Ajoyib va g’ayrioddiy oshxona suratlari
 Ajoyib va g’ayrioddiy oshxona suratlari
Oshxona mebeli standart, oddiy bo’lishi kerak, uy yoxud xonadonning oshxona hududini noan’anaviy, g’ayrioddiy va o’ziga xos qilib bo’lmaydi deb kim aytdi? Noan’anaviy uslubdagi oshxona uyingiz interyerining asl ziynati bo’lishi, bunday oshxonada nafaqat taom tayyorlash, balki bo’sh vaqtni o’tkazish ham mumkin va shu maqsadda oshxona hududida qulay va yumshoq mebel bilan jihozlangan maxsus burchak tashkil qilish mumkin bo’ladi.
Nazokatli va o’ziga xos oshxona nafaqat o’z oila a’zolaringiz balki mehmonlaringiz ham afzalligiga ko’ra baholaydigan uyingizning xaqiqiy bezagi bo’lib qoladi. Ushbu oshxonalar taom tayyorlash uchun joy qanday bo’lishi zarurligi to’g’risidagi tasavvuringizni tubdan o’zgartirib yuboradi. Biroq o’zingiz ham orzuingizni amalga oshirib o’zingizga yoqqan tarzdagi mebelga buyurtma berishingiz mumkin.

Katta akvariumli g’ayrioddiy oshxona stoli

 Katta akvariumli g’ayrioddiy oshxona stoli
Bizning noyob oshxonalar ro’yxatimizda birinchi o’rni – Gollandiyalik dizayner Robert Kolenikdan cheklangan kolleksion nusxadagi betakror oshxona mebelidir. Oshxonaning noodatiy ishchi stoli ichiga tropik baliqlar va suv o’simliklari solingan, buning ustiga salqin moviy tus beradigan diod-chiroq yoritgichlar bilan jihozlangan ulkan to’g’ri burchakli akvariumni aks ettiradi.
Bu ishchi stolda taom tayyorlash uchun barcha kerakli narsalar – ishonchli va sifatli materialdan tayyorlangan qulay ishchi yuza, oshxona anjomlarini saqlash uchun sig’imli yashirin tokchalar mujassam.
Dizaynerlik stoli suvni almashtirish yoqi baliqchalarni boqish maqsadida yuqori ishchi panelni ko’tarish imkonini bera oladigan qo’shimcha maxsus pult bilan jihozlangan. Gollandiyalik dizayner tomonidan yaratilgan ushbu gayrioddiy stol dengiz va ummon ishqibozlariga albatta yoqadi, chunki xatto qishki mavsumda ham bunday mebelli oshxonada tropik va ekzotik plyaj muhiti xumronlik qiladi.
Akvariumga ega bo’lgan to’g’riburchakli ish stolning yuzasi qulay elektr plitasi, shuningdek rakovina bilan jihozlangan. Ishchi stolning yoruq yuzasida bemalol sabzavotlarni yoki go’shtni to’g’rash mumkin, chunki stolning mustaxkam yuzasi hech qachon tirnalmaydi va sinmaydi.
Oshxona stoli yuzasi hech qanday toksik yohud boshqa zaharli ximikatlar bilan qoplanmagan va shuning uchun ham u mutlaqo xavfsiz sanaladi. Akvariumli bunday stol boshqa istalgan uslublar, xususan zamonaviy, minimalistik va klassik uslubdagi oshxona interyerining tugalligini ta’minlaydi.

Ferrarini eslatuvchi yorqin uslubli oshxona

Ferrarini eslatuvchi yorqin uslubli oshxona
Mazkur suratdagi yorqin va zamonaviy oshxona mebeli Snaidero va Pininfarina kompaniyalarining o’rtasidagi hamkorlik munosabatlarining yigirma besh yilligi munosabati bilan tayyorlangan. Ushbu mebel shuningdek cheklangan eksklyuziv kollektsiyaga kiradi va alohida buyurtmaga ko’ra cheklangan miqdorda tayyorlanadi.
Ko’p tarmoqli vazifalarni bajaruvchi oshxonalar avtomobil shinavandalariga juda yoqadi, chunki yorqin hamda ravon yuza va oshxonaning qo’shimcha jihozlari taniqli sport avtomobillarni, ayniqsa Ferrarini yodga soladi.
Snaidero kompaniyasi zamonaviy oshxona mebelini 3 ta asosiy rangda: klassik oq va qora, shuningdek yorqin qizil rangda ishlab chiqaradi. Quyiladi suratda esa oshxonaning qora ishchi stollari bilan yorug’ qizil namunasi uyg’unligi aks ettirilgan. Yumshoq va qora-qizil tusdagi oshxona zamonaviy xonadon yoki uy oshxonasi hududini bezash uchun juda mos keladi.

Minimalistik uslubdagi noan’anaviy yelkan-oshxona

Minimalistik uslubdagi noan’anaviy yelkan-oshxona
Minimalistik va dengiz uslublarining uyg’unligini aks ettiradigan, Marecucina kompaniyasi dizaynerlari tomonidan yaratilgan ushbu oshxona dengiz yaxtalari va kruizlarni ishqibozi bo’lgan insonlarga juda yoqadi. Uslubiy oshxona dengiz va ummon kengliklarida suzib yurgan ulkan yelkanli kemani eslatadi.
. Oshxona mebeli ekologik toza materiallardan tayyorlangan. Dizaynerlar bu borada tabiiy daraxt tuslari va klassik oq рangning muvaffaqiyatli uyg’unligidan foydalanganlar.

Minimalistik oshxonadagi oppoq “kosmik stol”

Minimalistik oshxonadagi oppoq “kosmik stol”
Keyingi suratdagi oshxona stolining dizayni bilan CochraneDesign kompaniyasi shug’ullangan. Ultraminimalistik uslubdagi oppoq ovalsimon ishchi stol kichik uy yoki xonadonni bezashda juda qo’l keladi, chunki ixcham stol xonangizdan ko’p joy egallamaydi. Zamonaviy stol ko’p miqdordagi tortma va tokchalar bilan jihozlangan, mebelning ishchi yuzasini esa taom tayyorlash uchungina emas, ovqatlanish uchun ham ishlatsa bo’ladi.
Mebelni yaratilishida dizaynerlar kosmik parvozlar to’g’risidagi filmlardan ilhom olganlar, shuning uchun ham oppoq stol Yerga uzoq sayyoralardan uchib kelgan sirli va jumboqlarga boy fazoviy obyektni eslatadi.

Tabiiy go’zallik

Tabiiy go’zallik
Dizayner Villi Brakbauer noodatiy oshxona mebelini tayyorlash uchun xaqiqiy yirik dub daraxtining kesilgan bir bo’lagini, shuningdek mustaxkam beton plitasini ishlatgan. Ushbu mebel o’ziga xos chiqqan va industrial uslubdagi oshxona hududini jihozlash uchun juda mos kelgan. Oshxona mebeli qulay ichki plita va rakovina bilan jihozlangan. Ish stolining mustahkam va qattiq yuzasi esa taom tayyorlash uchun juda mos.
Keyingi fotosuratdagi oshxona stoli xaqiqiy daraxtlarning shoh va o’zaklaridan tayyorlangan. Stol dizayni Laurel Feldman Interiors kompaniyasiga tegishli. Dag’al daraxtdan bo’lgan bu noodatiy stol qishloq yoki industrial uslubdagi xususiy yoki dala xovli uylar interyerni bezash uchun mos keladi. Tabiiy yog’ochdan bo’lgan stol devorlari, pol va shifti yorqin daraxtdan yasalgan yog’ochli panellar bilan qoplangan oshxonaning ochiq interyeriga juda mos.

Kitobsevarlar uchun kitob javoni bilan jihozlangan stol

Kitobsevarlar uchun kitob javoni bilan jihozlangan stol
Bay Cabinetry & Design Studio dizaynerlari tomonidan taqdim etilgan noan’anaviy oshxona mebeli kiтobsevarlarga juda yoqadi, chunki stolning yon tomonida joylashgan, tabiiy yong’oq yasalgan tortma polkaga taom tayyorlash jarayonida doimo qo’l ostingizda bo’ladigan va pazandalik san’atining sir-asrorlarini o’z ichida jamlagan kitoblarni joylashtirishingiz mumkin.
Noodatiy dizaynerlik oshxona mebeli yumshoq tarzda mehmonxonaga ulanib ketgan ochiq planirovkali hududni jihozlashda juda mos keldi.

Noodatiy osma stollar

Noodatiy osma stollar
Bir qarashda havoda uchayotganday tuyulishi mumkin bo’lgan osma stollar uy yoki xonadonning kichik hududini techash yoki undan samarali foydalanish imkonini beradi. Bates Masi Architects kompaniyasi dizaynerlari minimalistik uslubdagi va xaqiqatdan ham noyob oshxona mebelini yaratdilar. Bu mebel qishloq uslubidagi dala xovli interyeriga mos keladi.
Oshxona devoriga o’rnatilgan oq rangdagi savlatli ish stoli o’z ichida katta plita va taom tayyorlash uchun yetarli joyni jamlagan. Ishchi stolining ustiga o’rnatilgan ochiq osma polkaga esa zarur bo’lgan oshxona idish-tovoqlari va boshqa kerakli anjomlarni joylashtirish mumkin.
Suratdagi noodatiy oshxona mebelini yaratishda Kim Duffin for Sublime Architectural Interiors kompaniyasi dizaynerlari ishladilar. Noyob mebel zamonaviy uslubdagi uy oshxonasining interyerini bezashga juda mos keladi.
Tabiiy yog’ochdan tayyorlangan va devor ichiga o’rnatilgan oshxona shkaflari juda ko’p tortma, polka va qutichalarni o’zida chamlagan. Xonani imkon qadar kengroq ko’rsatish maqsadida dizaynerlar sovutgichni ham oshxona shkafi ichiga o’rnatganlar.
Oshxonaning och kulrang ish stoli tanovul qilish sohasi bilan ulanib ketadi. Tanovul qilish stoli bir qarashda uchayotganday yoki muallaq xolatda turganday tuyuladi. Tanovul stolining marmar yuzasi esa oddiy ko’z bilan qaraganda deyarli bilinmaydigan shaffof oyoqchalarga mustahkam tarzda qotirilgan. To’plam engil va shaffos stullarni ham o’z ichiga oladi. Zamonaviy oshxona to’q va och-kulrang, shuningdek yorug’ moviy tuslarda bo’lib, zamonaviy, maftunkor va qulayligi bilan ajralib turadi.

Bar hududi bilan jihozlangan oshxona

 Bar hududi bilan jihozlangan oshxona
zamonaviy stolning uzun bar peshtaxtasi ham bir qarashda xavoda osilib turgandek tuyuladi. Dizaynerlar oshxona hududi inter"erini bezash uchun yoрqin qizil, klassik oq va qora ranglardan foydalanishdi. Bu qaror borasida esa ular mutlaqo adashmadilar!
Uslubiy oshxona bevosita taom tayyorlash yoki tanovul qilishdan tashqari kichik xonaki bazmlarni ham tashkil qilinish uchun imkon beradi. Ochiq planirovkali xonaning oq ranngli poli, devor va shiftlari uni ko’rinishini kengroq qilib ko’rsatadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook