Avtomobil tarixida yangi innovatsion mashinalarni yaratishga urinish muvaffaqiyatsizlikka yuz tutishining ko’pgina hollari sodir bo’lgan. Marketingdagi xato, xavfsizlik darajasining pastligi, yuqori narx, haqiqatga to’g’ri kelmaydigan g’oyalar – bularning barchasi eng yaxshi loyihalarni ham yo’qqa chiqargan.Ba’zan esa alohida modellarning muvaffaqiyatsizligi avtokompaniyalarning inqirozga yuz tutishiga ham sabab bo’lgan.
1.Volkswagen Phaeton (2002)
Yirik avtomobil brendlarining oltin qoidasi bo’yicha, oldin qimmatbaho avtomobillar yaratiladi, so’ngra esa cho’ntakbop modellari ham ishlab chiqariladi. Shuning uchun ham Golf kabi mashinalari bilan mashhur bo’lgan Volkswagen nemis avtokorxonasining qimmatbaho dabdabali sedanni loyihalashtirishi qaltis qadam edi.
Bunday mashinalarni xarid qiladigan mijozlar o’zlarining imidjlari ustida qayg’uradilar, shuning uchun ham ular “cho’ntakbop” markali avtomobillarni emas, shu korporatsiya tomonidan chiqariayotgan sedan Audi A8 kabi mashinalarni sotib oladilar.
2.Audi A2 (1999)
Hattoki hozirgi kunda ham Audi A2 kontseptsiyasi jozibador ko’rinishga ega. Avtomobil saolnida to’rt nafar yo’lovchi bemalol sig’ishi mumkin. Biroq ushbu mashina ham ommabop bo’la olmadi. Xaridorlarga ushbu ixchamgina, qulaygina, manyovrlangan avtomobilning nimasi xush kelmadi ekan-a?
3.Aston Martin Lagonda (1976)
Aston Martin Lagonda sport sedani odatiy britaniya konservativ an’analaridan tubdan farq qiladi. Aynan shu narsa mashinaning xaridorlar tomonidan qabul qilinmasligiga sabab bo’ldi. Shuningdek, avtomobil saloniga joylashtirilgan futurik elektronika tez-tez ishdan chiqar edi.
Ushbu avtomobil 1977-1990 yillar davomida to’rtta seriyada chiqarilgan bo’lib, jami 645 ta nusxa yig’ilgan.
4.Citroen C6 (2005)
Oxirgi yillar davomida Citroen fransuz avtokorxonasi o’ta noodatiy avtomobillarni ishlab chiqardi. Citroen C6 – eng yorqin modellardan biri bo’lib, BMW 5-Series и Mercedes-Benz E-Klasse avtomobillari bilan bemalol raqobatlasha olardi. Xaridorlar bu mashinalarni solishtirar ekanlar, g’alati dizaynli fransuz avtomobilidan ko’ra nemis avtomobillarini afzal ko’rdilar.
5.Chrysler Gaz Turbine (1963)
1963 yilda Amerikaning Chrysler yirik avtokorxonasi gazoturbinali dvigatelga ega bo’lgan seriyali avtomobillarini ishlab chiqardi. Ushbu quvvat moslamalari samolyotlarda foydalanilar edi, shuning uchun ham ularni mashinalarga qo’yish g’oyasi to’g’ridek tuyuldi.
Biroq loyiha shuhrat qozona olmay, olmadsizlikka yuz tutdi. Bunday mashinalar og’irlikni ko’tara olmadi hamda ko’p yoqilg’ini talab etar edi. Ushbu avtomobilning modellaridan biri 120 ot kuchiga ega bo’lib, 100 killometr masofaga 14 litr yoqilg’ini sarflar edi.
6.Honda Insight (1999)
Honda Insight yapon xetchbeki – dunyodagi ilk seriyali gibridlardan biridir. Mashinaning kuzovi alyuiminiydan iborat bo’lib, shu tufayli uning og’irligi 850 kgni tashkil etadi. Avtomobil jurnalistlari bu model haqida yaxshi taassurot bildirdilar, biroq tejamli yoqilg’ining o’zi mashinaning muvaffaqiyat qozonishiga yetarli bo’lmadi.
7.NSU Ro80 (1967)
NSU Ro80 nemis sedani “1967 yil avtomobili” deb e’lon qilinganda, hamma uning muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmagan edi. Bu modelda hali hech kimda bo’lmagan eng yangi texnologiyalar qo’llanilgan edi. Rotor-porshenli dvigatel, poluavtomat korobka boshqaruvi va ajoyib aerodinamika mashinaning muvaffaqiyat qozonishini bildirib turar edi.
Ammo muhandis Vankelning konstruktsiyasi asosida yasalgan dvigatel puxta bo’lolmadi va tez-tez ishdan chiqar edi. Mashina xaridorlar tomonidan yaxshi qabul qilinmadi va NSU korxonasi ham kasodga uchradi.
8.Chevrolet Volt/Opel Ampera (2012)
Yevropada Opel Ampera nomi bilan tanilgan Chevrolet Volt elektromobili xaridorlarni cho’chitib yuborgani haqiqatdir. Ehtimol, buning sababi ushbu modelda foydalanilgan ko’p sonli sinalmagan yangi texnologiyalar, shuningdek, xavfsizlik bilan bog’liq muammolar va ta’mirlash ishlaridagi katta sarf harajatlar bo’lishi mumkin.
Сообщения из Facebook