronlarning sekinlashtiruvchi grafit qaytargich bilan qoplangan. 1945- yilning mart oyida faol hududga qo‘shimcha yana 1,5 tonna og‘ir suv quyilgan. 1945- yilning 23- mart kuni professor Gerlax Berlinga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilgan va reaktor ishlayotganidan xabar bergan. Ayrim asoslanmagan fikrlarga ko‘ra bu xabar xatto Adolf Gitlerga ham yetkazilgan. Biroq xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi -reaktor kritik nuqtaga chiqa olmagan. Qayta hisoblashar shuni ko‘rsatgan ediki, uranning miqdorini yana 750 kilogrammga ko‘paytirish kerak, bundan tashqari,og‘ir suv miqdorini ham ko‘paytirish kerak bo‘lgan. Uning zahiralari esa qolmagan edi. Uchinchi reyxning so‘nggi kunlari yaqinlashib kelayotgan edi va 23- aprel kuni Xaygerloxga Amerika qo‘shinlari kirib kelgan. Reaktor Amerika Qo‘shma Shtatlariga olib chiqib ketilgan edi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook