просмотров
1973 yilda Rikardo Bofill Barselonada tashlandiq sement zavodini topib olgan. O‘ttizta minoralar yer osti yo‘lakchalar va katta mashinalar zali bari bo‘lib 1000 kvadrat metrga ega, u o‘ziga tegishli bo‘lgan Taller de Arcuitectura byurosini o‘z ofis va idorasiga aylantirdi.
Beton - Rikardo Bofillning sevimli materiallaridan biri. Shuning uchun u bu tashlandiq sement zavodida o‘zining kelajagidagi uy va ofisini tassavur qildi.
Uning proekti barcha jurnallarda maqolandi, lekin Bofillning tanishlari hamon ishonmas edilar, ular: naxotki Frints Langaning zulmatga burkangan futuristik "Metropolisini" eslatuvchi bu sanoat maydonini kimdir uy deb qabul qilsa!?
"Fabrika" - bu sehirli joy, - deya javob berdi Bofill, - shunchaki uning g‘alati atmosferasi sababli baholash qiyin.
Qo‘pol beton devorlar, atriumlar, osma bog‘lar va tor qafasli zinalar zamonaviy arxitektura ishlari uchun juda mos keldi. Sakkizta minoralarda Bofill katta "Sobor" nomli arkalardan ko‘rinib turadigan laboratoriya maketi, ustaxona, hujjatxona, kutubxona va katta ko‘rgazmaxona qurdi. Mana shu hashamatli devorlarda u dunyoga arxitektura g‘oyalarini uqtirar edi. Lekin bu beton qasrni uy deb atash qiyinroq bo‘ldi.
"Sobor" - bu hashamatli uch qavatli uy bilan baravar bo‘lgan xona. Bu xona uchun Marta uy jixozlari uchun g‘ilof va mayin oq matodan tikilgan pardalar tayyorladi.
90ci yillarda Marta de Billalonga Bofillning hotini, Nyu-Yorkdagi ishini tashlab Taller de Arquitecturaga ko‘chib kelganida zavodni shinam uyga o‘zgartira boshladi.
Har bir so‘z yoki qadamdan baland ovozda ask sado chiqaradigan qo‘polbeton minorada har bir ayol ham yashashga rozi bo‘lmas edi. Lekin Marta professional dizayner bo‘lgani uchun unga bunday g‘ayri odfiy joyda ishlash juda qiziqarli bo‘ldi. " Men bu zavodning atmosferasini yanada ilig‘roq va shinam qilishni hohladim" - dedi Marta.
O‘ttizta o‘zgargan minoralardan Bofill sakkiztasini qoldirdi. Uydan ishgacha hovlida yasalgan yo‘lakchadan bir necha qadam.
"Soborni" ko‘rgan Marta qaror qildi: " hech qanday gilam, suratlar va naqshlarsiz bo‘ladi, chunki ular bu uzun fabrika interyeri bilan umuman mos kelmaydi!". balandlikdan pastgacha tushib turafdigan oppoq matodan pardalar osdi, xuddi shu matolardan divan, yostiq va yumshoq stullar uchun g‘ilof tikdi. Hatto baland ovozlarni tindirib, q‘pol beton fakturasiga mos keldi. Devordagi ikki manqalni Bofill o‘z dizayni bo‘yicha qilgan.
Minoralarning birida jakuzili fitnes-zal va gidrouqalagich kabinalari qurildi. Qolgan honalarga esa Marta o'z dizayni bo'yicha mato, Iidish-tavoqlar va chiroqlarni o'rnatdi. Mehmonlar uchun ajratilgan yotoqxona va hammom minoralardagi barcha xonalarda dumaloq shaklida.
Mehmon Taller de Arquitectura tan oldiki, Marta de Villalonga zavodni juda ham zamonaviy va shinam uyga aylantirdi. Bofill ham juda mamnum edi. " Menga juda yoqdi, chiroyli va shinam uy ciqdi. Mazkur joylashma mening oldingi ko'chmanchilik qilib yurgan hayotim mutloq qarama-qarshi. Bundan tashqari katta bo'shliq qolgan joylarni tartib-intizom egallab turibdi. " - dedi u.
Yuvinish xonasi, hammom
90ci yillarning boshida, minoralaralarning birlarida daraxt va oynalardan qurilgan fitnes-zal.
Oshxona. Marta de Villalonga tomonidan loyiha bo'yicha tuzilgan servant
Hovlilarning birida yog'och minbardlardan qurilgan ochiq terassa. Bu yerda, uy xo'jayinlari ertlabgi qahvani ichishadi.
Bofill ko‘proq joy ochish uchun keraksiz qurilmalarni buzib, betonli joylardan tozalab u yerga ekvalipt, palma, zaytun daraxti va kiparis kabi o‘simliklardan iborat bo‘lgan bog‘ qurdi.
Tomdagi bog‘. Zaytun daraxtining tagida - minoraning tepa qismidagi qandil chirog‘i yonib turibdi.
Сообщения из Facebook