Apple yiliga ikkita yangi iPhone modellarini chiqaradi
iPhone 2020 haqida yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi.

Apple 2020- yilda  yangi iPhone telefonlarining chiqarishni odatiy jadvalidan chetga chiqishi mumkin. Bu haqda J.P Morgan analitik kompaniyasi mutaxassislari xabar berdi.

Xususan,2021-yilda Apple yilning birinchi yarmida bitta iPhone modelini chiqaradi va yana bitta model –  ikkinchi yarmida. Shunday qilib,kompaniya asta-sekin o'z smartfonlariga o'zgarishlar kiritishi mumkin.

Xuddi shu hisobotda tahlilchilar iPhone 12 modelining bashoratlari bilan o'rtoqlashdilar. Shuning uchun, biz so'nggi uch yilda bo'lgani kabi birdaniga uchta emas, balki torta modelni ko'rishimiz mumkin. To'rtalasi OLED displey va 5G moduliga ega bo'ladi, ammo faqat ikkita premium modeli mmWave texnologiyasi (ma'lumotlar uzatish tezligini oshiradi) bilan taminlanadi. Ekran o'lchamlari 5,4, 6,1(ikkita smartfonda) va 6,7 ​​ni tashkil qiladi. Byudjet modellarida ikkitali kamera bo'ladi, eng zo’r modellarga uchinchi modul qo'shiladi.

Shuningdek,J.P. Morgan, iPhone 8 asosida byudjetli smartfonning 2020-yil bahorda chiqarilishi haqidagi avvalgi mish-mishlarni tasdiqladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations