Boy odamning kambag’al odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati
Boy odamning kambag’al odamdan ajralib turuvchi 9 ta sifati
Dastlab har bir kishi teng imkoniyatlarga ega bo'lishiga qaramay, ba'zilari yashash uchun mablag'ni zo’rg’a, qiyinchilik bilan topishadi, boshqalar esa ko’ngillari tusagan narsalarga osonlik bilan erishib, molu-dunyoga ko’milib yashaydilar. Nima uchun kambag'allar yanada kambag’allashib boraveradi, boylar esa boyib ketaveradilar, ular qanday fikrlash tarziga ega? Boylarningn hayot tarziga e’tibor bersangiz, ularning hayotga nisbatan shaxsiy dunyoqarashlari mavjud.

Ushbu maqolamizda boy odamlar rioya qilib yashaydigan 9 ta qoida haqida gapirib o’tamiz. Ehtimol, ular moliya dunyosida sizga ko'rsatma bo'lib xizmat qilishi mumkin.

1. Ular ishlatilgan narsani sotib olishni or, deb bilmaydilar

1. Ular ishlatilgan narsani sotib olishni or, deb bilmaydilar

Hayron bo’lishingiz mumkin, lekin bu haqiqatan ham shunday. Boy insonlar qimmatbaho narsalarni sotib olib, o'zlarining obro'larini ko'tarishlari shart emas. Boy odamlar ishlatilgan narsalarni, jumladan mebel, avtomashinalarni sotib olishda hech qanday yomon narsani ko'rmaydilar. Agar mahsulot yangi ko'rinishga ega bo'lsa, ortiqcha to’lovning nima keragi bor? Ular tejab qolingan har bir tiyinni muhimroq narsaga sarflashni afzal ko'radilar.

2. Ular qurbilari yetgan narsalarnigina xarid qiladilar

2. Ular qurbilari yetgan narsalarnigina xarid qiladilar

Boy odamlarning psixologiyasi shundan iboratki, ular imkoniyatlaridan kelib chiqib, qurbilari yetgan narsalarnigina xarid qiladilar. Topgan pullarini kredit foizini to’lash uchun qarzga kirmaydilar. Ular uzoq muddatli “qullikka kirish” dan saqlanadilar, chunki bu narsa ularni hayot quvonchlaridan mahrum qiladi.

3. Ular uzoq vaqt xizmat qiladigan buyumlarni sotib oladilar

3. Ular uzoq vaqt xizmat qiladigan buyumlarni sotib oladilar

Arzon mahsulotlarni sotib olib, ko'pincha shu yo'l bilan tejazab qolayapmiz, deb  o'zimizni aldaymiz. Keling, bir misolni ko'rib chiqaylik: siz falon so’mga poyabzal sotib olishga ehtiyojingiz bor, ammo huddi shunga o’xshash, nisbatan arzonroq va sifat darajasi pastroq bo’lgan boshqa poyzfzalni ko'rasiz. Siz arzon poyafzal sotib olib, pulingizni tejashingizga ishonasiz. Biroq, u juda tez orada eskiradi va siz yana yangisini xarid qilishingizga to'g'ri keladi. Bunda siz yutgan emas, yutqizgan bo’lib chiqasiz. Boy odamlar bunday soxta tejash aldoviga uchmaydilar.

4. Ular kutishni biladilar

4. Ular kutishni biladilar

Psixologlar qiziqarli sinov o'tkazdilar, shulardan birini hozirda boylarning fikrini yaxshiroq tushunishingiz uchun misol keltiramiz.

Bir guruh odamlarga ikkita variant taklif qilindi: 1) ularga hozirning o’zida 5 dollar yoki 2) ma’lum bir muddatdan keyin 10 dollar beriladi. Ajablanarlisi shundaki, ko'pchilik birinchi variantni afzal ko'rdi. Faqat bir necha kishi 10 dollarni kutishga rozi bo'ldi. Shunday qilib, boy odamlar eng yaxshi takliflarni kutishga, pulni biror ishga sarmoya sifatida kiritib, vaqt o'tishi bilan natijalarga erishishga tayyorlar. Bu narsa ularni bir lahzali foydadan ko’ra ko'proq jalb qiladi.

5. Ular nafaqaga chiqmaydilar

5. Ular nafaqaga chiqmaydilar

Albatta, boy odamlar ham dam olishadi. Ular hatto nafaqa yoshiga yetmasdan ham ishlamay qo’yishlai mumkin, moliyaviy ahvollari shunga imkon beradi. Ammo bunday odamlar nafaqa yoshiga yetganlarida ham ishlashdan to'xtatmaydilar. Qolaversa, ishtiyoqmand odamning bexosdan ishsiz qolishi qiyin.

6. Ular tejamkorlar

6. Ular tejamkorlar

Har kuni marketologlar bizni sotib olishga "majbur qilishadi". Ko'pincha biz o'zimiz xohlamagan holda rejalashtirmagan narsamizni xarid qilamiz va buni har doimgi reklama harakati natijasida sodir bo’lganini tushunib ham yetmaymiz. Boy odamlar marketologlarning hiyla-nayranglariga aldanmaydilar. Ular haqiqatan ham zarur bo'lgan narsalarni sotib oladilar va ortib qolgan manbalarni yanada qimmatliroq narsalarga tikadilar.

7.Ular chegirmalardan foydalanishni biladilar

7.Ular chegirmalardan foydalanishni biladilar

Boy odamlar aktsiyalar, chegirmalar va maxsus qulay takliflarni kuzatib borishdan  charchamaydilar. Axir, tejash imkoniyati bo’lsa, nega undan foydalanmaslik kerak.

8.Ular byudjetni rejalashtiradilar

8.Ular byudjetni rejalashtiradilar

Barcha boy odamlar o’z moliyalarini rejalashtiradilar. Ular chiqimni, daraomadni, sarmoyadagi foizlarni, bonuslar, sovg’alar – hamma-hammasini hisobga oladilar. Hullas, har bir tiyin hisobli. Bunda to’g’rilik muhim o’rin tutadi, odam o’zligini yo’qotib qo’ymasligi hamda foyda-zarar, chiqim va harajatlarni doim nazorat qilib turishi kerak. Byudjetni kuzata turib, qaysi yo’nalish yoki kategoriyada sarf-harajat ko’p bo’layotganligini, yoki qaysi joyga pul tikmaslik kerakligini tushunib yetadilar.

9.Ular o’zlarini ko’z-ko’z qilmaydilar

9.Ular o’zlarini ko’z-ko’z qilmaydilar

Boy insonlar hammaga boyliklarini ko’z-ko’z qilishga zor emaslar. Ular o’zlarining haqiqiy baholarini biladilar, shuninh uchun oddiy odamlardek ko’rinadilar. 

Va eng asosiysi boy odamlar yorqin va to’la-to’kis hayot kechirishlari uchun harakat qiladilar. Ular hech kimga hech narsani isbotlab o’tirmaydilar, shunchaki hayotdan zavq olib yashaydilar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook