Insonni hayratga g'arq qiluvchi restoranlar
Shunday restaranlar borki ularga nafaqat qorin to'qlash niyati bilan, balki ajoyib, unutilmas taasurotga ega bo'lish maqsadida ham tashrif buyuriladi. Bugun aynan shunday restaranlar haqida ma'lumotlar keltirib o'tmoqchimiz. Ushbu muassasalar kutilmagan joylarda joylashgan bo'lib, ular sayyohlar e'tiborini tortadigan joyga aylandi.

Suv ostida joylashgan restoran

Ithaa Undersea suv osti  restorani - Maldiv orollarida joylashgan bo’lib, muassasa besh metr chuqurlikda joy egallagan. Restoranning tomi mustaxkam shaffof akrildan tayyorlangan, shu sabab ham tashrif buyuruvchilar suv osti dunyosidan bahramand bo'lishlari, baliq va suv osti dunyosi hayvonlarini tomosha qilishlari mumkin.

Havo sharidagi restoran

Niderlandiyada Culi Air havo shari oshxonasida havoda sayr qilib, ovqatlanishingiz mumkin. Bu g'aroyib oshxonada bir nechta xodimlar, bosh oshpaz va ushbu zavqli tamaddini tanlagan 14 ta mehmonlar uchun ajratilgan joylar mavjud. 

G'ordagi restoran

Grotta Palazzese restorani (Italiya) xaqiqiy g'or ichida qurilgan. Restorandan dengizining ajoyib manzarasi ko’rinib turadi. Muassasaning devori va ombori ohaktoshdan bo'lib, barcha mebellar tabiiy materiallardan tayyorlangan va atrof-muhitga mos ravishda o’ta ehtiyotkorlik bilan tanlangan.

Tsavo Lion

Balining Safari bog'ida joylashgan "Tsavo Lion" restoraniga tashrif buyurgan kishilar albatta zavq-shavqqa ega bo’ladilar. Faqatgina ushbu muassasada mehmonlar sher, yo'lbars, jirafa va faunaning nigohlari og’ushida ovqatlanishlari mumkin. Albatta, xavfsizlik nuqtai nazaridan xona shisha bilan o'ralgan, ammo bu tashrif taassurotlariga xalaqt qilmaydi.

Qordagi restoran

Ushbu ajoyib muassasa Finlyandiyaning Kemi shahridagi Snowcastle mehmonxonasida joylashgan. Restoran ichida muz stollari, kiyik mo'ynalari bilan qoplangan o'rindiqlar, shuningdek muzli haykallar mavjud. Shu bilan birga, u o’ziga 100 kishini qabul qilishi mumkin, shuning uchun to'y va ziyofatlar ham ko'pincha bu yerda o'tkaziladi.

Ali Barbour restorani

Ali Barbour g'ori restorani Keniyada joylashgan. Muassasa sayoz gumbaz ichida joylashgan bo'lib, undan kechasi yulduzli osmonning go'zal manzarasi ko’rinib turadi. Romantik uchrashuvlar uchun bu yerdan ajoyib joy topish juda qiyin!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations