Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yoz fasli hamisha intiqlik bilan kutiladi. Bolalarda yozgi kanikul boshlanadi, kattalar esa ishdan ta’tilga chiqadilar. G’animat yoz faslini foyda bilan o’tkazish va imkon qadar sayohatga chiqish zarur. Serquyosh O’zbekistonimizning sayohat qiladigan joylari va dam olish maskanlari serob. Biroq ba’zi odamlar yozgi ta’til vaqtida chet elga sayohat qilishni, dengiz bo’yida hordiq chiqarishni xohlaydilar.

Bolgariyada dam olish sayohatchilar ichida juda mashhur. Birinchidan, bu qimmatga tushmaydi, ikkinchidan bugungi kunda bu mamlakatning kurort va mehmonxonalari talabga javob beradi.

Yoz mavsumida Bolgariyada ob-havo quyoshli, ayniqsa Qora dengiz bo’yi va mamlakatning janubiy qismida. Bu vaqtda bu yerda katta to’lqinlar bo’lmaydi, dengiz tinch va iliq bo’ladi. Iyun oyi bir muncha salqin bo’lishiga qaramasdan – sayohat uchun eng yoqimli davrdir. Bolgariyaning Solnechniy Bereg, Zolotiye Peski va boshqa shu kabi kurortlarida dam oilish uchun eng qulay davr iyulning o’rtasidan boshlanib, avgust oyining oxirigacha davom etadi. Bu paytda barcha mehmonxona va sohilbo’yi plyajlari turistlar bilan 100% to’lib ketadi. 

Mashhur kurortlari: Albena, Zolotiye peski, Solnechniy bereg, Avliyo Konstantin va Yelena

2.Gretsiya

2.Gretsiya

Yunonistonda dam olish – bu manzarali shaffof suvli dengiz, antic davr zamonidan bizgacha yetib kelgan qadimgi ibodatxona va haykallardir. Bu mamlakatda dam olish uchun eng qulay davr – iyun oyidir. Narx-navolar oshib ulgurmagan, dengiz esa isib, qulay ob-havo sharoiti turgan bo’ladi. Iyul oyida bu yer juda juda qizib ketadi, hattoki dengiz ham yordam bermaydi, biroq shunga qaramasdan narx-navolar ancha ko’tariladi. Mavsumning eng qizg’in pallasi avgust oyiga to’g’ri keladi. Bu paytga kelib jazirama issiq bir muncha chekingandek bo’ladi, ammo narxlar yuqoriligacha qolaveradi.

Mashhur kurortlari: Rodos oroli, Korfu oroli, Krit oroli, Kefaloniya oroli, Xalkidiki, Afina, Lutraki, Soloniki va boshqalar.

3.Gruziya

3.Gruziya

Gruziya yumshoq iqlimi, toza havosi, ko’pgina issiq buloqlari, davolovchi balchiq konlari, Kavkaz tog’lari, shuningdek Qora dengiz sohilbo’yi plyajlari bilan mashhur. Bu yerga hordiq chiqarish uchun kelgan sayyohlar vaqtlarini dengiz bo’yida o’tkazganlari afzal, chunki mamlakatning markaziy qismi yoz mavsumida juda qizib ketadi.

Mashhur kurortlari: Batumi, Zelyoniy mis, Kabuleti, Chakvi, Gonio va boshqalar.

4.Misr

4.Misr

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook