Dunyo mamlakatlarining milliy buterbrodlari
Dunyo mamlakatlarining milliy buterbrodlari
Bugungi kunda nonushtani buterbrodlarsiz tasavvur qilish qiyin. Buterbrod aslida nemis so’zidan olingan bo’lib, yog’li non ma’nosini beradi. Quyida siz turli mamlakatlarning buterbrodlari bilan tanishishingiz mumkin.

Hindiston

Hindiston

Vada pav – Hindistondagi o’tkir yengil taom bo’lib ,aslida qalampir va ziravorlar ayalmay qo’shilgan somsadir. 

Venesuela

Venesuela

Arepa: jo’xori unidan tayyorlangan qalin nonga cho’chqa go’shti, pishloq va avakado qo’shib tayyorlanadigan sendvich.

Singapur

Singapur

Kaya tost: Bu buterbrod Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida juda mashhur bo’lib, kokos hamda shakar aralashmasidan tayyorlanadi va qalin non bo’lagiga suriladi. Ba’zan tuxum qo’shsa ham bo’ladi.

Xitoy

Xitoy

Jou tsya mo (go’shtli burger) non orasiga pishgan cho’chqa go’shti (ba’zi joylarda qo’y va mol go’shtidan foydalaniladi) garimdori va ziravorlar bilan aralashtirilib qo’yiladi.

Donki burger: qarsildoq non orasiga eshak go’shti, sutcho’p (latuk) va ziravorlar qo’shiladi.   

Malayziya

Malayziya

Poti Djon: tuxum, piyoz, go’sht yoki baliq aralashmasidan tayyorlangan sendvich-amlet.

AQSH

AQSH

Yong’oq yog’ini nonga surib tayyorlangan sendvich

Polsha

Polsha

Zapekanka – eng mashhur polyak fast-fudlaridan biri: yumshoq pishloq, qo’ziqorin va go’sht uzun nonning  (baget) bir pallasining ustiga qo’yilib, ko’k piyoz va ketchup qo’shiladi.

Yaponiya

Yaponiya

Yakisoba-pan: xod-dog bulochkasining orasiga yapon lag’moni (yakisoba) solinadi. Ustidan mayonez va zanjabil qo’shiladi.

Katsu-sando: yaponlarning cho’chqa go’shtidan tayyorlangan katletasi va maydalab to’g’ralgan karam aralashmasidan tayyorlangan mini-sendvich.

Vyetnam

Vyetnam

Ban mi: go’sht (cho’chqa go’shti yoki jigar pashteti), marinadlangan sabzi, tuzlangan bodring va kashnich aralashmasidan tayyorlangan sendvich.

Germaniya

Germaniya

Gavaya tosti nomli sendvich dudlangan go’sht, yumshoq pishloq, Maraskino olchasi va ananas aralashmasidan iborat.

Mettbryotxen: to’g’ralgan piyoz va xom cho’chqaqiymasidan tayyorlanadi.

Fishbryotxen: qarsildoq bulochka, baliq va xom piyozdan tayyorlanadi. Odatda, baliq ichiga qandaydir nachinka solinadi.

Liberkessemmel: so’zma-so’z tarjimasi “jigarli pishloq” bo’lgani bilan bu buterbrodda jigar ham, pishloq ham yo’q. O’rama bulochka orasiga mol go’shti, bekon va piyoz solinib, gorchitsa qo’shiladi va issiq holda tortiladi.

Makao

Makao

Go’shtli burger: shunchaki cho’chqa go’shtidan tayyorlangan sendvich.

Serbiya

Serbiya

Pleskavitsa: turli xil go’shtlardan tayyorlanadigan sendvich. Lavash yoki bulochkadan tayyorlanadi, serb qaymoqlari va o’tkir sous qo’shiladi.

Fransiya

Fransiya

Pan-bagnat – bu fransuz klassik sendvichi bo’lib, baliq, sabzavotlar, qaynatilgan tuxum va zaytun yog’idan tayyorlanadi.

Chili

Chili

Barros Lyuko: non, go’sht va yumshoq pishloqdan tayyorlanadi. Bu sendvich birinchi president Ramon Barros Lyuko nomi bilan ataladi.

Chakarero: bulochka orasiga mol go’shti, yashil no’xat, pamildori va achchiq qalampir qo’shiladi. 

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya

Chip batti: bulochka orasiga qo’vurilgan kartoshka fri solinib, sous yoki ketchup qo’shiladi.

Meksika

Meksika

Chemita: bulochka, go’sht, avocado, oq pishloq va piyozdan tayyorlanadi.

Kuba

Kuba

Medianoche (“yarim tun”) – Kubada mashhur buterbrod bo’lib, kechasi tanavvul qilishga qulay. Shirin bulochka, go’sht, pishloq va bodringdan tayyorlanadi.

Getsbi: katta hajimdagi sendvichda doim qovurilgan kartoshka bo’ladi.

Turkiya

Turkiya

Danar-kabob: lavashga go’sht, pamildori, piyoz, salat bargi va tuzlangan bodring solib tayyorlanadi.

Daniya

Daniya

Dirlegens natmad: mol go’shti va pashtetdan tayyorlanadigan buterbrod.

Trinidad va Tobago

Trinidad va Tobago

Dabls: non no’xat bilan qovurilib, bodring, mango va kakos qoshiladi. Uyqu oldidan yengil tanavvul qilish uchun qulay.

Janubiy Amerika

Janubiy Amerika

Choripan (ilk bor Argentinada tayyorlangan): qarsildoq bulochka, kolbasa va sousdan iborat.

Urugvay

Urugvay

Chivito (“uloqcha”): mol go’shti bo’laklari, motsarella pishlog’i, zaytun, pamildori, mayonez va tuxumdan iborat.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook