Eng mashxur va eng chiroyli qo'g'irchoqlar
Eng mashxur va eng chiroyli qo'g'irchoqlar
Bizning maqolamizda keltirilgan eng chiroyli qo'g'irchoqlar, albatta, sizni hayratda qoldiradi. Ularga qaramasdan o’tib ketishning sira ilojisi yo’q! Eng axamiyatlisi qo’g’irchoqlar nafaqat bolalarni balki kattalarni ham diqqatini o’ziga jalb etadi.
Hozir biz sizlarga har hil ashyodan: daraxt, chinni, mato va turli hil plastmassalardan yaratilgan qo’g’irchoqlarni namoish etamiz. Marxamat ko’rib chiqing.

Qizil yonoqli Matryoshka qo'g'irchoqlar

 XIX asrda ishlab chiqarila boshlangan Matryoshka qo'g'irchoqlari butun dunyoda mashhur.  Ular rus madaniyatining ramzi sanaladi.  Chet elliklar Rossiyaga kelganda, ko'pincha  esdalik sifatida yog'och qo'g'irchoqlarni sotib olishlari bejiz emas.

Ushbu qo'g'irchoqlar odatda qayin yoki lipadan tayyorlanadi. Shundan so'ng, ular yorqin ranglar bilan bo'yalgan. Oxir oqibat, ular katta chiroyli ko'zli va qizil yonoqlari bo'lgan qizlarning qiyofasiga ega bo'ladilar.

Matryoshka qo’girchoqlarning ichida 3 tadan 20 tagacha qo’g’irchoqchalar bo’lishi mumkin. Qiziqarli ma’lumot :shu kunga qadar eng ko’p qo’g’irchoqni o’zida mujassimlashtirgan matryoshka 72 ta qo’g’ichoqqa ega.

Bugungi kunda siyosatchilar, aktyorlar yoki multfilm qahramonlari surati tushirilgan matryoshkalar ham sotib olishingiz mumkin.  

Ichimatsu Yaponiya qo'g'irchog’i

Qadim zamonlardan buyon yaponlar bir birlariga sovg’a tariqasida qo’g’irchoq berishni hush ko’rishgan.

Ulardan eng keng tarqalgani Ichimatsudir. Yaponiyaliklar ushbu sovg’aga o’yinchoq tariqasida emas san’at asari deya qaraydilar. Ichimatsuni oldin qizlarga kimanoni chiroyli  kiyishni o’rganishlari uchun hadya qilishgan. Bugungi kunda esa qo’g’irchoqdan intererni bezatish uchun qo’llaniladi.

Qo’g’irchoqning sochlari uzun , beli nozik, ko’zlari to'q rangli. So’nggi vaqtlarda qo’g’irchoq tanqidlarga ham uchragan. Boisi qizlar unga o’xshash niyatida qattiq o’zishga kirishganlar.  Bu esa anoreksiya va boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Lekin bunga qaramasdan ushbu qo’g’irchoq hanuzgacha eng chiroyli va mashxur qo’g’irchoqlardan biri bo’lib kelmoqda. 

Larisa Isaevadan noyob asar

Mashhur hunarmand Larisa Isaeva noyob  qo'g'irchoqlarini yaratadi.  Shu bilan birga, u har bir mijozning individual buyurtmalari asosida o'yinchoqlar yasaydi.

Material sifatida, Larisa  loy va simdan  foydalanadi. Qiziqarli narsa  shundaki, qo'g'irchoqlarining  barcha bo'g'imlarida sharsimon bog’lanish bor.  Shu orqali qog’irchoqlarni harakatlantirsa bo’ladi.

Larisa qo’g’irchoqlardagi barcha kichik detallarga katta e’tibor qaratgan.  U qo’g’irchoqning yuz qismini diqqat bilan ishlagan. Hatto qo’g’irchoqni kichik zargarlik buyumlari bilan ham bezagan. U qahramonlarini turli xalqlarning falklyorlaridan nusxalar olib bezagan.  Isaevaning qo'g'irchoqlari har qanday xonaning ichki qismini bezatishga qodir haqiqiy asardir.

Ukraina motankasi

Ukrainada eng chiroyli qo’g’irchoqlardan biri qo’lda yasalgan motanka qo’g’irchoq bo’lib, odamlar bir paytlar ushbu motankalar turli baxtsizliklardan saqlashiga ishonishganlar.  Bugungi kunda esa u chiroyli bezak sifatida hizmat qilmoqda. Motankaning boshqa qo’g’irchoqlardan farqi yuz qismiga ega emasligidadir. Lekin bu umuman uning tashqi qiyofasini buzmaydi. Har bir qo’g’irchoq o’ziga yarasha go’zallikka ega. 

Shvetsiya Tildasi

So'nggi paytlarda mato  qo'g'irchoqlar tobora ommalashib bormoqda.  Bunday o'yinchoqlarni uy sharoitida yaratish mumkin.

Tilda shved dizayneri Toni Finnanger tomonidan yaratilgan. Bir marta u turli tuman matolar qoldiqlaridan qog’irchoqning boshini yaratishi kerak bo’lgan. O'sha paytlarda Toni xonim keyinchalik qo’g’irchoqlari bu qadar mashxur bo’lib ketishini bilmagan bo’lsa ham kerak.  

Bugungi kunda siz Tilda yasalish  jarayoni yozilgan kitobni ham sotib olishingiz mumkin. Qo’l mehnati asosida yaratilgan buyumlar sotiladigan do’kondan har hildagi kichik taqinchoqlarni ham sotib olishingiz mumkin. Ular Tildaning ko’rkiga ko’rk qo’shadi. 

Marina Bichkova qo’g’irchoqlari

Marina Bichkovaning qo’g’irchoqlari  ta’riflab bo’lmas go’zalligi bilan ajralib turadi. U chinnidan yasaladi.  Qo’g’irchoq hattoki eng kichik detallarigacha qo’lda bo’yalgan.  Bundan tashqari, qo'g'irchoqda burama bo'g'inlar mavjud bo'lib, bu ularni harakatchan qiladi. Xozirgi kunda Marina Kanadada isteqomad qiladi va o’zi sevgan ishi bilan shug’ullanadi. Takidlab o’tish kerakki qo’g’irchoqlarning sochlari juda uzun va ularda kichik bezaklar ham bor. 

Reborn – chaqaloq qo’g’irchoqlar

Chaqaloq  qo'g'irchoqlar dunyodagi eng chiroyli qo'g'irchoqlardir.  Qizig'i shundaki, 2012 yilgacha ular faqat shaxsiy to'plamlar uchun qilingan. Qo’g’irchoqlar yuqori sifatli tabiiy matodan ishlangan va shuning uchun ham u bir oz qimmat turadi. Qizig'i shundaki, har bir paketda chaqaloq qo'g'irchoqning balandligi,vazni va tug'ilgan sanasini ko'rsatadigan hujjat mavjud.

Bratz qo'g'irchoqlari

Dunyodagi eng chiroyli o'yinchoqlardan birini Bratz qo'g'irchoqlari deb atash mumkin. Ularni  2016 yilga qadar 15  yil mobaynida ishlab chiqarishgan. 2016 –yilda esa ishlab chiqarilishi to’xtagan. Qo’g’irchoqlarning har biri zamonaviy  kiyingan,  uzun sochli edi.  Har birining ko’zlari katta , lablari esa shishgan. Zamonaviy olamda uni bezak sifatida harid qilishgan. Kolleksionerlarda  yuzlab turli tuman qo’g’irchoqlarni ko’rishimiz mumkin. Ularning har biri o’ziga hos hususiyatga ega.

Bunday o'yinchoqlarning narxi ancha yuqori, shuning uchun hamma ham ushbu qo’g’irchoqlarni sotib olishga qodir emas.  Har bir qo’g’irchoqlar mijozning xohish istaklarini inobatga olgan holda buyurtma asosida tayyorlanadi. 

Diana Effnerdan amerika chaqaloq qo’g’irchoqlari

Dunyodagi eng chiroyli qo'g'irchoqlar birining muallifi Diane Effnerdir. Uning qo’g’irchog’i uzunligi 33 sm. U dastlab ushbu qo’g’irchoqlarini mehribonlik uyidagi qizchalarga atab yaratgan. 1990 yilda ayol qo’g’irchoqlar ishlab chiqaruvchi o’z kompaniyasini ochdi. Qo’g’irchoqlarni bezatish esa uning dugonasi Djeri Uribening zimmasiga yuklatildi.

O’shandan buyon ushbu qo’g’irchoqning chiqarilishi to’xtatilmagan. Bugun juda ko’p qizlar ushbu qo’g’irchoqni olishni orzu qiladi. 

Qo'g'irchoq Fikon –Barbie qo’g’irchog’ining raqibi

Barbiega o’xshab ketadigan Fikon qo’g’irchog’i o’zida juda ko’plab zamonaviy kiyimlarni jamlagan. Bolalarga o’z qo’g’irchoqlarining kiyimlarini almashtirish, ularning ko’p bo’lishi bir olam zavq bag’ishlaydi. Bundan tashqari Fikon qo’g’irchog’ining  soch turmagini o’gartirish mumkin.

Aslida shu kabi o’ziga xos hususiyatga ega  go’zal qo’g’irchoqlarning mingdan ortiq turi mavjud. Ushbu maqolada biz eng chiroyli qo’g’irchoqlarning faqatgina kichik qismini yoritdik xalos.  

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook