Eng g’aroyib va kulguli ayollar liboslari
Eng g’aroyib va kulguli ayollar liboslari
Insoniyat shunday bunyod etilganki, hamisha biror yangilik, g’aroyib buyum va qiziqarli g’oya yaratishga intilib yashaydi. Ammo moda olamida faqatgina sahnadagi qarsaklar bilan cheklangan ayrim yangiliklar ham bo’lgan. Bir qarashda ularning g’oyasi va ajoyib ekanligiga tan bersangiz arziydi. Ammo ushbu liboslar qanchalik g’aroyib bo’lmasin, zamonaviy qizlar garderobidan o’rin egallay olmadi.

Mo’ynali tufli

Fransiyaning Celine modalar uyi tomonidan taqdim eтilgan g’aroyib tuflilar mo’yna xomashyosidan yaratilgani bilan juda ajoyib va qulay ko’rinadi. 2013 yilning bahor-yoz mavsumi uchun taqdim etilgan poyabzallar poshnali tufli va sandal ko’rinishida ishlab chiqarilgandi. Bunday yangilik yig’ilganlarning hayratiga sazovor bo’ldi.

Sumka-xulaxup

2013 yilning bahor-yoz mavsumi uchun o’tkazilgan Parijdagi modalar namoyishida Shanel modalar uyi haqiqatdan g’aroyib yangilik qildi. Modalar uyi direktori Karl Lagerfeld jurnalistlarga o’z kolleksiyasi haqida so’zlab berar ekan, unga bunday g’oyani plyaj manzaralari taqdim etgani haqida aytdi.
Dizaynerning aytishicha, bunday sumka ichiga nafaqat kiyim-kechakni joylashtirish, balki plyajga borgan paytda sochiq hamda liboslarni aynan uning ustiga yoyib qo’yish mumkin ekan. Tasavvur qilyapsizmi, kiyim ilgagi va sumka bir aksessuar ko’rinishida!
Sumkaning ko’rinishi juda bahaybat bo’lgani bilan, o’zi behad yengil chiqdi, sababi xulaxup plastik xomashyodan ishlab chiqarilgan edi. Shanel aynan ushbu sumkaning mini ko’rinishdagi namunasini ham ishlab chiqardi va ko’pchilikka orginal g’oyasi bilan ma’qul bo’lgan kelgan bo’lsa-da, kundalik garderob tarkibiga kira olmadi.

Zamokli ko’ylak

Butun dunyoga o’zining nooadtiy g’oyalari bilan mashhur bo’lgan kreativ dizayner va rassom Sebastian Eррazuрiz zamoq taqilmalaridan tashkil topgan ko’ylak yaratdi. Ko’ylak 256 ta zamok taqilmasdan iborat bo’lib, uning uzunligini turli o’lchamlarga o’zgartirish mumkin. Agaр libosni biroz kaltashlashtirmoqchi bo’lsangiz, ko’ylakning pastki qismidagi bir nechta zamokni olib tashlash kerak bo’ladi holos. Bu turdagi libosni yubka ko’rinishiga ham keltirish mumkin.

Ayiqchali jaket

Aynan Sebastian Errazuriz ijodiga mansub bo’lgan navbatdagi g’oya kattalar hayotida bolalikka ehtiyoj sezayotgan qizlar uchun yumshoq o’yinchoqlardan tikilgan jaketni o’zida aks ettiradi.

Barmoqli va pedikyurli poyabzal

Taniqli avangardchi Rei Kawakubo va Celine modalar uyiga tegishli bo’lgan mazkur poyabzal trend ishqibozlari tomonidan hayrat ila qabul qilindi. Orginal va kulguli, shunday emasmi?

Qo’lqopli sumka

2012 yilda H&M modalar uyi tomonidan Maison Martin Margiela markasi bilan birga hamkorlikda taqdim etilgan mazkur sumkaning tutqichi o’rnida qo’lqopni ko’rishingiz mumkin. Bunday topilma ko’pchilikni hayratdan yoqa ushlashga majbur qilgani bor gap.

Konfetli klatch

Dizaynerlar tomonidan yaratilgan yana bir ajoyib buyum Maison Martin Margiela va H&Mga tegishli antiqa klatchdir. Ushbu aksessuar konfet o’rami ko’rinishida bo’lib, uni tayyorlash uchun sun’iy charm matosidan foydalanilgan va ustki qismi zamok taqilmasi yordamida yopiladi.

Ikki tomonli liboslar

Ikki tomonli liboslar bir qarashda ikki hil libosdan yaratilgandek ko’rinadi. Bu o’ziga yaraga g’aroyib va kulguli g’oyadir. Bu turdagi liboslarni kiyishga har kim ham jazm qila olmaydi.

Poshnali valenki

Bu borada Merilin Monroning quyidagi so’zlarini yodga olish mumkin: “Men poshnali poyabzallarni kim yaratganini bilmayman, ammo erkaklar uning oldida qarzdordirlar”. Balki valenkilarni poshna bilan ishlab chiqish mumkinligiga buvilarimiz ishona olishmas. Ammo bunday oyoq kiyim qishda juda qulay bo’lishi aniq.

Bozor sumkasidan tikilgan klatch

Bozor sumkasidan tikilgan antiqa klatchni kamyob va antiqa buyumlar sirasiga kiritsa arziydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook