просмотров
“Mening yoshim 50 daligini bilgan odamlar, ko’pincha shok holatiga tushib qolishadi. Har doim supermarketda aylanib yurganimda, kimgadir haqiqiy yoshimni aytsam, meni darrov notanish kishilar o’rab olib, buning siri nimada ekanligini so’ray boshlashadi”, - deydi Liu.
Bu Xitoylik ayol deyarli makiyaj qilmaydi va shunchalik yosh ko’rinadiki, begona odamlaruni 22 yoshli o’g’lining yoqtirgan qizi deb o’ylashadi (bundan ko’pinchanoqulay vaziyat yuzaga keladi).
Uningyoshlik siri nimada?
Siz bilmaydigan sirli narsa emas, shunchaki – dieta va aktiv hayot tarzi.
Lekin uning aktivligi biz o’rganib qolganimizdan ko’ra farq qiladi.
Liu Yelinning sevimli sport turi bu qishda ochiq havoda suzishdir yoki oddiyroq qilib aytganda morjlik. U Xitoyning Yanszi daryosini va Janubiy Koreyaning Xan daryosini suzib o’tgan.
O’tgan yili u atigi 4 soat ichida, orasi 12 km masofaga teng bo’lgan, Malayziyaning Penanga qirg’oqlaridan to Malakk bo’g’ozigacha suzib o’tgan.
“Menimcha bu, hayotim davomida qilgan eng og’ir ish bo’lsa kerak. Men daryo va ko’llarda suzishga o’rganganman, lekin hech qachon dengizda suzmagan edim. Men uchun bu har bir odam kabi juda katta sinov bo’ldi, biroq u oxirida menga omad keltirdi”.
LiuYelinning rejalarida dunyo bo’ylab sayohat bor. Uning hayotdagi shaxsiy shiori:“Agar sizga ko’rinishingiz yomondek tuyulsa, demak siz yetarlicha terlamagansiz”deydi u.
Nima ham derdik, shunchaki ishonib qo’yamiz. Axir uning suratlariga qarab bu shior ishlayotganiga amin bo’lyapmiz.
Сообщения из Facebook