просмотров
Oppog’oy
-Oppog’oy ilk Disney malikasi bo’lgan. Shu bilan birga “Oppog’oy va yetti gnom” filmi birinchi to’liqmetrajli film bo’lib, ushbu janrda birinchi qadam qo’ygan;
-U hayvonlar bilan muloqot qilgan birinchi malika bo’lgan;
-Malikaning terisi tabiiy ko’rinishi uchun upa hamda makiyajning boshqa vositalarini to’g’ridan-to’g’ri multfilm chizilgan plyonkaga tushirganlar;
-Oppog’oy – barcha Disney multfilmlaridagi malikalarning eng yoshi hisoblanadi. U atigi 14 yosh!
Zolushka
-Uning tug’ilgan kuni – 30 iyun, burji – qisqichbaqa;
-Zolushka – turmush qurib, so’ng malika bo’lgan Disneyning to’rtta bosh qahramomlaridan biridir (Bell, Mulan va Tiana singari);
-Disney multfilmlari ichida u ikkinchi malika hisoblanadi, biroq shunga qaramay u juda mashhur va surati hamisha diqqatimiz markazida;
-“Zolushka” (“Cinderella”) ismi fransuzcha “Cendrillon” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “irkit” degan ma’noni anglatadi.
Avrora
-Avroraning laqabi – Yovvoyi Atirgul – Aka-uka Grimmning tillasoch sohibjamol haqidagi ertagidan olingan;
-Butun film davomida malika kuylagining rangi doimo pushti, moviy rang bo’lib, o’zgarib turaveradi. Bunga animatorlarning to’xtovsiz bahslari va qaysi rang malikaga ko’proq mos kelishi haqida bir to’xtamga kela olmaganliklari sababdir;
-Lotin tilida uning ismi “quyosh nuri” yoki “tong” ma’nosini anglatadi;
-Avrora – Disney multfilmlaridagi yagona mallasoch malikadir. Rapuntsel va Elzachi demoqchimisiz? Ular hisobga kirmaydilar – ularning sochi sehr va jodu tufayli shunday tusga kirgan va umuman olganda Elza – qirolicha, malika emas;
-Avroraning ko’zlari binafsha rang. Keyinchalik animatorlar shunday tusli ko’zlarni “Gerkules” dagi Megga ham ravo ko’rishgan, ammo u malika emas-da.
Ariel
- U inson tomonidan tug’ilmagan yagona malikadir;
-Yosh jihatidan u ikkinchi o’rinda turadi, axir uning yoshi – 16 da;
-Farzandli bo’lgan yagona malikadir (Arielning qizini “Suv parisi 2: Dengizga qaytish” lentasida ko’rish mumkin);
-Ariel oilada yolg’iz farzand bo’lmagan birinchi malikadir.
Bell
-Hamma mutfilmlarda shahzodalar malikalarni qutqarsa, Bell aksincha o’z shahzodasini yovuz sehru-jodudan xalos etadi;
-Jasur, qo’rqmas va mustaqil malikalar davri aynan Belldan boshlandi;
-Fransuz tilida uning ismi “sohibjamol’ degan ma’noni anglatadi;
-Bell – jigarrang ko’zli yagona malikadir (Pokaxontas va Mulanning ko’zlari qora, Jasminda – to’q jigarrang.)
Jasmin
-Kambag’al yigitga turmushga chiqqan yagona malika;
-Jasmin – filmdagi yovuz qahramonga bo’sa ato etgan yagona malika;
-Kuylak kiymagan birinchi malika (ikkinchisi Mulan bo’lgan);
-Ikkinchi darajali qahramon hisoblangan yagona malika.
Pokaxontas
-Etnik kiyim kiygan yagona malika;
-Tatuirovkasi (badanga naqsh bilan chizish) bo’lgan yagona malika;
-Ertak emas, hayotiy voqealarga asoslangan birinchi obraz (ikkinchisi Mulan bo’lgan);
-Rivoyatlarda aytilishicha, Pokaxontasning asl ismi Matoaka bo’lib, Pokaxontas uning familiyasidir.
Mulan
-Haqiqiy bo’lmagan yagona malikadir;
-Filmda Mulan sochlarini bekorga kesmaydi: Xitoyda bu belgi sharmandalik va oiladan haydalishni bildiradi;
-Erkak k’orinishi tagida berkingan yagona malikadir;
-Filmda yovuz qahramonni yenggan birinchi malika;
-Xitoy tilida uning ismi “gullayotgan magnoliya” ma’nosini anglatadi.
Rapuntsel
-Disney malikalari ichida joduga ega bo’lgan yagona malika;
-Yashil ko’zli yagona malika;
-Rapuntsel sochining uzunligi – 70 fut (21 metr) ga teng;
-Qallig’ini sevib qolishdan avval bir necha marta urgan yagona malika.
Merida
-Butun film jarayonida Merida 22 ta kiyim o’zgartirishga ulguradi;
-Shuningdek 5 marta soch turmagini ham o’zgartiradi;
-Sochlari jingalak bo’lgan yagona malika.
Tiana
-Ishlagan yagona malika (Zolushka hisobga kirmaydi , chunki u ishi uchun maosh olmagan);
-Faqatgina Tiananing tarixi zamonaviy hayotda sodir bo’ladi;
-Tiana chapaqay va kulgichlari bo’lgan yagona malika.
Mana sevimli qahramonlaringiz bo’lgan ertakdagi go’zal malikalar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldingiz. Ular sizga yoqdi, degan umiddamiz.
Сообщения из Facebook