Bollivudning eng mashhur beshta juftligi
Bollivud insonlarga ko’pincha real hayotda sodir bo’lmaydigan voqealarni taqdim etadi. Go’zal muhabbat tarixlari ushbu kinoindustriyani mashhur qildi. Tomoshabinlar qahramonlarni chin qalblari bilan sevib qoldilar. Barcha zamonlardagi Bollivudning maftunkor juftliklariga bir nazar tashlab ko’raylikchi!

Raj Kapur – Nargis

Raj Kapur – Nargis

Bu ikki inson oilali bo’lishlariga qaramasdan, ularning o’rtalarida qandaydir bog’liqlik borligini payqash qiyin emas edi. Raj Kapur va Nargis o’z rollarini shunchalik qoyilmaqom qilib o’ynashgan ediki, ularning hayotda haqiqiy sevishganlar, degan mish-mishlar yurar edi. Bu juftlik hind kinoindustriyasining “oltin juftligi” bo’lib qoladi.

Amitabx Bachchan – Rekxa

Amitabx Bachchan – Rekxa

Ularning muhabbati Bollivud muxlislari orasida eng ko’p muhokama qilinadigani edi. Amitabxning rafiqasi Jaya ishtirokidagi ushbu sevgi uchburchagining sir-asrori maxfiyligicha qoladi. Nima bo’lgan taqdirda ham Amitabx va Rekxa juftligi hamisha muxlislarning olqishiga sazovor bo’lib kelgan.

Dhamendra – Xema Malini

Dhamendra – Xema Malini

Keyinchalik oila qurgan Xema va Dharam – bir vaqtlar Bollivudning eng muvaffaqiyatli juftliklaridan biri bo’lgan. Uddaburon yigit va sohinjamol qiz ajoyib ishqiy juftlikni yaratdilar. Boshqa juftliklardan farqli o’laroq ular bir-birlarini hayotda ham haqiqatdan sevar edilar.

Rishi Kapur – Dimpl Kapadiya

Rishi Kapur – Dimpl Kapadiya

Rishi Kapur va Dimpl Kapadiya mashhur “Bobbi” filmidayoq tomoshabinlarning qalbidan chuqur joy olgan edilar. Mazkur film bir pasta xit darajasigacha ko’tarildi. Bu juftlik yana bir necha marotaba birga sevishganlar obrazini talqin etdilar.

Shoxruhxon – Kajol

Shoxruhxon – Kajol

Nisbatan yoshroq avlodni oladigan bo’lsak, sevishganlar rolini Shohruhxon va Kajolchalik hech kim o’ynay olmaydi. Yuqorida nomi tilga olingan “oltin davr” vakillaridan keyin kino ixlosmandlari orasida aynan Shohruhxon va Kajol yuqori maqomga erisha oldilar.   

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations