Tibbiyotga murojaat qilar ekanmiz, yer yuzidagi har 10 chi erkak daltonik ekanligini bilib olish mumkin. Ushbu maqolada daltonizm kasalligi haqida qisman ma’lumot beriladi.
Ko’z va ko’rish qobiliyati orqali inson miyasiga atrof olam haqidagi muhim ma’lumotlar yetib boradi. Daltonizm kasalligi esda bunday holda k’op tushunmovchiliklarga olib keladi, ya’nmi daltonizmda inson olamni boshqa rang yoki rangsiz holatda ko’radi.
Ushbu rasmda turli ranglarda tasviri tushirilgan 83, 37, 44, va 56 kabi sonlarni ko’rish mumkin.
Rang ajrata olmaslik – daltonizm deb ataladi. Ko’rishning bunday o’zgacha xususiyati Jon Dalton nomi bilan atalgan. U o’zining kasalligi haqida 26 yoshidagina bildi. O’shanda u birinchi marta kiyib yurgan pidjagi kulrang emas, to’q qizil rangda ekanligini bildi.
Daltoniklar ikki xil bo’ladilar: dixromantlar – ya’ni birgina rangni farqlay olmaydilar, masalan qizil rangni ajrata olmaslik – protanopiya, yashil rangni ajrata olmaslik – deyteranopiya, siyohrangni ajrata olmaslik – tritanopiya deyiladi. Ikkinchi xil daltoniklar esa monoxromatiklardir. Ular atrof olamni faqatgina oq-qora rangda ko’radilar.
Ko’pchilik itlarni rang ajrata olmaydi, ya’ni monoxromatik deb hisoblaydilar, biroq bu unday emas.
Daltoniklarning eng ko’p soni Chexiya va Slovakiyada qayd etilgan bo’lsa, Fidji orollari aholisi hamda Braziliyalik hindular orasida esa daltoniklar deyarli yo’q hisobi.
Daltonizm ilk bor 1857 yilda jamoatchilikning diqqatini o’ziga tortdi. O’shanda Shvetsiyada Lagerlund shahri yaqinida katta qurbonlar bilan poyezd halokati sodir bo’lgan. Aniqlanishicha, machinist qizil rangni ajrata olmas ekan, transport rivojlanishi esa o’sha davrda rangli signalizatsiyani qo’llashni talab qilar edi.
Irsiy daltonizm 8% erkaklarda va 0,5% ayollarda uchraydi. Ya’ni 100 0 ta odamdan (ayol/erkak-50/50) 43 tasi daltonik bo’lishi mumkin, bunda 40 tasi erkak va 3 tasi ayol kishi bo’lishi mumkin.
Barcha daltoniklar ichida 1% gina monoxromatikdir, ya’ni atrof olamni oq-qora rangda ko’ra oladi.
Daltonizm kasalligi asosan ona tomonidan o’tadi.
Rang ajratish xususiyatini bosh miya shikastlanishi, og’ir gripp, insult va infarct kasalliklaridan keyin ham yo’qotish mumkin.
Repin keksalik davrida o’zining “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan” suratining ba’zi joylarini o’zgartirmoqchi bo’ladi. Biroq rang ajratish qobiliyatining buzilishi tufayli musavvir o’z kartinasining ranglar uyg’unligini buzib qo’yadi. Buni sezgan yaqinlari ishini to’xtatishga majbur qiladilar.
Daltoniklar mashhur rassomlar orasida ham uchraydi: Vrubel, Repin va boshqalar.
Moviy rangni hattoki daltoniklar xatosiz ajrata oladilar, shuning uchun ham ko’pgina dasturlar interfeysi aynan ana shu rangda bajariladi. Shuningdek “To’g’ri ranglar” tablitsasi ham mavjud.
Сообщения из Facebook