Ayol makri yoki nikoh shartnomasidagi g’alati bandlar
Sevgi hamma narsaga qodir. Muhabbatiga yetishish ilinjida oshiqlar nimalarga rozi bo’lmaydi, deysiz. Ushbu maqolada g’arb yulduzlari orasidagi ajabtovur nikoh kontraktlari haqida so’z yuritamiz.

Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglas

Ketrin Zeta-Jons va Maykl Duglas

Аktrisa turmush o’rtog’i bir umr unga nisbatan sadoqatini saqlab qolishi uchun hiyla ishlatdi. Ketrin Zeta-Jons Maykl Duglasga turmushga chiqar ekan, nikoh shartnomasida ajrashadigan bo’lsa, erining pullariga da’vogarlik qilmasligini aytdi. Buning o’rniga u boshqa shart qo’ydi: unga ko’ra Maykl xiyonat qiladigan bo’lsa, naqd 5 million dollar tovon puli to’lashi zarur. Mana 18 yildirki, bu juftlik birga yashab kelmoqda, ammo Duglas bu vaqt oralig’ida biror marotaba ham xiyonat ko’chasiga kirmadi.

Rassel Krou va Daniel Spenser

Rassel Krou va Daniel Spenser

Ishni ko’zini biladigan ayol! Rassel Krou va Daniel Spenser 11 yil birga yashadilar. Juftlikning nikoh shartnomasida farzand tug’ilishiga alohida e’tibor berilgan. Unga ko’ra, Daniel har bir tuqqan bolasi uchun eri unga 5 million dollar to’lashi kerak edi. Turmushlari davomida tug’ilgan ikki nafar farzandlari evaziga Krou rafiqasi Spenserga 10 million dollar pulni tortiq qildi. Ajrashganlaridan keyin ham Rassel sobiq xotiniga Sidneydagi 11 million dollarlik hashamatli uyini o’tkazib berdi. Bu birgalikda o’tgan yillari uchun minnatdorchilik ramzi edi.

Mark Tsukerberg bilan Pristsilla Chan

Mark Tsukerberg bilan Pristsilla Chan

Bu juftlik kundalik ish va muammolar ularning munosabatlariga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi uchun haftada bir marotaba birgalikda romantik sayrga chiqishga qaror qildilar va buni nikoh kontraktidagi shartlardan biri sifatida qayd qildilar. 

Dastin Xoffman va Layza Gottsegen

Dastin Xoffman va Layza Gottsegen

Erni er qiladigan – xotin. Advokat Layza Gottsegen Dastinga turmushga chiqar ekan, nikoh kontraktiga bir nechta shartlarni kiritdi. Unga ko’ra, Xoffman filmda rol o’ynayotganda ishqiy sahnalarda suratga tushmasligi lozim, hattoki bo’sa olish sahnasida ham. Bundan tashqari Layza eriga 14 kundan ortiq muddatga uydan ketmaslik talabini qo’ydi (aktyorlik kasbida bu juda qiyin). Agarda ish safariga ketadigan bo’lsa, har dam olish kunlari rafiqasining oldiga kelib ketishi lozim. Bu juftlik 40 yildan beri birga yashab kelmoqda, ularning 4 nafar farzandlari bor va bu davr mobaynida nikoh shartnomasining birorta ham bandi buzilmadi. Havas qilsa arziydigan juftlik!

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations