просмотров
Ona-tabiat inson yaratgan narsalarning ustidan hukmronlikni o’z qo’liga oladi. Shuning uchun bunday joylar butun dunyodan keluvchi sayyoh-ekstremallarning ziyoratgohiga aylanadi.
Xitoydagi Shichen suv osti shahri
Ushbu qadimgi Xitoy shahri 1300 yil ilgari qurilgan bo’lib, uning noyobligi – suv ostida joylashganligidir. Shahar yaqinida GESning qurilishi sababli 1959 yilda shahar sun’iy ravishda suv ostiga cho’ktirildi. Shichen suv ostiga ketishi bilan oq uning o’rnida 10338 ta manzarali orolchasi bo’lgan suv havzasi vujudga keldi. Suv ostiga sho’ng’igan shahar dastlabki ko’rinishini saqlab qoldi.
Kolumbiyadagi Refuge El Salto mehmonxonasi
Bu dabdabali mehmonxona 1924 yilda Kolumbiyaning San-Antonio-del-Takendama shaharida qurildi. Biroq 20 yil avval hukumat muassasani yopish haqida qaror qabul qildi. Sababi – tashrif buyuruvchilarning orasida o’z joniga qasd qilish hollarining ko’payishidir. Mahalliy aholining ta’kidlashicha, otelga ajinalar kirib olgan.
Povegliya oroli, Italiya
Ushbu kichkinagina orolcha Venetsiya ko’rfazida joylashgan bo’lib, u haqda ko’pgina rivoyatlar mavjud. Aytishlaricha, orolda 500 yil burun o’shanda Evropada avjolgan va bo epidemiyasidan o’lganlar uchun qabriston tashkil etishgan. Shu sababli tuproqda odam suyaklarining qoldig’i tez-tez uchrab turadi. Bundan tashqari Povegliya orolida ruhiy xastaliklar shifoxonasi joylashgan bo’lib, u yerda kasallarning ustida turli tajribalar o’tkazilgan. Kasalxona bosh shifokori o’z joniga qasd qilish orqali vafot etgan. Ayni damda orol yopiq hudud hisoblanadi, uning qurilmalari esa sekin-astalik bilan nurab bormoqda.
“Dagdizel” zavodining sakkizinchi tsexi, Maxachkala, Rossiya
Ushbu inshoot 1936 yilda qurolni sinash maqsadida barpo qilingan edi. Qurilish o’zgacha usulda qurildi: avvaliga poydevorni sohilda tayyorlab, so’ngra joyiga yetkazildi. Tsex Kaspiy dengizida sohildan 2,7 km uzoqlikda joylashgan. Binoning balandligi – 14 metr, devor qalinligi –1,5 metrga teng. Qurol sinovchilar uchun u yerda oshxona, mehmonxona, hattoki kutubxona ham qurdilar. Biroq 1966 yilda tsex faoliyati to’xtatildi. Hozirgi kunda inshoot tashlandiq binoga aylangan.
Liyer Sikexus psixiatriya klinikasi, Norvegiya
Ushbu davolash muassasasi Oslodan yarim soatlik uzoqlikdagi Lier shaharchasida joylashgan. Klinikaning nufuzi yaxshi emas. Bir vaqtlar bu yerda kasallar ustida turli xil sinovlar o’tkazilgan. 30 yil avval kasalxonaning to’rtta bo’limining ish faoliyatini to’xtatildi. Binoda hattoki kundalik ashyolar, uskunalar va bemorlarning narsalari qolib ketgan. Ammo klinikaning sakkizta korpusi o’z vazifasini bajarib kelmoqda.
Belits shahridagi tashlandiq harbiy gospital, Germaniya
Bu joy Berlindan 40 km uzoqlikda joylashgan. Gospital majmuasi 60 ta binodan tashkil topgan bo’lib, uning qurilishi 19 asrning oxirlarida boshlangan. Hozirda ularning ba’zilari rekonstruktsiya qilingan. Biroq binolarning yarmidan ko’pi bo’shligicha yotibdi. 1916 yilda bu gospitalda Gitler davolangan. Ikkinchi jahon urushi yillarida esa harbiy majmua sovet askarlari tomonidan bosib olingan. Shunday qilib Belits shahridagi gospital SSSR hududidan tashqaridagi eng katta davolash muassasalaridan biri bo’lib qoldi. Hozirgi kunda kirish yo’li ta’mirlanib, sayyohlar uchun ochildi. Tashlandiq binolar esa taxta va faneralar bilan yopib tashlangan.
Transpolyar magistral, Rossiya
Chun-Salexard-Igarka temir yo’li reja bo’yicha Barentsev hududidan Oxota dengizigacha o’tishi kerak edi. Bu yo’lni maxbuslar 1947-1953 yillarda qurganlar. Yo’l Kamenniy burnigacha borar edi, u yerda urushdan keyin maxfiylashgan harbiy port barpo qilish rejalashtirilgan edi. Yo’l qurilish boshlangandan keyin dengiz kemalari uchun mo’ljallangan ko’rfazning sayozligi aniqlandi. Shuning uchun loyiha to’xtatildi. Transpolyar magistralining tarixini o’rganish hozirda ham davom etmoqda. Tadqiqotchilar o’sha davrdagi hodisalarning xujjatlarini va ishtirokchilarini qidirmoqdalar.
Gankadjima oroli, Yaponiya
Bir paytlar ushbu yapon oroli 50 yil davomida sayyoramizdagi eng zich joylashgan hudud bo’lgan: radiusi 1km ga eng bo’lgan orolda 53 ming kishi istiqomat qilgan. Gankadjimada 1810 yilda ko’mir koni topilgandan keyin odamlar oqib kela boshladilar. Biroq zahiralar tugagandan keyin odamlar orolni tark eta boshladilar. Oxirgi odamlar bu yerdan 1974 yilda ko’chib ketdilar. Hozirda ushbu hudud yopilgan va sayyohlar uchun taqiqlangan.
Koulun qal’a-shahri, Gonkong, Xitoy
Koulun – Gonkongdagi avtonom rayondir. Gonkong rivojlanayotgan bir paytda Koulunda anarxiya hukmronlik qilar edi. Avtonomiya hukumatga emas, mafiyaga bo’ysinar edi. U yerda fohishabozlik, giyohvandlik va qimorbozlik gurkiragan edi. Binolarning ko’rinishi vayronalarni eslatar edi. U yerda elementar sharoitlar ham yo’q edi. Joylar yetishmovchiligidan qurilmalar tepaga qarab ko’tarilib borilar edi, yangi qavatlar qo’shilib boraverdi. Vaqt o’tgan sayin Koulundagi sanitary-gigiyenik normalar juda yomon ahvolga kelib qolganidan hukumat avtonomiya aholisini evakuatsiya qilish bo’yicha maxsus reja ishlab chiqdi. Mahalliy aholi majburiy ravishda ko’chirildi va har bir aholi pullik kompensatsiyaga ega bo’ldi. Ko’chirilish jarayoni 1994 yilda tugadi. Hozirda Koulunning o’rnida manzarali bog’ tashkil etilgan.
Tashlandiq taxta uylar, Rossiya
Ajoyib uslubda qurilgan tashlandiq ushbu uylar Rossiya qishloqlaridan birida joylashgandir. Ba’zan o’rmon bilan o’ralgan. Bunday uylar arxitektor Ivan Poletning ijod asari hisoblanadi. Shunga o’xshash qurilmalar Rossiyaning Kostroma viloyatida uchraydi.
Сообщения из Facebook