просмотров
Tug’ilgan sanasi: 14 iyun 1946 (71 yoshda)
Vazni: 100 kg
Bo’yi: 191 sm
Burji: Ekizaklar
Faoliyati: AQSH ning 45-prezidenti
Donald korxonasi ishgakirishdi, va olti yildan so’ng Manxetten yashovchilari zerikarli sariq bino o’rniga25-qavatli shisha va po’latdan qilingan monolit va uning atrofida yashash uchun qulay va funksional, yap-yangi hududlarni ko’rib, bahra olishlari mumkin edi.Anchadan keyin, 1996 yilning oktyabrida, mehmonxonaga bo’lgan huquqning yarimini yirik mehmonxonalar tarmog’i Hyatt sotib oldi, va bu bilanTrampning mulkini 142million $ ga oshirdi.
1979 yilda Donald 5-avenyudagi Tiffany&Co. zargarlik do’koni ro’parasidagi yer uchastkasi bilan qiziqib qoldi. Biznesmendan, aynan shu joyni sotib olishga sizni nima majbur qildideb so’raganlarida, u javob berdi: “Tiffani do’konlari atrofida doimo Nyu-Yorkningo’ziga to’q odamlari aylanib yuradi”. 1983 yilning oxirida bu maydonda balandligi bilan barcha shahar binolaridan o’tgan, 58-qavatli Trump Tower barpo etildi.
5. Donald Trump bankrotlik yoqasida
90-yillarning boshida Donaldning mulkini 1 milliard $ ga baholashgan. Mehmonxona tarmoqlari, kazino va “lyuks”aholi turar joyi osmono’par binolaridan tashqari, Tramp imperiyasi qatoridaTrump Shuttle Airline, New Jersey Generals futbol klubi vaDonaldning o’zi sanog’iga yetmagan boshqa katta bo’lmagan korxonalar bor edi. Asta-sekinlik bilan uishonib bo’lmaydigan darajada kattalashib ketgan biznesi ustidagi nazoratni yo’qota boshladi.
Yangi loyihalar qarzga olingan pullar hisobidan moliyalashtirilardi, va bu ancha xavfli edi. Trampkreditorlari bo’lib, yirik banklar va investitsion korxonalar xizmat qilishgan:Citicorp, Merrill Lynch, Chase Manhattan. Biznesmen qarzlari ko’paya boshladi,va bankrotlik xavfini ko’chmas mulk sohasidagi inqiroz kuchaytira boshlagan edi.90-yillarning boshida uning kreditorlar oldidagi qarzi 9.8 milliard $ gayetdi,vaundan 900 millionini Tramp o’z cho’ntagidan to’lashi kerak edi. Bankrotlik yoqasidaturganda, biznesmen Trump Tower ni garov sifatida qo’yishga majbur bo’ldi. Matbuot Donaldning har bir qadamini tanqidlab,bu bilan holatni battar qiyinlashtirardi.
Donaldning tug’ma qat’iyati sababli u qarzlar botqog’idan butunlay chiqa oldi. O’yin biznesidan tushganfoyda qarzlarning katta qismini qopladi; 1997 yilga kelib magnat qarzidan butunlay qutuldi va boshqa loyihalar ustida ish boshlashga kirishdi. 2001 yildaTrampning kompaniyasi Koreys Daewoo korxonasi bilan birgalikda Trump World Tower nomli72-qavatli bino qurilishini tugatdi. 262-metrli osmono’par bino ManhettendagiBMT shtab-kvartirasi qarama-qarshisida joylashgan edi.
6. Donald Trampning Televideniyedagi faoliyati
2002 yilda Tramp“Nomzod” nomli praym-taym realiti-shouni ishga tushirdi. Ishtirokchilar Trampkompaniyasida top-menedjerlik lavozimini egallash uchun kurashishlari kerak edi.Omadi kelmagan ishtirokchilarni biznesmenning sevimli iborasi “Siz bo’shatildingiz!” kutar edi (2004 yilda u hatto “You are fired” nomli savdo belgisini ro’yxatga olish uchun arizani topshirgan edi).
2006 yilda Tramp NBC bilan birgalikda “Miss Koinot” va “Miss Amerika” g’ozallik tanlovlarini tashkilqilish bilan shug’ullanuvchi Miss Universe Organization kompaniyasini sotiboldi.
7. Donald Trampning siyosiy ish faoliyati. Eng nufuzli respublikachi
Trampni AQSHningprezident bo’lishini hali 80-yillardan buyon bashorat qilishgan, ammo o’shavaqtda siyosiy kompasning ko’rsatkichlari uzluksiz chap va o’ng tomonga aylanibo’tirgan. 2009 yilga kelib u oz’ qarashlarida mukammallashib qoldi vaRespublika partiyasiga qo’shildi. Taniqli iqtisodchi va boshqaruvchi Donaldni2011 yildagi prezidentlikka saylovda ishtirok etishiga undashdi, ammo biznesmenxususiy sektorni tark etishga tayyor emasligini aytdi.
Сообщения из Facebook