просмотров
Yangi avtomobil oldinroq Opel Karl yig'ilgan Gamma II platformasi bo'yicha asoslangan. Shuning uchun ham bu ikki avtomobil orasidagi o'xshashliklarni ko'rish qiyin emas.
Chevrolet Spark 2015-2016 tashqi ko'rinishi
Zamonaviylashtirilgan Chevrolet Spark radiator panjarasining nozikligi va bamperning agressiv dizayni bilan ajralib turadi. Bu tufayli u yanada "katta" ko'rinishga ega bo'ldi.
Bundan tashqari tuman faralari ham o'zgartirildi. Orqa eshiklarda tirgakka yashirin vertikala ruchkalar, yonboshlarida esa ko'zga yaqin vshtampovkalar mavjud. Kapot yonboshlarida zamonaviy burmalar paydo bo'ldi. Aerodinamikani oshirish va benzin sarflanishini kamaytirish maqsadida g'ildirak asoslari biroz ko'tarildi.
Chevrolet Spark 2015-2016 saloni
Salon dizayni yanada takomillashtirildi. Pardozlash materiallari sifati yaxshilandi. Bundan tashqari shuni ham ta'kidlab o'tish kerakki, haydovchi va yo'lovchilar uchun maksimal darajadagi qulay o'rindiqlar ham ishlab chiqildi.
Shuningdek, transport ichida optimal haroratga ega bo'lish uchun trapetsiya-qaytargichli "iqlim-nazorat" tizimi ham o'rnatilgan. Rul va o'rindiqlar isitish tizimi bilan jihozlangan.
Moslamalar panelida ham oz'garishlarni ko'rish mumkin. Endi unda avtomobil holati haqida axborot beruvchi LCD-displeyi ham joylashtirildi. Moslamadagi axborot chiroyli ko'k rangda ishlangan bo'lib, uni kunning qorong'u paytida ham bemalol ko'rish mumkin.
Bundan tashqari 7 dyumli monitor va sensor boshqaruvli MyLink zamonaviy multimedia tizimi ham alohida ahamiyatga ega. Qurilmadan GPS-navigator sifatida ishlatish mumkin, yana OnStar xizmati orqali Internetga simsiz kirish imkoniyatini ham beradi. Shuningdek, MyLink tashqi qurilmalar bilan sinxron qilish uchun ham foydalaniladi. USB-port orqali haydovchi o'z telefoniga ulanishi yoki tashqi axborot vositalaridan musiqa tinglashi ham mumkin. Bu juda oddiy va shu bilan birga juda qulay. Akustik tizimga kelsak, u ham mukammal ishlangan bo'lib, yuqori sifatli ovoz chiqishini ta'minlaydi.
Chevrolet Spark 2015-2016 komplektatsiyasi
Xavfsizlik tizimi o'z ichiga: salonning turli qismlarida joylashgan xavfsizlik yostiqlari, "ko'rinmas yerlar"ni aniqlovchi qurilma, yo'l belgilarini kuzatib boruvchi orqafon kamera ulagichi, parkovka ulagichi, frontal to'qnashuvlardan himoyalovchi tizimlarni oladi.
Mutaxassislar salonning boshqa komplektatsiyalari haqida boshqa ma'lumotlarni bergani yo'q, lekin ular tez orada ma'lum bo'lishi mumkin.
Chevrolet Spark 2015-2016 texnik xususiyatlari
Ta'kidlab o'tganimizdek, yangi avtomobil komponentlari jihatidan yanada jiddiy tus oldi. Mashina kapotida alyumin blokli, 1,4 litr hajmli va 4 silindrli Ecotec dvigateli o'rnatildi. Motorning quvvati 98 ot kuchiga ega. Modernizatsiyalashtirilgan dvigatelga silindr blokining rahbari va chiqarish kollektori ham kiritilgan.
Bundan tashqari motor past vibratsiya darajasi bilan ham ajralib turadi.
Dvigatel 5-tezlikdagi mexanika tarkibida yoki variator vazifasini bajaradi. Mutaxassislarning va'dasiga ko'ra, yangi Spark 2015-2016 100 km masofa uchun atigi 5,8 litr benzin sarflaydi.
Chevrolet Spark 2015-2016 o'lchamlari
Oldingi modellar bilan solishtirganda yangi Chevrolet Spark 40 mm ga pasaydi. Kompaniya muhandislari aerodinamik qarshilikni kamaytirish va yoqilg'ini iqtisod qilish maqsadida shunday yo'l tutishdi.
- Uzunligi 3680 mm
- Kengligi aksincha, 10 mm ga uzaydi, hozir u 1607 mm
- Gi'ldirak bazasi o'lchami 2385 mm
- Bagajnik hajmi esa 1000 litrgacha oshdi yig'ilgan o'rindiqlar bilan
Boshqa mashinalardan farqli o'laroq, bu avtomobilda 5 ta o'rindiq mavjud. Afsuski, mashina o'lchamlariga oid boshqa raqamlar matbout uchun hali yetib kelmagan.
Chevrolet Spark 2015-2016 narxlar
Ma'lum bo'lishicha, yangi Chevrolet Spark dunyoning 40 ta davlatida bo'ladi. Sotuv mazkur yilning oxirlarida bo'lishi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda yangi avtomobilning narxi haqida aniq ma'lumotlar yo'q, lekin insayderlar avtomobilning asosiy versiyasi uchun narxlar 18 000 $ dan boshlanishini taxmin qilmoqdalar.
Сообщения из Facebook