просмотров
Xassanala Bolqiah sultonining yubileyi
Reytingimizning birinchi o'rnida Bruney sultoni Xassanala Bolqiah egalladi. 1996-yilda oqshom uchun 40 million $ (2013-yil dollar kursi bo'yicha) sarflangan. Bayram 2 hafta davom etgan. Sultonni tabriklash uchun 3 mingdan ziyod mashhur insonlar tashrif buyurishgan, ular orasida jumladan, shahzoda Charlz ham bo'lgan. Mehmonlar pop qiroli Maykl Jekson ijrosidan, qora ikrali taomlardan hamda tantanali harbiy paraddan ham bahra olishgan.
Mardan Palace mehmonxonasining ochilishi
Reytingda 2-o'rinni - milliarder Telman Ismoilga qarashli bo'lgan Mardan Palace mehmonxonasining ochilish marosimi egalladi. HaberTurk nashri ma'lumotlariga ko'ra, oligarx bayram uchun 35 million$ sarflagan. Mehmonxonaning ochilish marosimiga gollivud yulduzlari Sheron Stoun va Richard Gir, qo'shiqchi Tom Jons, Peris Hilton va aktrisa Monika Beluchchilar tashrif buyurgan.
Jan Bedel Bokassa 1966-1977-yillarda Markaziy Afrika respublikasining prezidenti lavozimida ishlagan va buyuklik vasvasasi bilan aziyat chekkan. 1976-yilda u imperatorga aylangan, o'z hamkasbi bo'lgan Napaleondan qabul ko'lami va hashamatdan o'rnak olib, poytaxtda katta bazmlar uyushtiradi. Bazmda deyarli butun mamlakat ichgan. Dunyodagi eng qimmat oqshomlardan biri bo'lgan bu bazmga 30 million $ sarf qilingan. Oqshomning eng kulminatsion nuqtasi Bokassoga toj kiydirish marosimi bo'lgan. Hammasi an'anaviy tarzda o'tdi: yangi imperator mo'ynali mantiya va tojda o'z qasriga oltin karetada kirib boradi, u yerda uning burgut ko'rinishidagi oltin taxti joylashgan edi. Oltindan yasalgan mag'rur qushning qanotlari 5 metr uzunlikda bo'lgan.
Elizabet Bruksning voyaga yetgan kuni
Milliarder David Bruksning qizi Elizabet Bruksning bat-mitstva (iudaizmdagi diniy voyaga yetish) marosimi 10 million $ ga tushdi. 12 yoshli qizaloqning oqshomi misli ko'rilmagan darajada o'tdi, otasi qizi uchun umuman pulini ayamadi. Bat-mitsva oqshomi eng obro'li restoranlardan biri Rainbow Roomda o'tkazildi. Mehmonlarni Eagles, Fleetwood Mac hamda reper 50 Cent o'z ijrolari bilan xursand qildi.
David Bonderman yubileyi
Yana bir yubileychi - milliarder David Bonderman. 2011-yilda butun Las-Vegas oligarxning bazmida to'plandi. Unga 7 million $ ishlatgan. Mehmonlar eng mashhur mehmonxona-kazino- HardRockda bazm qilishgan. O'sha oqshom sahnaga The Rolling Stones hamda Robin Uilyams chiqishgan.
Viktor Pinchuk yubileyi
2010-yilda milliarder Viktor Pinchuk o'zining 50 yillik yubileyini nishonladi. Oqshon ukrainlik boyga 6,6 million $ ga tushgan (Fransiya matbuotining ma'lumotiga ko'ra). Oligarx oilasi va do'stlari uchun muhtasham Kurshevel kurortida bazm uyushtiradi. Mehmonlarni Kristina Agilera va Cirque du Soleil o'z ijrolari bilan, mashhur bosh oshpaz Alen Dyukass o'z san'at asarlari bilan xursand qilgan.
"Perl Xarbor" filmi unchalik ham yaxshi chiqmagan bo'lsa ham, uning taqdimot marosimi a'lo darajada o'tdi. 18 000 m2 maydonli USS Stennis samolyot tashuvchi kemasi 2000 ta mehmonni qarshi oldi. Kiraverishga 260 metrli qizil gilam to'shalgan va kino paytida tomoshabinlar ustidan Ikkinchi jahon urushidagi kabi jangchi vertoletlar uchib yurgan.
Сообщения из Facebook