Donald Trampning 10 ta hashamatli "o'yinchoq"lari
Donald Trampning 10 ta hashamatli "o'yinchoq"lari
Donald Tramp eng g'alvachi nomzod bo'lgan, hozir esa AQShning tanlangan prezidenti. Uning g'alati xulqi, injiqligi va boyligi haqida aytilmagan birorta ham OAV yo'q. Bu tasodif emas: agar odamning puli qanchalik ko'p bo'lsa, u mansab zinapoyalaridan shunchalik tez ko'tariladi va o'zini ko'rasatish uchun ko'p imkoniyatlari bo'ladi.

U shunchalik o'z boyligiga xuruj qo'yganki, hatto uni millioner deb aytishgani uchun sudga da'vo qilgan. Trampning fikricha bu uning milliarderlik nufuziga "tekkan". Sizning e'tiboringizga Amerika prezidentiga aylangan Donald Tramp boyliklarining katta bo'lmagan qismini taqdim etamiz. 

1. Qimmat mashinalardan boshlaymiz

Kolleksiyaga bir qancha Rolls-Roys, 2011-yilning eng qimmat Chevroleti va 1997-yilgi Lamborghinilar kiradi. Bundan tashqari 2003-yilda ishlab chiqarilgan McLaren markasidagi Mercedes-Benz SLR modeli ham e'tiborimizni tortdi. Bu dunyodagi eng kuchli va eng tez supermashinalardan hisoblanadi. Mashina paydo bo'lganida uning narxi 445 million $dan boshlangan.

мерседес Трампа

2. Trampning ikkinchi Rolls-Roysi - Phantom

Phantom - ishlab chiqaruvchilar tomonidan eng hashamatli safar uchun o'ylab topilgan. Bu mashina zamonaviylikning barcha hashamatini o'z ichiga olgan. Shubhasiz, uning narxi birinchi narxidan ham oshdi, bu yarim milliondan ham oshiq, degani.

роллс-ройс Трампа

3. Milliarderning yana bir "o'yinchiq"i - Vertolyot

Hozircha unda 3 ta vertolyot bor.  Matbuotning e'tiborini Sikorsky S-76 tortdi. Nimasi bilan? Albatta serhasham "Trump" yozuvi bilan emas, balki egasining shaxsiy dekor o'ylaridan yaralganligi bilan. Ichki tomoni 24 karat oltin bilan bezatilgan, ha bu hali hammasi bo'lmasa kerak. Shu narsa aniqki, Tramp vertolyotning takomillashishiga 750 ming dollar sarflagan.

вертолет Трампа

4. Trampning ikki samolyoti : Tsessna 750 va Boing 757

Donaldning o'zi Boing samolyoti uning eng "sevimli o'yinchoq"i ekanligini va bu uning nufuzini ko'tarishini tan oldi. Hatto samolyot haqidagi rolik ham mavjud. Samolyotning ichida bir qancha yotoqxona, qabulxona, o'yin-kulgu xonalari, oshxona va oltin rakovinali hammom bor. Donaldning aytishicha bunday samolyotga egalik qilish juda ajoyib.

самолет Трампа

5. Fransuz qiroli Lyudovik XIV ruhida qurilgan, shahar bog'iga qaragan 3 qavatli muhatasham penthaus

Penthaus Tramp oilasi bilan ko'chib kelishga majbur bo'lgan Oq uy bilan solishtirganda "osmon va yer"kabi bir-biridan farq qiladi. Bu uyda ko'plab oltin, billur va olmoslar mavjud. Uyni qo'riqlashning o'ziga har kuni 1 milliondan ortiq pul sarflanadi. 

пентхаус Трампа

6. Dam olish kunlari va ta'tilda Tramp o'ziga tegishli bo'lgan - Mar-A-Lago mehmonxona-klub kurortiga otlanadi

Bu uning eng qimmat ko'chmas mulki emas. Uning maydoni 100 ming kv. fut bo'lib, 200 million dollar turadi. Donald va Melanining nikoh to'yi aynan shu yerda o'tgan. Bundan tashqari u yerdagi hashamatli binolar ijaraga ham beriladi.

Мар-А-Лаго

7. Donald Tramp - 6 shtatda 10 ta golf maydonlariga ega

U faqatgina golf o'yinining ishqibozi bo'lib qolmasdan, katta yer maydonlarini sotib olib ularni zamonaviy golf klublariga ega kurortlarga aylantirishni yoqtiradi.

гольф Трампа

8. Mashhur Uoll-Stritdagi osmono'par bino

Bu binoning faqatgina 300 million $ga baholangan qismigina Donaldga tegishli, qolgani uning farzandlariga. Donald binoni 1995-yilda sotib olgan va hozir egizak-minoralarning ayanchli yo'q qilinishidan keyin Nyu-Yorkdagi eng baland inshoot hisoblanadi. 

небоскреб на Уолл-Стрит

9. Tramp osmono'par binolarga befarq emas.

Uning shaxsiy mol-mulkiga Manhettandagi TrumpTower binosi ham kiradi. Zamonaviy bu inshoot "Betmen-3" kinosida ham suratga olingan. Hozir u yerda Trumpning oilasi yashaydi. Uning narxi 370 million $ deb baholangan.

trump-tower

10. Trampning eng qimmat mulklaridan biri Amerika Avenyudagi ofis binosi

Binoning umumiy qiymati 2 milliard $ turadi, lekin Donaldga biznes-markazning 30 %i tegishli. Bu ham kam emas, albatta!

бизнес-центр Америкас-авеню

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook