Charchoqdan holi bo’lishning 7 usuli
Charchoq hissini sezmasdan kun bo’yi muvaffaqiyatli ishlash mumkin. E’tiborni bir joyga jamlay olmaslik, holsizlik charchoq belgilaridir. Ularning ish kunidan so’ng paydo bo’lishi odatiy holat. Ammo erta tongda ham uning asoratlari yuzda aks etib tursachi?

Bir kunda 8 soatdan kam uhlamaslik haqida ko’p eshitgan bo’lsangiz kerak. Uni doimiy tavsiya deb hisoblamang. Siz turli usullarni qo’llashingizdan qat’i nazar, agar to’yib uhlamasangiz ular foyda bermaydi. Miriqib uhlash insonni nafaqat tetiklantiradi, balki kunduzi diqqatni jamlashga yordam beradi.

Bir kun to’yib uhlamaslik ishga layoqatlilikni 10 foizga tushirib yuboradi.

Bir kun to’yib uhlamaslik ishga layoqatlilikni 10 foizga tushirib yuboradi.

Bo’tqa – har bir inson uchun mukammal nonushta: yormadagi sekin hazm bo’luvchi uglevodlar uzoq vaqt quvvat berib turadi. Uning yoniga meva yoki yangi siqilgan sharbat (vitaminlar va kletchatkalar), yogurt yoki pishloq (oqsil) qo’shish mumkin. O’zingizni uch marta ovqatlantirish vaqti bilan cheklab qo’ymang. Taom vaqtlari orasida yengil tamaddi qilib oling, ammo bu paytda shirinliklar emas, mevalar iste’moli foydalidir.

Namlikning yetishmasligi organizmda stressni yuzaga keltiradi. Ushbu havfni vujudga keltirmaslik uchun tarkibida kofein mavjud bo’lmagan ichimliklar: suv, sharbat, ko’k choy iste’mol qiling.

Miya to’qimalari suyuqlik yo’qotishga juda ta’sirchan. Hattoki biroz chanqash ham aqliy faoliyat pasayishi, xotira yo’qolishi va charchoqqa olib kelishi mumkin.

Ish jarayonining har bir soatida tanaffus qiling. Shu usul bilan charchoq yig’ilib qolmaydi. Yaxshisi, ushbu tannavuslarni jismoniy faoliyatga sarflang. Bu o’rinda shunchaki aylanib yurish ham foydali.

Bilasizmi, Den Braun “Da Vinchi kodi” asarini yozayotganida har 50 daqiqada tanaffus qilgan. Shuning uchun kitobdagi bo’limlar shunday qisqa yozilgan. Usul foyda berib, asar bestsellerga aylandi!

Ishingiz tanaffuslarsiz insonlar bilan muloqot qilishni talab qiladimi? Hamkasblar va mijozlardan ham dam olib turish zarur. Yolg’iz qolish uchun biroz imkon toping. Bir necha mashqlar bajaring yoki qulay holatda o’tirib, ko’zlaringizni yuming…

Derazaning tashqi tarafidagi yashil manzara yoki bog’ charchoqni oladi, bosimni me’yorlashtirib, yangi g’oyalar sari ruhlantiradi. Agar ishxonangiz derazasidan qo’shni binoning eskirgan devorlari ko’rinib tursa, o’simlik o’stiring.

Sevimli o’simlik parvarishiga sarf etilgan 5 daqiqada miyangizda haqiqiy “qayta yoqilish” sodir bo’ladi.

Sevimli o’simlik parvarishiga sarf etilgan 5 daqiqada miyangizda haqiqiy “qayta yoqilish” sodir bo’ladi.

Ishxonani tark etib, ish muammolaridan o’zingizni halos eting. Lazzatlanib yashang: yaqinlaringiz bilan muloqot qiling, bolalaringizning hikoyalariga e’tiborliroq bo’lib, noodatiy taom tayyorlang. Aytganday, taom tayyorlash ham insonga orom beruvchi mashg’ulot sanaladi. 

Hayot tarzingizni o’zgartirib tursangiz, charchoq hissi yig’ilib qolmaydi. Tinchlangan holatda qiyin muammolar qarshisida turish osonroq bo’ladi. Hayot go’zal, undan zavqlanib yashash o’z qo’lingizda!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations