Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Dunyoning noodatiy 7 ofisi
Ko’pgina odamlar ish vaqtining asosiy qismini ofislarda o’tkazadilar. Ba’zan ularning ish joylari kichkinagina diqqinafas xonalardan iborat. Biroq oxirgi yillarda rahbarlar xodimlarida ish unumdorligini oshirish maqsadida hamma sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqdalar. Quyida ijod qilishga undovchi noodatiy ofislarning eng yaxshi misollari keltirilgan.

1.Tabiat qo’ynidagi ofis

1.Tabiat qo’ynidagi ofis

Selgascano kompaniyasining arxitektorlari yoqimli va foydali narsalarni uyg’unlashtirib, o’zlari uchun ofisni o’rmonda joylashtirdilar. Endilikda ularning boshlari uzra devor emas, tabiat mujassam.

2.“Open Space” loyihali ofis

2.“Open Space” loyihali ofis

Bu ofisning katta qismi “Open Space” rusumida bajarilgan. Barcha xodimlarning bir xonada ishlashi Dropbox kompaniyasi ishchilarining jamoaviy ruhini ko’taradi. Osilib turuvchi matoli lentali original interyer faol muloqot chog’idagi baland ovozlarni bosadi.

3.Facebook kompaniyasidagi kampus

3.Facebook kompaniyasidagi kampus

Facebook kompaniyasining xodimlari uchun oddiy ofis emas, 9 xonadan iborat butun kampus qurilgan. Bu yerda ishchilar xohlagan yerlarida ishlashlari mumkin: qulaygina kabinetda, keng mehmonxona yoki toza havo qo’ynida.

4.Google kompaniyasining ofislari

4.Google kompaniyasining ofislari

Google kompaniyasida birorta standart ofisning o’zi yo’q. Eng kreativ va talantli xodimlarni jalb qilish uchun rahbarlar ular uchun ijodiy muhitni yaratishga harakat qiladilar. 

5.Ijodga undovchi ofis

5.Ijodga undovchi ofis

Airbnb kompaniyasi ruhiyatiga mos tushuvchi ofis qurish uchun arxitektorlar 4 oy mobaynida kompaniya xodimlari yonida bo’lib, ularni o’rgandilar. Ular shunday makon yaratdilarki, ishchilarning o’zlari qachon va qayerda ishlash kerakligini tanlaydilar. Turfa ranglar, xilma-xil mebellar, ko’p joy – bularning hammasi xodimlarning kreativ va samarali mehnatini ta’minlaydi.

6.Futurik yer osti ofisi

6.Futurik yer osti ofisi

Shvetsiyaning Bahnhof Office kompaniyasining ofisi Sovuq urush davridagi sobiq bombapanoh o’rniga qurilgan. Binoning tabiiy granit devorlari noodatiy mebel bilan birgalikda futurik ekzotika tasavvurini uyg’otadi.

7.Konteynerlardagi ofislar

7.Konteynerlardagi ofislar

Clive Wilkinson Architects kompaniyasi funktsional loyihani taqdim etdi. Arxitektorlar dengiz konteynerlarida ofis binolarini yaratdilar. Xonalarni yoritish uchun lyuminestsent lampalardan foydalaniladi, konditsionerlar esa ishchilar ko’proq vaqtlarini o’tkazadigan joylarga o’rnatilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook