просмотров
FOREX bozoridapul bilan savdo qilinadi, ya’ni unda pul sotilib, pul sotib olinadi. Masalan, yevroga dollar yoki dollarga yevro harid qilish, frankni funtga sotib olish, iyona uchun frank bilan to’lash mumkin va hokazo. Shu o’rinda bir narsaga e’tibor berish kerakki, talab va taklif, bu esa turli valyutalar uchun narhlar ham degani, dunyoda sodir bo’layotgan turli hodisalarning ta’siri tufayli doimiy ravishda o’zgarib turadi. Talab-taklif yaratilgan mexanizmi insonga ma'lum pul birliklarini arzonroq sotib olib, keyinchalik uni qimmatroqqa sotish imkonidan foydalangan holda kurslarning farqida biroz mablag’ ishla olish imkonini beradi.Bu bozor hajmi bo’yicha boshqa hammasidan o’tib tushadi. Masalan, qimmatli qog’ozlar bozorining kundalik hajmi tahminan 500 milliard AQSH dollariga teng bo’lsa FOREX bozoridagi bir kunlik aylanmalar hajmi eng kamida 3–4 trillion AQSH dollariga baholanadi.
Jiddiy aytganda, FOREXushbu so’zning an’anaviy ma’nosidagi “bozor” ham emas. Masalan,u fond birjasi kabi savdoning aniq joyiga (aslini olganda, bu yerda ham bozorning geografik chegaralari yuvilib ketib, chegaralar ko’proq ramziy ma'noda namoyon bo’ladi) ega emas. Savdo butun dunyodagi yuzlab banklarda bir vaqtning o’zida telefon, kompyuter terminallari, internet orqali amalga oshiriladi. Bu bozordagi olibsotar o’yinchining nuqtai nazaridan qaraganda FOREX bozorining yana bir ustunligi shundaki, FOREX sutkasiga 24 soat ishlaydi va valyuta ayriboshlash butun ishchi hafta davomida to’htamaydi. Amaliy jihatdan, har bir soat mintaqasida (ya’ni, London, Nyu-York, Tokio, Gonkong, Sidney va hokazo)valyutani sotish yoki sotib olish istagidagi dilerlar mavjud. Shuning uchun ham FOREX ishtirokchilari istagan paytda savdo qilishi mumkin: ishdan oldin, ishdan keyin, ishning o’rniga – ertalab, kunduzi, oqshomda va tunda.
Valyuta olibsotarligi –marjinal bitimlar sinfi
Valyuta olib sotarligi – marja yoki mijoz Forexga chiqishi uchun u bilan bank o’rtasidagi bitimga asosan belgilanadigan kredit “yyelkasi”ning o’lchamiga bog’liq bo’lgan marjinal bitimlar sinfiga oid. Ushbu marjali kreditning o’lchami faqat mijozning savdo garoviga bog’liq va odatda 1:100 nisbatiga to’g’ri keladi. Ya’ni,garovga 3000 AQSH dollarini kiritib va 1:100 “yelkasi”ga ega bo’lib mijoz 300000 AQSH dollari ekvivalentiga to’g’ri keladigan bitimlarni amalga oshiraoladi. Aynan mana shunday katta “yelkalar”dan foydalanish valyutalar kodirovkalarining kuchli o’zgaruvchanligi bilan uyg’unlikda shu bozorni yuqori daromadli qiladi.
Valyutalar kotirovkalarining o’zgaruvchanligi
Turli savdo, iqtisodiy va boshqa ko’rsatkichlar, hisob stavkalari, markaziy banklar siyosatlari, kunning vaqti birja o’yinining istaklari va kutishlari, turli sabablarga bog’liq ravishda o’zaro kotirovkalar tinmay harakatda bo’ladi. Dilerning vazifasi baho o’zgarishining yo’nalishini aniqlab narhi ko’tarilayotgan valyutani sotib olish yoki narhi pasayayotgan valyutani sotish, keyin esa teskari bitimni amalga oshirib oradagif arq hisobidan daromadga ega bo’lib qolish.
Marjinal bitimlardan tashqi savdo kontraktlarini kurs ehtimollarini sug’urtalash vositasi sifatida ham foydalanadi. Ehtimollarni sug’urtalash hodisasida, dilerningvazifasi, kredit “yelkasi”dan foydalangan holda mavjud bo’lgan bitimga teskari bitimni amalga oshirib, valyuta kursini noma’qul o’zgarishidan o’zini himoyalash.
FOREX xalqaro valyuta borzorining vujduga kelishi va rivojlanishi
Forex(FOReign EXchangemarket) bozori – 1971 yilda xalqaro savdo valyutalarning belilangan kursidan suzib yuruvchi kursiga o’tgan paytida shakllangan banklararo bozor. Bu ma’lum sanadagi kelishilgan valyuta kursi bo’yicha bir valyutani boshqa valyutaga almashadigan miqdorini almashish bitimlarining majmuasi. Bir valyutani ikkinchi valyutaga nisbatan almashilgan paytdagi kursi juda oson belgilanadi: talab va taklifdan kelib chiqqan holda – ikkala taraf ham rozi bo’lgan almashish.
Сообщения из Facebook