Foydali nonushta formulasi
Foydali nonushta formulasi
Nonushta uchun umumiy qoida mavjudmi? Bizni har qanday holatda ham ertalabki nonushtadan voz kechmaslikka undagan Amerikla va Britaniya olimlari bu savolga javobni yaqindagina taqdim etdilar. “Vaqtim yetmaydi”, “Ertalab ishtaxam yo’q”, “Semirib ketishdan qo’rqaman” yoki “yegim kelmayabdi” kabi bahonalar qabul qilinmaydi.

Tungi uyqudan so’ng organizmning quvvat zahirasini to’ldiruvchi nonushtra miya faoliyatini kuchaytiradi, diqqatni jamlashga yordam beradi, almashinuv jarayonlariga ijobiy ta’sir ko’rsatib, kunduzgi ehtiyoj va tamaddilarni qisqartirgan holda ishtahani tartibga soladi. 

Foydali nonushta formulasi juda oddiy, u barchamizga ma’lum mahsulotlarni o’z ichiga oladi:

Boshoqli o’simliklar – A va B guruhidagi vitaminlar, oqsil, magniy, kaliy fosfor va temir moddalarining konidir. Bunday vitaminli kokteyl organizmning ichki balansini me’yorda ushlab turish uchun juda zarur. Boshoqli o’simliklar quvvatni ta’minlab beruvchi – uglevodlarga juda boy. Nonushta taomnomasini tuza turib, bo’tqa va myusli haqida ham unutmang. Sut mahsulotlari tarkibida ko’p miqdorda oqsil va kalsiy mavjud. Yogurt iste’mol qilib, qahva yoki choyga sut qo’shib yuboring.

Ichimliklar organizmni suyuqlik bilan ta’minlaydi. Mineral suv, choy yoki qahva. O’zingizga ma’qul kelganini ichishingiz mumkin.

Yangi mevalar – klechatka va vitaminlarning asosiy manbai bo’lib, ular ham dasturxoningizda bo’lishi shart.

Non ustiga losos bo’laklari va yangi bodring qo’ysangiz buterbrod haqiqiy quvvatga aylanadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook