Dunyoning turli burchaklaridagi tashlandiq minoralar
Dunyoning turli burchaklaridagi tashlandiq minoralar
Dunyoda tashlandiq va yarimvayrona holdagi binolar talaygina. Ulardan avval foydalanganlar, keyinchalik esa yaroqsiz ahvolga kelgan. Ularning ba’zilarida yashash u yoqda tursin, hattoki kirish ham xavfli bo’lib qolgan. Ba’zilari esa umuman chala qurilgan holicha qolib ketgan. Bu binolarga qarar ekansiz, ularning har birining o’z tarixi borligini ko’rasiz va inson hamma narsaga ham qodir bo’lavermasligining guvohi bo’lasiz.

1.Sterick Building

1.Sterick Building

Memfis, AQSH

“Sterick” ning qurilishi 1930 yillarda bitgan edi. “Memfis qirolichasi” nomli bu bino o’sha davrda AQSH janubiy qismidagi eng baland bino hisoblanar edi. Sterick Building asosan ofis binosi sifatida foydalinar edi, u yerda asosan sartoroshxona,dorixona, go’zallik saloni, birja maklerlarining idoralari va bank joylashgan edi. 1960 yillardan boshlab binoning dong’i tusha boshladi. “Sterick” ni yaxshilashga harakat qilindi, butunlay bo’yoqdan chiqarildi, biroq 1980 yilga kelib osmano’par bino butunlay bo’shab qoldi va hali-xanuz tashlandiqligicha qolmoqda.

2.CentroFinanciero Confinanzas

2.CentroFinanciero Confinanzas

Karakas, Venesuela

1990 yilda Karakasda investor Devid Brillemborg boshchiligida “Confinanzas” moliya markazining yangi binosi qurila boshlandi. Bino “David binosi” nomini oldi. Afsuski, 1993 yilda Brillemborg vafot etdi,1994 yilda esa “banklar krizisi” davri keldi va loyiha ustidan nazoratni Venesuela hukumati o'z zimmasiga oldi. Shundan beri qurilish to’xtab qoldi. Binoda yashash uchun sharoitlar umuman yo’q: u yerda oqar suv, elekrt tarmog’i hattoki ba’zi xonalarda oynalar ham yo’q. Shunga qaramasdan 2007 yilda Venesuelada katta miqdorda uysizlar soni ko’payganda, minglab odamlar ushbu 45 qavatli binoga ko’chib o’tdilar. 2014 yilda hukumat osmono’par binoni “tozalash” bo’yicha maxsus operatsiyalarni o’tkazdi va noqonuniy yashovchilarni binodan haydab chiqardi. Biroq shunga qaramay bino haliyam foydalanmasdan yotibdi.

3.Insignia Tower

3.Insignia Tower

Mexiko, Meksika 

Insignia minorasi uchburchak shaklidagi 25 qavatli osmono’par bino bo’lib, 1962 yilda qurib bitkazilgan va balandligi bo’yicha Meksikadagi ikkinchi bino bo’lgan. 1964 yilda bino rasman ochildi va dastlab mahalliy turar joy majmuasining ma’muriyati tomonidan foydalanilgan. So’ngra bino 1985 yidagi zilzila sababli bo’shab qolmaguncha Milliy bank shtabkvartirasi bo’lgan. Shundan beri piramidasimon osmono’par binoda bir necha marotaba ta’mirlash ishlari olib borilganiga qaramasdan bino hamon bo’shligicha qolmoqda.

4.Plaza Tower

4.Plaza Tower

Yangi Orlean, AQSH

Orleanga bir qarashda ko’zga tashlanadigan binolardan biri hisoblanadi. 45 qavatli osmono’par bino 1968 yilda bitirib bo’linib, hozirda ham Yangi Orleanning baland binolari orasida uchinchi o’rinni egallamoqda. Avvaliga bu bino ofislar idorasi sifatida foydalanildi, so’ngra arendatorlar mog’or va asbest borligidan shikoyat qildilar. Shu muammolar sababli bino 2002 yilda butunlay bo’shab qoldi. 2011 yilda bino kimoshdisavdosida noma’lum bahoga sotildi va bugungi kunda binoning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

5.Book Tower

5.Book Tower

Detroyt, AQSH

1916 yilda Michigan shtatining Detroyt shahrida Book Building nomli 13 qavatli ofislar uchun mo’ljallangan bino ochilgan. O’n yil o’tib uning yonginasiga 38 qavatli osmono’par bino qurildi va Book Tower nomini oldi. Bino Buyuk depressiya davridan o’tib yana o’n yil foydalanildi. Biroq 1970 yilda Detroytda qiyin davr boshlanganda, shahardagi ko’pgina va ofis va korxonalar shaharni tark etdi.

Natijada ko’pgina binolar yopildi. 2009 yilda oxirgi yashovchilar ko’chib ketgandan keyin, “Buk minorasi” ham yopildi. Yopilganidan keyin ko’p o’tmay Detroyt hukumati Book Towerni turar joy binosiga aylantirmoqchi bo’lishdi, biroq bu sodir bo’lmadi.

6.”Avraam Linkoln” minorasi

6.”Avraam Linkoln” minorasi

Рио-де-Жанейро, Бразилия

“Avraam Linkoln” minorasi Rio-de-Janeyrodagi 1960 yillarda qurilgan ikki osmono’par binolardan biri edi. Loyiha bo’yicha 76 turarjoy minorasi qurilishi kerak edi, biroq natijada 2 tasigina qurildi. Torre Abraham Lincoln ning qurilishi 1969 yilda boshlandi, biroq 1972 yilda tuzilishidagi nosozlik tufayli to’xtatilgan edi, shundan beri tugallanmay yotibdi. 

7.Fontainebleau Resort

7.Fontainebleau Resort

Las-Vegas, AQSH

Las-Vegasdagi “Kurort Fontenblo” binosi 2007 yilda qirilayotgan edi. Loyiha bo’yicha bu 220 metrlik osmono’par minora bo’lishi, unda otel va kurort joylashishi kerak edi. Tugatilgandan keyin FontainebleauResort Las-Vegasdagi eng baland bino bo’lib, shaharga yaxshigina daromad keltirishi mumkin edi.

Biroq, moliyaviy krizisdan keyin loyihaga pul tikayotgan banklar keyinchalik pul tikishdan bosh tortdilar. Bu narsa 2009 yilda Fontainebleau kompaniyasining kasodga uchrashiga sabab bo’ldi. Shundan beri 68 qavatli binoning loyihasi muzlatilgan holda turibdi.

8.Burj Al Murr

8.Burj Al Murr

 Beyrut, Livan

Beyrutdagi “Burj Al Murr” minorasi 34 qavatdan iborat bo’lib, boy tarixga ega. Minora dastlab ofislar binosi va savdo majmuasiga mo’ljallanga edi. Biroq bino qurilishi 1975 yildagi Livandagi fuqarolar urushi tufayli to’xtatildi. Binoning joylashishi va balandligi uchun qurollangan askarlar tomonidan egallab olinib, Bayrutdagi janglarda foydalanildi. Minoraning tepa qavatlarida snayperlar ishlagan bo’lsa, podvoli asirdagilarni saqlash uchun ishlatilgan.

Urush davrida minora bilan bog’liq ko’p voqealar bo’ldi. Beyrutning ko’p qismi urush tufayli vayron bo’lsa ham, “Burj al Murr” mag’rurona turar edi. Biroq jangovar harakatlar to’xtatilgandan keyin bino foydalanib bo’lmas darajada zararlangani aniqlandi. Bugungi kunda minora shunchaki bo’lib o’tgan janglarni eslatib turibdi, xolos.

9.Sathorn Unique

9.Sathorn Unique

Bangkok, Tailand

Bangkokdagi 49 qavatli Sathorn Unique osmono’par minorasi ham iqtisodiy tanglikning qurboniga aylandi. Binoning qurilishi 1990 yilda boshlangan. Biroq Osiyo moliyaviy tanglik mamlakat iqtisodini putur yetkazdi va mablag’ yetishmovchiligi sababli bino qurilishi to’xtatib qo’yildi va hozirga qadar ham boshlanmadi. Bugungi kunda Sathorn Unique binosi “Ko’lankali minora” nomi bilan mashhur.

10.Ryugyong mehmonxonasi

10.Ryugyong mehmonxonasi

Phenyan, Shimoliy Koreya

Phenyandagi ushbu balannd minoraning qurilishi 1987 yilda boshlandi. 1989 yilda bitirilishi mo’ljallangan edi va balandligi 330 metrni tashkil qilishi kerak edi. “Ryugyong” mehmonxonasi Nyu-york hamda Chikagodan tashqaridagi 100 qavatdan oshiq bo’gan birinchi bino edi. Bu dunyodagi eng katta mehmonxona, biroq hali bitmagan. Bino qurilishining to’xtatilishi birinchi marta 1992 yilda Sovet Ittifoqining parchalanishi va moliyalashtirishning tugatilishi sababli bo’lgan.

Shimoliy Koreyaning iqtisodi krizisga yuz tutdi, va loyiha muzlatildi. Maksimal balandlikda qurilgan bino 16 yil tashqi ishlovsiz turdi. So’ngra 2008 yilda minora qurilishi qaytadan boshlandi. Binoni oyna bilan o’rab chiqishti, biroq ichida hech narsa o’zgarmadi, so’ngra qurilish yana to’xtatildi.

2013 yilda nihoyat bino ochilishi elon qilindi. Biroq interyer bitmaganligi sababli minoraning ochilishi bekor qilindi. Ryugyong mehmonxonasi qurilishdan boshlab 30 yil o’tib ham bitmadi va hanuz foydalanishga topshirilmadi.      

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook