Dunyoning eng haybatli va qudratli maxsus bo’linmalari
Maxsus harbiy harakat kuchlari – bu dunyodagi eng samarali, intizomli va haybatli bo'linmalardir. Ularning jangchilari sinchiklab tanlab olinadi va odatdagi qurolli kuchlar vakolatiga kirmaydigan noan'anaviy vazifalarni bajarish uchun zarur bo'lgan tayyorgarlikni ko’radilar. Biz quyida dunyoning eng dahshatli va kuchli maxsus bo’linmalari haqida ma’lumotlar keltiramiz.

Xitoy " Oq qoplonlari"

Xitoy " Oq qoplonlari"

Ilgari Oq bo'ri qo'mondonligi bo'linmasi sifatida tanilgan, XXRning "Oq qoplonlari" maxsus bo'linmasi uzoq vaqt sir saqlanib kelingan. Besh yil davomida uning jangchilari terrorga qarshi harbiy harakatlarini, ommaviy tartibsizliklar ro’y berganda xatti-harakatlarni yashirin ravishda olib bordilar, portlovchi moslamalarni zararsizlantirishni o'rgandilar.  Mana shu yo’sinda "Oq qoplonlar”  2008 yilning yozida Pekinda bo'lib o'tishi kerak bo’lgan Olimpiyada o'yinlarining xavfsizligini ta'minlashga tayyorgarlik ko'rdilar. rasm

Shuningdek, mashg'ulotlar chog'ida Xitoy maxsus bo’linma jangchilari rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida harbiy harakatlarni o'tkazdilar. 

"Oq qoplonlar" o’zlarining o’q uzish tezliklarining yuqoriligi va aniqligi, kuchlari va chidamliklari hamda jangovar ruhi va qurbon bo’lishga tayyorliklari bilan faxrlanadilar.

Qoplonlardan biri bo’lish uchun Xitoy Xalq qurolli militsiyasida ikki yillik xizmatni o'tab bo'lgandan so'ng (Xitoyning ichki qo'shinlari) harakat qilish mumkin. Qoplonlar jang san'ati mahorati jihatidan boshqa ko'plab maxsus bo’linmalardan ustundir.

Britaniyaning "Maxsus qayiq xizmati"

Britaniyaning "Maxsus qayiq xizmati"

"Kuch va ayyorlik bilan” – bu Buyuk Britaniyaning eng maxfiy va nufuzli maxsus bo’linmalaridan biri bo’lgan (Special Boat Service) Qirollik harbiy dengiz flotiga qarashli “Maxsus qayiq xizmati” ning shioridir.

SBS – bu HDK (harbiy dengiz kuchlari) maxsus bo’linmaning Britaniyadagi ekvivalenti. Ushbu maxsus bo’linmaga jangchilarni tanlash jarayonida, yollanganlarning faqatgina 10% ina qattiq raqobat ostida tanlab olinadi. Tanlov chidamlikni sinashga qaratilgan bo’lib, holdan toydiradigan darajada qiyin va to’rt hafta davom etadi. U 20 soatdan kam vaqt ichida bajarilishi kerak bo’lgan 40 kilometrlik marsh-brosokni bilan yakunlanadi.

Britaniya mahsus bo’linma jangchilariga quroldan mohirona foydalanish, o'rmonda yashash va jang maydonida omon qolish sirlari o'rgatiladi.

Ikkinchi Jahon Urushidan keyin paydo bo'lgan SBS bugungi kunda dunyodagi eng nufuzli maxsus bo’linmalardan biridir. Britaniya maxsus bo’linma jangchilari IShID va Al-Qoida terrorchilik guruhlariga qarshi harbiy harakatlarda ishtirok etganlar hamda Liviya va Syerra-Leonda qutqaruv ishlarini olib borganlar.

Polsha GROM

Polsha GROM

Polsha harbiy-maxsus bo'linmasining nomi qisqartma bo'lib, Operatsion-Manevrga Javob Guruhini anglatadi. Guruh 1990 yilda SSSRdan Isroilga ko’chib o’tayotgan yahudiylarni himoya qilish uchun tashkil etilgan. U “Hizbullohning” faolligi oshgan joylarda ishladi. GROM-ning mavjudligi 1994 yilgacha, to  "demokratiyani tiklash" operatsiyasida ishtirok etish uchun Gaitiga yuborilmaguncha sir bo’lib kelgan .

Ushbu maxsus bo'linma garovga olinganlarni ozod qilish va kontrterror operatsiyalariga ixtisoslashgan. Uning jangchilari yaxshi qurollangan, sho'ng'ish va parashut bilan sakrashni, portlovchi moddalar va turli xil transport vositalarini boshqarish sirlarini yuqori darajada egallaganlar. 

Polsha maxsus kuchlari qanday harakatlarni bajarishlaridan qat'iy nazar, doimo o'z bo'linmalarining nomini oqlashadi.

Pokiston maxsus kuchlari

Pokiston maxsus kuchlari

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Pokistondagi maxsus kuchlarning mashg'ulotlari - bu 58 kilometr marsh yurish (12 soat vaqt ajratilinadi) va to'liq kuch bilan yugurishga (8 kilometr) atigi 35 daqiqa beriladi.

Terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish uchun tuzilgan Maxsus kuchlar guruhi avvalam bor mashaqqatli jismoniy mashqlardan boshlanadi, mashg’ulotlar desantlar maktabida o’tkaziladi, shuningdek, 25 haftalik qo'mondonlik kursi va qo'l jangi mashg'ulotlari bilan shug'ullaniladi. Xabarlarga ko'ra, arizachilarning atigi 5% saralashni o’tishar ekan. 

Guruh terrorizmga qarshi harakatlarda faol ishtirok etmoqda.

AQSH "Delta"

AQSH "Delta"

Delta Force kuchlari AQSH qo’shinining nufuzli bo’linmasidir, buning uchun yollanganlarning asosiy qismi 75-sonli armiya polklari va "Yashil Beret" bo'linmalaridan jalb qilingan (shuningdek, Harbiy-dengiz kuchlari va havo kuchlari harbiy xizmatchilari ham Deltaga jalb qilingan). Bir nechta nomlarni o'zgartirgan bo'linma muhim nishonni qo'lga olish va yo'q qilish, terrorchi guruhlarni yo'q qilish va turli xil maxfiy vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan.

Delta Force missiyalarining aksariyati sirligicha qolmoqda, ammo aytshlaricha, ular Saddam Xuseynni qo'lga olish va Usama ben Ladenni yo'q qilishda qatnashishgan.

Internetda tarqalgan videoda Delta harbiylari mashg'ulotlari namoyish etiladi. Mashg'ulotlar paytida Delta jangchilari garovga olinganlarning rolida bo’lishlari kerak, hamkasblari esa ularning yonida joylashgan nishonlarni o'qqa tutmoqda. Bu maxsus kuchlarning professionalligini isbotlaydi, maxsus kuchlar ichida ishonchni kuchaytiradi va jangarilar tomonidan garovga olinmaslik uchun dars bo’lib qoladi.

Frantsiya Jandarmeriya aralashuvi bo'limi (GIGN)

Frantsiya Jandarmeriya aralashuvi bo'limi (GIGN)

GIGN dunyodagi eng jangovar kontrterror bo'linmalaridan biridir. Uning asosiy vazifasi - terakt sodir bo'lgan joyga iloji boricha tezroq kirish, shundan keyin ular zarar yetkazilmasdan oldin hujumchilarni qo'lga olish yoki o'ldirish.

GIGN jangchilari uchun o'quv dasturi 14 oy davom etadi. Bir guruh yollanganlarni tasvirga olgan hujjatli film ijodkorlari ikki hafta ichida murojaat qilganlar soni 120 tadan 18 tagacha qisqarganiga guvoh bo'lishdi. Maxsus kuchlarga qurol ishlatish, merganlik, parashutda sakrash, shu jumladan balandlikdan sakrash, suvga sho'ng'ish, qo'l jangini oborish, og'ir sharoitlarda omon qolish va portlovchi moslamalarni zararsizlantirish sirlari o'rgatiladi.

Isroil “Sayeret Matkal”

Isroil “Sayeret Matkal”

Sayeret Matkal, shuningdek, "269- bo’linma" nomi bilan tanilgan- Isroil mudofaa kuchlari Bosh shtabining maxsus bo'linmasi sifatida ham tanilgan. Terroristlarni yo'q qilish va garovga olinganlarni ozod qilish uchun keng qamrovli razvedka qobiliyatlari va muvaffaqiyatli operatsiyalar 1967 yilda tashkil etilgan ushbu maxsus bo'linma jangchilari uchun yaxshi obro'-e'tiborni ta'minladi.

Isroil maxsus kuchlari maxfiylikka tayanadi, kichik niqoblangan guruhlarda hujum qiladi va dushman nima bo'lganini tushunishga vaqt topguncha vazifasini bajarib bo’lib, ortga chekinadi. 

Sayeret Matkalning eng mashhur operatsiyalaridan biri 1976 yilda Entebbe shahridagi Air France aviakompaniyasida yo'lovchilarni ozod qilish edi. Operatsiyani rejalashtirish bir hafta davom etdi, rejaning bajarilishi atigi bir soatdan oshdi.

Maxfiy xodimlar terminal binosiga yetib borishdi, shundan keyin ular ichkariga kirib, barcha terroristlarni yo'q qilishdi. Ular garovga olingan 106 kishidan 102tasini qutqarishga muvaffaq bo'lishgan va bitta askarni yo'qotishgan.

Ispaniya maxsus harbiy-dengiz kuchlari

Ispaniya maxsus harbiy-dengiz kuchlari

Maxsus dengiz kuchlari 2009 yilda tashkil etilgan bo'lib, unda flotning turli xil maxsus kuchlari yagona jangovar tarkibga kirgan. Ular orasida harbiy dengizchilar, portlash bo'yicha mutaxassislar va maxsus harbiy kuchlarning asosiga aylangan Maxsus operatsiyalar bo'limining jangchilari bor. Ispaniya dengiz kuchlarining maxsus bo’linmasi terrorchilar va fitnachilarga qarshi kurash, qidiruv-qutqaruv ishlari va kemalarni bostirib tortib olishga ixtisoslashgan.

Ispaniyaliklar garovga olinganlarni qutqarish va qaroqchilar bilan kurashish tajribasiga ega. Shunday qilib, 2002 yilda ular Yamanga raketalar tashiydigan Shimoliy Koreyaning kemasiga hujum qilishdi va 2011 yilda frantsiyalik garovga olinganlarni Somali qaroqchilaridan qutqardilar. 

Va bu faqat ma'lum bo'lgan narsa - ularning ko'p vazifalari sir bo'lib qolmoqda.

Rossiya maxsus kuchlari

Rossiya maxsus kuchlari

Rossiya maxsus kuchlarining ishlari o’ta maxfiy. Rossiya maxsus kuchlarining aksariyatini Amerikadagi "Reynjers" bilan taqqoslash mumkin, ammo Delta Force bilan taqqoslash uchun ko'proq mos keladigan nufuzli maxsus bo’linmalari ham mavjud.

Ruslar razvedka, dushman ta'minot liniyalarini yo'q qilish, buyruq zanjirlarini yo'q qilish va dushman zaif tomonlarini kashf etishda katta tajribaga ega. Rossiya maxsus kuchlarini amerikaliklardan ajratib turadigan omillardan biri – bu qurol tanlash erkinligi.

Amerika “Dengiz mushuklari” (Navy SEALs)

Amerika “Dengiz mushuklari” (Navy SEALs)

Harbiy dengiz flotining dengiz mushukchalari safida xizmat qilishni istaganlar o'n yarim daqiqada 460 metrni suzib o’tishlari kerak, 79 ta o’tirib turish, 11 ta mashq bajarish va 2,5 km yugurishlari kerak. Va bu faqat maxsus kuchlarga kirish uchun.

"Mushuklar" tayyorlash suv ostida portlash bo'yicha mashg'ulotlardan, parashyut maktabidan va 26 haftalik qattiq tayyorgarlik kursidan iborat. Shundan so'ng, yangi qabul etilganlar yana 18 oy turli xil mashg’ulotlarni o’tashadi. 

Mushuklar razvedka ishlarini olib borishlari, to'g'ridan-to'g'ri jangovar to'qnashuvlarda qatnashishlari va kontrterror operatsiyalarini o'tkazishlari mumkin.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations