просмотров
Yer sharining barcha burchaklarida hamma bilib, sevadigan, tarixi boy oyin futbol praktikasidan eng aqlbovar qilmas faktlarining yig’masini sizga havola etamiz.
Mashxur qo’shiqchi Xulio Iglesias yoshligida golkiper bo’lib, Madrid shahrining “Real” klubda o’ynagan. Ammo, uning sportchi karerasi 20 yoshligida, avariyaga uchrab, klinikada 3 yilga yaqin yotib davolanganidan so’ng tugadi. U shol bo’loib qolib, uning faqat yuqori qismdagi a’zolari harakatlana olardi. Bo’lajak yulduz musiqa asboblarida o’ynashni o’rganib oldi va keyinchalik mashxurlikka etishdi.
Braziliyada futbol musobaqalarining biri davomida stadionning yashil gazoni ustiga shiddatli shamol parashyutchilarni uchirib olib kelib qo’ygan. Ulardan biri to’pni tutishga tayyor bo’lib turgan golkiperning ustiga tushgan. Natijada to’p darvoza to’riga kirib ketdi, hakam esa, jabr ko’rgan klubning murojaatlarini rad etib, golni hisobga oldi va osmondan tushushni “samo kuchlarining intersessiyasi” deb tushuntirdi.
Futbolistlarning formasi numerovkasi 80 yildan ortiq mavjud bo’lib, birinchi marta sonlarni “Chelsi” va “Arsenal” ekipirovkalariga 1928 yili kititishga qaror qilingan edi. Matchlar statistikasiga ko’ra o’sha kuni London futbol klublari futbolistlarining orqalarida 1 dan 11 gacha raqamlar ko’rinib turgan. Bu praktika faqat 10 yildan keyingina mutloq o’rnashib oldi va xozirgi kunga kelib nomer bu o’yinchilarning o’z o’rnini belgilash hamda ko’pchilik mashxur futbol yulduzlarining ajralib turish belgisidir. Jamoalarda doimiy raqamlarni o’yinchilarga maxkamlab qo’yilgandan keyin ular bu raqamlar ostida umrining oxirigacha qolganlar. Buning turli sabalari bor bo’lib, ko’pincha u klubning yutuqlari va tarixiga kiritilgan bebaho hissasi uchun berilgan. Shu bilan bir qatorda motamsaro sabablari ham bo’lib, fojeali halok bo’lganlar hurmatini yodga olib ham qoldirilgan. Masalan, “Milan” futbol klubi 6 va 3 raqamlarini jamoa sardorlari, Barezi va Maldini ortidan umrbod maxkamlab qo’yishgan. Bu bilan ular shu raqamlarni ishlatishni hamma uchun ta’qiqlab qo’yishgan.
Boshqa mundirlashlar bilan ham vaziyat shunday. Lekin, boshlayotgan futbolchi yoki unchalik e’tibor bermaydigan professional uchun maxsus ekipirovka do’konlari mavjud. Bu yerda ham forma, ham fotbol shitkilari, ham butsi bor. Ukrainadagi, futbol shitkilari ham sotiladigan, bu yo’nalishdagi mashxur do’konlardan biri bu Dribling sport anjomlari do’konidir. Mundirlashni uydan turib, on-line holda buyurtma qilish imkoni bor.
Hammaga ma’lum bo’lganidek, Angliya futbol fanatlari eng bashorat qilib bo’lmaydiganlar bo’lib, ular o’z klublariga alqbovar qilmas darajada mehr qo’yadilar va ular uchun ko’p narsaga tayyordirlar. Ammo, statistikaga ko’ra, davlatga etkazilgan ziyon o’nlab million funt sterlingni tashkil etmoqda.
1969 yil noyabrida Angliyada futbol tarixi yo’llaridagi eng tartibsiz baxslardan biri bo’lib o’tdi. “Totengxem yoshlar klubi” va “Xau-li” klublari yutuq uchun shunchalar darajada qo’pol kurashdilarki, natijada hakam o’yinda ishtirok etganlarni (bir kishini gospitalizasiya qishga to’g’ri kelgan), hamda hakam yordamchisini jazolashiga to’g’ri kelgan.
Uzoq davom etgan uchrashuvlardan biri uch sutkaga yaqin davom etgan bo’lib, Irlandiyaning ikki klubi 66 soat mobaynida g’olibni aniqlay olishmagan. Bu hodisa 1981 yili 3 avgustda bo’lgan.
Buyuk Britaniyada ma’lumki, tuman tez-tez bo’ladigan hol. Biroq bunaqasi ham bo’lgan, shotland klublari uchrashuvida ko’rish sharoiti shunchalar yomonlashib ketganki, raqiblar mo’ljal ola olmay qolib, to’pni yoqotgan va bir-birini ko’rmaganlar. Bir payt hakamga juda ko’p o’yinchilar yig’ilib qolgandek tuyulgan va u zaxiradagi o’yinchilar o’tirish joyiga borib qaragan. Hakam u yerda xech kimni topa olmagan va darxol o’yinni to’xtatgan. Ma’lum bo’lishicha, maydonga bir vaqtning o’zida, o’ttizdan ortiq o’yinchi tushib ketgan ekan.
O’z vaqtida turnir jadvalining yuqori o’rinlarini egallagan, “Kakova” Braziliya futbol klubi kutilmaganda ichki ishlar vazirligi farmoni bilan tarqatib yuborilgan. Aslida klubning aksar qatnashchilari polisiyachilar bo’lgan bo’lib, o’z jamoalari o’yinlariga stadionga polisiya kiymida juda ko’p fanatlar kelganlar. Shaharda ommaviy tartibsizliklar yuz berar, stadion tribunalarida esa biror ham qonunbuzarlik holati qayd etilmagan edi.
Bidgosh shaharchasida (Polsha), ko’p muxlislar e’tiborini o’ziga tortgan, juda qiziqarli match o’tkazildi. Mahally bitta gazeta muxbirlari bir oila a’zolaridan tashkil topgan (hammaligi Osinskiydegan g’ist teruvchining o’g’illari ekan) jamoaga qarshi turdilar. Aka-ukalar mag’lub bo’lgan bo’lsalarda, biroq muxlislar xurmat bilan unikal klubning murabbiy va menedjerlariga qarsak chaldilar.
Ajablanarli, ammo Amerikaning Yuta shtatida bu o’yinni faqat shunday bir fakt bilan o’ynashar ekan: arena ibodatxonadan 1.5 milya uzoqlikda joylashishi shart. Boshqa mashxur sport o’yinlari uchun bu masofa 0.5 milyani tashkil etishi kerak ekan.
Сообщения из Facebook