Arvohlar borligi haqiqatmi?
Arvohlar borligi haqiqatmi?
Agar siz arvohlarga ishonsangiz, demak yolg’iz emassiz. Butun dunyo madaniyatlari inson o’limidan keyin boshqa reallikda ruhlar yashashiga ishonishadi. Ruhlar paranormal fenomenlar orasida eng ko’p ishoniladigani ekanligi faktdir.

Asrlar davomida odamlar ruhlar bilan aloqa o’rnatishga harakat qilishadi, turli xil seanslar o’tkazishadi, duolar o’qishadi va h.z. Xattoki, dunyodagi bazi universitetlar arvohlarni o’rganish uchun maxsus bo’limlarga egadirlar. Masalan, Kembridj va Oksford, 1882 yilda juda mashxur bo’lgan Fizik izlanishlar jamiyati. Oynayi Jahonda “Arvoh ovchilari” seriali chiqqanidan keyin esa ruhlarni ovlash butun dunyoga yoyilib ketti. 

Ruhlarni ilmiy tomondan baholash katta qiyinchilik tug’diradi, chunki ruh fenomeni baholanishi kerak bo’lgan ko’plab artributlardan iborat: eshik o’zidan o’zi yopilib qolishidan boshlab, kalitlar yo’qolishi, katta joyda sovuq hudud borligi, o’lgan qarindoshlarni ko’rishgacha. Dennis va Mishel Vaskul 2016 yil chiqqan “Arvoh bilan to’qnashuvlar: har kunlik ov” kitobi uchun ruhlarni uchratgan odamlarni intervyu qilganlarida ko’p ishtirokchilar ruhlarni uchratgani va mavjud bo'lishiga unchalik ishonchi komil emasdi. Chunki ular ruh tasviriga yaqin bo’lgan hech narsa ko’rishmagan. Buning o’rniga ular tushunarsiz, g’ayritabiiy, g’ayrioddiy va tushuntirib berib bo’lmaydigan sirli hodisalarga duch kelgan. Bundan kelib chiqadiki, ruh bilan tajribam bordeganlar aslida haqiqiy arvohning o’zini ko’rishmagan.

Arvohlarni o’rganadigan olimlar ular mavjudligini aniqlash uchun turli yuqori texnologiyalar o’ylab topishgan, misol uchun elektromagnit maydonli detektor, ionli detektorlar, Geiger hisoblagichi yoki infraqizil kameralar va sezuvchan mikrofonlar. Lekin bu uskunalarning hech biri aynan ruhlarni aniqlashi isbotlanmagan. Ba’zi olimlar esa arvohlar mavjudligi isbotlanmaganligi faqatgina ularni aniqlaydigan mos texnologiya yo’qligidan deb hisoblaydi. Demak, agar ilmiy uskunalar ruhlarni aniqlay olmas ekan, fotosuratlar, videolar,  audio va boshqa yozuvchi uskunalarda topilgan g’ayrioddiy ko’rinishlar arvohlar emas degan xulosaga kelish mumkin. Xatto arvohlar rostdan ham mavjud bo’lganda, ular odamzotga noaniq bo’lgan energiya yoki obyet bo’lsa, olimlar tomonidan turli tajribalar yordamida aniqlangan bo’lardi, oddiygina apparatlar bilan emas. 

Arvohlar borligi haqiqatmi, degan savolga ikki xil xulosa bilan javob berish mumkin:

1.       Suratlar, videolar va audio yozuvlardan kelib chiqsak, ularda qandaydir xatolik yoki nosozlik bo’lgan va buni fizika tomondan tushuntirib bersa bo’ladi;

2.       Ikkinchi javobimiz esa, ha rostdan ham arvohlar mavjud, lekin ularni aniqlashga hozircha mos texnologiya o’ylab topilmagan.

Nima bo'lganda ham, baribir ko’pchilik arvohlar haqidagi hikoyalarni yoqtiraveradi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook