Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 ro’yxati
 Dunyoning eng boy kompaniyalarining top 10 ro’yxati
Dunyoning brendlari yuztaligiga kiruvchi kompaniyalarining daromadi 8% ga oshdi. Endilikda jahon brendlarining birgalikdagi umumiy bahosi 3,64 trillion dollarga yetdi.

Oxirgi paytlarda raqamli texnologiya rivojlangan sayin IT kompaniyalari boshqa sohada faoliyat yuritadigan kompaniyalarni yuztalik reytingidan chiqarib yuboryapti. Quyida siz shu reytingning o’ntaligi bilan tanishishingiz mumkin.

1.Google

1.Google

Brend narxi: $245,581 mlrd

Google brendining tarixi Google Inc kompaniyasining ro’yxatga olinishi bilan boshlangan. 1998 yil 7 yanvarda AQSH ning Kaliforniya shtati Menlo-Park shahrida tashkil topdi, unga Stenford universitetining aspirantlari Lerri Peydj va Sergey Brinlar asos soldilar.

Google nomi – googol so’zining ingliz tilida yozilishidir. Bu so’z matimatik ibora bo’lib, bir soni hamda yuzta noldan iborat bo’lgan raqamning belgisidir.

Bu nom kompaniyaning maqsadini ifoda etadi – kerakli ma’lumotlarni qidirib topish uchun cheksiz imkoniyatlar bazasi.

2.Apple

2.Apple

Brend narxi: $234,671 mlrd

Bugungi kunda Apple – IT- sanoatining jahondagi yetakchi kompaniyalaridan biri bo’lib, kompyuter, notebooklar, mediaplyeyerlar hamda turli xil dastur ta’minotining ishlab chiqaruvchisidir.

Apple ko’p sohada faoliyat yurituvchi industriyaning ilk kompaniyalaridan biridir: ilk personal kompyuterlar, PK dagi ko’p rangli ilk displeylar, grafikali interfeysli ilk operatsion tizimlar, sichqoncha (mishka) orqali boshqariladiganilk kompyuterlar, ilk personal audiopleyer, birinchi musiqali-internet do’kon va hokazo.

O’tgan yilidagidek, bu yili ham kompaniya Google brendidan keyin ikkinchi o’rinda turibdi.

3.Microsoft

3.Microsoft

Brend narxi: $143,222 mlrd

Stol kompyuterlari, mobil moslamalar, klasterlar, serverlar va o’yin konsollari uchun dastur ishlab chiqaruvchi kompaniya.

Dastur tayyorlashdan tashqari kompaniya o’yinlar, kompyuterni boshqaruvchi turli moslamalar va audiopleyerlar ishlab chiqarish bilan ham shug’ullanadi.

Microsoft tarixi – bu katta muvaffaqiyat hamda doimiy rivojlanish tarixidir.

Korporatsiya xatolarga ham yo’l qo’ygan, biroq ularni albatta to’g’irlagan, natijada yangi sohada sinalib, yangi rekordlarni qo’ygan va izlanishdan to’xtamagan. Ushbu brendning reytingdagi pozitsiyasi o’zgarmadi, u avvalgidek uchinchi o’rinni egallab kelmoqda.

4.Amazon

4.Amazon

Brend narxi: $139,286 mlrd

Ushbu yirik internet-do’konning tarixi 1995 yilning 16 iyulida boshlangan. Unga Jeff Bezos ismli biznesmen asos soldi.

Avvaliga internet-do’kon faqatgina kitob savdosi bilan shug’ullangan. Keyinchalik uning assortimenti kengaytirilgan: oldin audio, keyinchalik esa videomahsulotlar ham qo’shilgan. Bugungi kunda Amazon.com o’z foydalanuvchilariga bir necha toifa mahsulotlarini taqdim etmoqda. Bularga elektronika, kiyim-kechak, sport mahsulotlari va hattoki oziq-ovqat mahsulotlari kiradi.

Bir yil ichida kompaniya reytingda uchta pog’onaga ko’tarilib, 4-chi o’rinni egalladi.

5.Facebook

5.Facebook

Brend narxi: $129,800 mlrd

Facebook – dunyodagi ommabop ijtimoiy tarmoqlardan biridir. Uning foydalanuvchilarining soni bir milliarddan ortiq bo’lib, yanada uzluksiz o’sishda davom etmoqda.

Loyihaga 2004 yil 4 fevralda asos solingan bo’lib, asosan Garvard talabalari uchun mo’ljallangan ijtimoiy tarmoq edi. Keyinchalik chegaralari kengaytirildi va butun dunyoga mashhur tarmoqqa aylandi. Facebookning asoschilari Garvard universitetining talabalari – Mark Tsukerberg, Eduardo Savertin, Dastin Moskovits, Endryu MakKolum hamda Kris Xyusdirlar.

Brend avvalgidek 5-o’rinni saqlab qoldi.

6.AT&T

6.AT&T

Brend narxi: $115,112 mlrd

AT&T (Amerikan Telephone and Telegraph) kompaniyasi bugungi kunda AQSH ning simsiz va telefon aloqasining yirik ta’minotchilaridan biridir.  

Uning abonentlarining umumiy soni 150 mln kishidan ortiq, kompaniyaning nomi esa sifatini ifoda etadi.

Dunyoning eng qimmat brendlari reytingida bir yil ichida ikki qatorga pastga tushdi va bugungi kunda oltinchi o’rinni egallamoqda.

7.Visa

7.Visa

Brend narxi: $110,999 mlrd

Visa Inc – amerika transmilliy kompaniyasi bo’lib, to’lov hamda pul o’tkazish operatsiyalarini amalga oshiradi. Shu nomli assotsiatsiyaning asosi hisoblanadi. 2013 yil 20 sentyabrdan boshlab uning aktsiyalarining bahosi Djou-Djons indeksining hisobida ishtirok etadi.

Bir yil ichida kompaniya bir pog’onaga pastladi va bugungi kunda yettinch o’rinni egallab kelmoqda.

8.Tencent

8.Tencent

Brend narxi: $108,292 mlrd

Tencent – bu Xitoy telekommunikatsiya kompaniyasidir. Unga 1998 yilning noyabr oyida Shenchjen shahrida asos solingan.

Ushbu kompaniya Xitoyda keng tarqalgan QQ nomli xabarlar almashinuvi hamda WeChat nomli matn va ovozli xabarlarni yuborish bilan shug’ullanadi.

9.IBM

9.IBM

Brend bahosi: $102,088 mlrd

Ushbu kompaniya kompyuter erasidan ancha avval barpo bo’lib, zamonaviy kompyuterlarga katta ta’sir ko’rsatdi. IBM ning kompyuter olamiga qo’shgan hissasi juda kattadir. Bugungi kunda kompaniya superkompyuterlar, yuqori sifatli serverlar, protsessorlar hamda dasturlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi.

Bir yil ichida ushbu brend bir pog’onaga ko’tarilib, bugungi kunda reytingda to’qqizinchi o’rinni egallab kelmoqda.

10.McDonalds

10.McDonalds

Brend bahosi: $97,723 mlrd

McDonalds – AQSH dagi yoshlarning eng ommabop ovqatlanish restoranlaridan biridir. Ushbu brend nafaqat Amerikada, balki dunyoning boshqa mamlakatlarida ham mashhurdir.

O’tgan yilga qaraganda ushbu brend reytingda bir pog’onaga pasaydi va bugungi kunda o’ninchi o’rinni egallamoqda.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook