Balkon intereri uchun ajoyib g’oyalar
Ko’p qavatli uylardagi har bir balkon- o’ziga hos ombor vazifasini bajaradi. Bu yerda ko’pchilik keraksiz buyumlarni saqlaydi. Hamma bu narsalar qachonlardir kerak bo’lib qoladi degan fikrda, albatta. Ba’zi uy bekalari balkon qanchalar foydali joyga aylanishi mumkinligini tasavvur ham qilisholmaydi.

Balkonga kichik kompyuter stoli o’rnatish orqali uni shaxsiy kabinetga aylantirishingiz mumkin. U ko’p joyni egallamaydi, siz esa kerakli paytda tinch ishlash imkoniyatiga ega bo’lasiz.

Balkonda ijodiy ustaxona ham tashkil etish mumkin. Buning uchun shkaf yoki stol tumba kerak bo’ladi. Ushbu mo’jaz joydaishlashingiz, tikish ishlari bilan mashg’ul bo’lishingiz mumkin, san’at asarlarini chizishingiz va boshqa o’zingiz istagan mashg’ulotlar bilan shug’ullanishingiz mumkin.

Balkonda kichik gulzor yarating. Buning uchun kerakli gullarni tanlash va yoritish hamda isitish tizimi haqida o’ylashingiz kifoya.

Balkon farzandingiz uchun ajoyib o’yingoh bo’la oladi. Albatta, eng avvalo, uning havfsizligini ta'minlang. Bu yerda uning o'yinchoqlarini saqlashingiz, hajm jihatidan to'g'ri kelsa, bolalar o'yingohi jihozlarini o'rnatishingiz mumkin. 

Agar balkonning hajmi imkon bersa, stol va bir necha stul, shuningdek, idishlar uchun tumba joylashtirib, ajoyib ovqatlanish xonasiga ega bo’lasiz. Bu yerda ham taomlanish ham toza havodan nafas olish imkoni tug’iladi.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations