просмотров
Izabella Barret maktabga boradi va biznes bilan shug'ullanadi
Izabella Barretni self-made millioner deb atashadi, lekin hamma biladiki, bu yoshda biznes bilan shug'ullanish mumkin emas. Qizaloqni ham pul topish dardida yurganlarga ox'shatish qiyin - Izabella faqat hayotdan zavq olmoqda va ko'ngliga yoqqan narsani qilmoqda. Ko'ngliga yoqqan narsalar esa - chiroyli kiyimlar kiyish, uni xushomadlar bilan maqtaydigan odamlar bilan uchrashish va uning hayoti jozibali ekani haqida gapirish kabilar kiradi.
9 yoshli millioner
Izabellaning hayoti haqiqatdan ham hasad qilishga arziydi - nafaqat boshqa bolalar, balki kattalar ham Izabella yashaydigan hashamatli hayotning ozginasiga egalik qilishni xohlaydi. Uning shaxsiy haydovchisi bor, kechki ovqatga eng qimmat va mazali taomlar iste'mol qiladi, bo'sh vaqtlarda esa mashhurlar va do'stlari bilan ziyofatlarda uchrashadi. Qizaloqda Dior, Chanel va boshqa mashhur brendlarning qimmat ko'ylaklari hamda qimmat oyoq kiyimlar va aksessuarlar to'plami ham mavjud.
Mashhurlik Izabellaga u atigi 4 yoshida ekanligida kelgan - u "Bolalar va toj" shousida ishtirok etgan. Mana 6 yildirki, Izabella nomi bilan bolalar kiyimi va aksessuarlari yo'nalishi tashkil etib kelinmoqda. "Eng quvonarlisi shundaki, - deydi qizaloqning onasi Syuzanna, - u atigi 9 yoshda, qizaloq mablag'i bilan teng ravishda o'smoqda. Biz bu pullarni investitsiya qilishni o'ylayapmiz, chunki qizimiz kelajakda ham pullarni hozirgiga o'xshab bemalol ishlatishini xohlaymiz".
Buning hammasi pul uchunmi? Syuzanna aytadiki, hamma onalar kabi u ham qizining baxtli bo'lishini xohlaydi. Hozirgi hayot esa qizchaga ulkan quvonch olib keladi. "Hammaning e'tiborida bo'lish - juda ajoyib, lekin bu katta ma'suliyat hamdir, - deydi o'z hayoti haqida 9 yoshli Izabella. - Muxlislarim meni sevadi, menga meni chiroyli ekanligim haqida gapirishadi va yozishadi. mashhur bo'lishning nimasi yomon?"
Izabella ilk bora 4 yoshida podiumga chiqqan
Tarixdan ma'lumki, erta mashhurlik bolalarni hayotdan va bolalikdan mahrum etadi. O'z hayotini shu yo'l bilan qurmoqchi bo'lgan ota-onalar uchun biznes va oddiy oilaviy hayot o'rtasidagi muvozanatni topish juda muhim. Shuning uchun ham Izabella o'zini "omadli biznez-woman" deb ataydi, lekin shu bilan birga u ilgarigidek uyda qo'g'irchoq o'ynaydi va kunduzi maktabga boradi.
Onasi moda olamida yashash qarori izabellaning o'ziga tegishli ekanini aytadi. Bir kuni Syuzannanig katta qizi bilan baxtsiz hodisa ro'y beradi - do'stlari uni qattiq urishadi va qizchaning yuzini qayta tiklash uchun operatsiya qilishga majbur bo'lishadi. O'ziga bo'lgan ishonchni qaytarishh uchun qizaloq turli go'zallik tanlovlarida ishtirok etadi. Aynan shoularning porlashi va har tarafdan bo'lgan e'tibor Izabellani o'ziga jalb etadi - u ham opasi singari chiroyli va bayram markazida bo'lishni xohlaydi.
Izabellaning uyida u hali ham o'ynaydigan qo'g'irchoqlar ko'p
Albatta Syuzannani o'z bolalarini "erkalatib yuborgan"i uchun tez-tez tanqid qilib turishadi. "Balki men bolalarni erkalatib yuborgandirman. Lekin kim erkatoy hisoblanadi - o'zini yomon tutadigan va boshqalarga yomon munosabatda bo'ladigan bolalar. Ammo mening qizlarim mutlaqo boshqa tarbiyani olishgan. Odamlar baland poshna va kosmetika-kichik qizlar uchun emas deyishadi. Men esa onalarni boshqa parametrlar bo'yicha baholash kerak deb o'ylayman. Qizlarimning xulqi juda yaxshi va ularga qilayotgan ishi yoqadi. Bu yomonmi?"
Сообщения из Facebook