просмотров
Ta’sirchan va og’ir bosiq
Bular introvert harakterdagilardir. Ular ko’pincha o’z ichki dunyolariga quloq soladilar. Muammolarini boshqalar bilan bo’lishmay hal qiladilar, xotirjamlik va vazminlikni juda qadrlaydilar. Bir qarashda juda ajoyib hususiyat dersiz. Biroq hulosa qilishga shoshilmang.
Agar siz uy-ish degan chizma yordamida harakatlansangiz, do’stlaringiz bilan uchrashishdan qochsangiz, yaqinlarning to’y-hashamlariga hadeb ham boravermasangiz, siz-INTROVERTsiz! Siz uchun yolg’iz qolish, faqat o’zingizga yaqin bilgan insonlar davrasida bo’lishning o’zi kifoya.
O’zingizning bu fe’l atvoringiz sababini uzoqdan axtarmang. Bolalik chog’ingizda ota-onangiz "ortiqcha savol bermay, jim o’tir” deya qiziqishingizni so’ndirgan bo’lishsa, bu ham beta’sir qolmagan. Sizdagi tug’ma vazminlik keyinchalik kirisha olmaslik kompleksiga aylanib qolgan.
Sizdagi o’ta vazminlik atrofingizdagilarga manmanlik yoki o’ziga bino qo’yganlik bo’lib ko’rinishi mumkin. Besabab jamoaviy yig’inlarda ishtirok etishdan bosh tortish ham huddi shu “men sizlardan ustunman” deganday tuyulishi mumkin.
Ijobiy tomoni:
Xarakteringizda bosiqlik bo’lgani bois biror qaror qabul qilishdan avval yeti olchab bir kesishni avzal bilasiz. Barakalla! Aynan shu fe’l-atvor sabab sizning fikringiz aniqroq va uzoqni ko’zlagan bo’ladi. Bu hususiyat sizning yutug’ingiz deb bemlol ayta olamiz.
Ekstrovertlar qayerda paydo bo’lishsa darxol borliklari seziladi. Atrofdagilarni o’ziga qaratishga usta. Doim ko’tarinki kayfiyatda yurgani bois boshqalar ham ular bilan suhbatga oshiqishadi.
Tashkilotchilikni yoqtirasiz, hech qaysi bayram sizning ishtirokinizsiz o’tmaydi. Kirishimli bo’lganingiz bois tanimagan davrani ham tezda o’zingizniki qilib olasiz, demak siz – EKSTROVERTsiz. Sizni ko’pchilik yoqtiradi. Biroq ko’pincha bu kayfiyat ortiga muammolaringizni ham yashirib ketasiz.
Har doim ham diqqat markazida bo’lish foyda keltiravermaydi. Ekstrovertlar o’zlaridagi bu faollik orqasida ba’zi kamchiliklarini yashirishni bilishadi. Shu sabab ham boshqalar nazdida ular hech qanday muammosi yo’qdek tuyuladi. Aslida esa ularning ichki olamlari shu qadar ta’sirchanki, ko’z yoshlarini ko’rsangiz, ishonmasligingiz mumkin.
Ba’zi hollarda sizdagi o’ta faollik suhbatdoshingizni ikkinchi darajaga chiqarib qo’yadi. Ya’ni hamma ishda yetakchilik qilish istagi tufayli boshqalarning fikriga imkon qoldirmasligingiz mumkin. Sizni tushungan inson bo’lsa, toqat bilan suhbatlashishi mumkin. Ammo har kim ham bunday qila olmaydi. Ayniqsa jamoada bunday qiliqlaringiz sabab sizni “bilag’on”ga chiqarib qo’yishlari mumkin.
Ekstrovert va introvert harakter ko’rinishlarini asl holicha uchratish mushkul. Sababi, ham unisi ham bunisi bo’ladi. Yagona farq kimdadir faollik ko’proq bo’lsa kimdadir bosiqlik birinchi bo’ladi. Biroq o’zingizdagi yaxshi fazilatlarni yuzaga chiqarishni istab, kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilsangiz hayotda ko’p narsalarga erishishingiz tayin.
Сообщения из Facebook