Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yozgi ta’tilda qayerga borgan ma’qul? Xorijda dam olish uchun 20 ta ajoyib mamlakat!
Yoz fasli hamisha intiqlik bilan kutiladi. Bolalarda yozgi kanikul boshlanadi, kattalar esa ishdan ta’tilga chiqadilar. G’animat yoz faslini foyda bilan o’tkazish va imkon qadar sayohatga chiqish zarur. Serquyosh O’zbekistonimizning sayohat qiladigan joylari va dam olish maskanlari serob. Biroq ba’zi odamlar yozgi ta’til vaqtida chet elga sayohat qilishni, dengiz bo’yida hordiq chiqarishni xohlaydilar.

Ushbu uncha katta bo’lmagan mamlakat Adriatik dengizining qirg’oq bo’yida joylashgan. Bu kichikroq davlat bo’lgani bilan u yerda tomosha qilishga arzigulik joylar bor: manzarali Alp tog’lari, qadimiy qasrlar, tabiiy diqqatga sazovor joylar va issiq buloqlar hamda ajoyib plyajlar. 

Bu yerda yoz juda issiq bo’ladi, biroq iqlimi quruq bo’lganligi uchun issiqlikni ko’tarish qiyinchiliksiz o’tadi. Iyun oyi dam olish uchun juda qulay, iyul oyida esa jazirama issiq boshlanadi. Avgust oyi ham hordiq chiqarish uchun munosib palla. Shuning uchun ham bu paytda turistlar soni ko’payib, narx-navolar ham ko’tariladi.

Ommaviy kurortlar: Istriya yarim oroli, Kvarnera qirg’oqlari, O’rta va janubiy Dalmatsiya, Dubrovnik va boshqalar.

20. Chernogoriya

20. Chernogoriya

Yozda Chernogoriyada havo issiq, lekin quruq bo’ladi.

Iyunning boshlarida bu yerda ko’pgina yevropaliklar tashrif buyuradilar, ammo narxlar qimmat bo’lmaYDI. Havo harorati 28-30 daraja issiq, dengizda esa 18-19 daraja issiq bo’ladi. Iyul va avgust oylari mavsumning avjiga chiqqan pallasi bo’lib, havo harorati +30 dan ham oshib ketadi. Qulay ob-havo, ajoyib dengiz, faqatgina narx-navo qimmat!

 Mashhur kurortlar: Budva, Bechchi, Ultsin, Gertseg-Novi, Tivat.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook