Go‘zallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yog‘lar haqida...
Go‘zallik sirlari: Tabiiy niqoblar, sochlar parvarishi va shifobahsh yog‘lar haqida...
Issiq kunlarda go‘zallik sohasi, xususan kosmetologiya bobida ish olib boruvchi mutaxassislar uchun juda qizg‘in payt sanaladi. Sababi, aynan mana shu mavsumda ayollarning aksariyat qismida go‘zallikka oid muammolar kelib chiqadi. Bugun ana shu muammolarning eng keng tarqalganlari haqida so‘z yuritib, ularni hal qilishda foyda beradigan xalqona choralarni keltirib o‘tamiz.

Sochlar gullashi

Bahorva yoz fasli kelgach, kunlar isishi bilan sochlarning uchi gullab, o‘ta zaif bo‘lib qoladi. Ularning qalin va chiroyli bo‘lishi uchun nimalarga ahamiyat qaratish kerak? Ba’zilar buning uchun yog‘lar foydali ekanligi haqida aytadi. Ammo issiq kunlarda yog‘li niqoblar qilish mumkinmi?

Odatda sochlarning gullash muammosi bilan kalta soch sohibalariga nisbatan uzun sochli qizlar ko‘proq aziyat chekadilar. Uzun sochlarda tolalar piyozchasi har doim ham butun soch tolasi uchun himoya qatlamini hosil qiladigan maxsus modda ishlab chiqara olmaydi. “Gullash” muammosining birdan-bir yechimi hech bo‘lmasa oyda bir marta sartarosh huzuriga tashrif buyurgan holda sochlarning “gullagan” qismidan voz kechish hisoblanadi. Bundan tashqari organizmdagi tabiiy namlik balansini ta’minlash orqali ham mazkur muammodan halos bo‘lish imkoni mavjud.  Buning uchun har kuni kamida bir yarim litr toza suv ichish va tarkibida suv ko‘p miqdorda suv bo‘lgan mahsulotlar tanovul qilish lozim.

Efir moylaridan tayyorlangan niqoblarni esa muntazam ravishda qilib borish kerak. Negaki, shifobaxsh yog‘lar sochlardagi “gullash”muammosidan  osonlikcha halos etadi. Ammo buning uchun avval sochlaringizning gullagan qismini kesib tashlab, ana undan so‘ng niqob qilishingiz lozim. 

Yog‘li sochlar muammosi

Ayrim qizlar va ayollarning sochlari yog‘li turga mansub bo‘ladi. Shu sababli ham ularni parvarishlash juda qiyin. Deyarli har ikki kunda boshni yuvishga to‘g‘ri keladi, shunda ham kun yarmiga bormay soch tolalarida yoqimsiz yaltirash paydo bo‘ladi.

Uy sharoitida tayyorlanuvchi tabiiy niqoblar turli kimyoviy vositalardan afzalroq ekanligini ko‘pchilik yaxshi bilsa kerak. Tabiiy niqoblar sochlarga jilokor va go‘zal ko‘rinish beribgina qolmay, ularning sog‘lom bo‘lishini ham ta’minlay oladi.

1dona tuxum sarig‘i ozroq asal, aloe sharbati va 1 choyqoshiq piyoz suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massa bosh terisiga surtilib, ortib qolgan qismi sochlar uzunlgi bo‘ylab taqsimlab chiqiladi. Niqob shu tarzda yarim soat qoldiriladi va hona haroratidagi suv bilan yuvib olinadi. Unutmang, boshni haddan ortiq issiq suv bilan yuvish ham yog‘ bezlarining foal ishlashiga sabab bo‘ladi, bu esa muammoni yanada chuqurlashtirib yuboradi. 

Sochlar ayol tashqi go‘zalligining ajralmas qismi, shu bilan birga salomatlik ko‘zgusi hisoblanadi. Kosmetologlar orasida soch tolalariga “Salomatlik barometri” deya nisbat berilishi bejizga emas. Haqiqatdan ham, insondagi tushkunlik holati, kun tartibidagi buzilishlar, yaxshi ovqatlanmaslik va organizmga yetkazilayotgan tashqi zararlar sochlar orqali o‘z natijasini aks ettiradi. 

Sochlarni qalinlashtiruvchi niqob

Uy sharoitida tayyorlash imkoni bo‘lgan tabiiy niqoblar esa ularning baquvvat va qalin bo‘lishiga yordam beradi. 

Bu borada sochlaringiz uchun tuxum sarig‘idan tayyorlanuvchi niqob tavsiya etiladi. Muolaja uchun sizga 1 dona tuxum sarig‘i, 1 choyqoshiq spirt va 1choyqoshiq qaynagan suv kerak.

Tuxum sarig‘i oqidan ajratib olinadi va venchik yordamida biroz ko‘pirtiriladi. So‘ng spirt va suv qo‘shib, aralashma hajmdor ko‘pik holiga kelguniga qadar ko‘pirtirish davom ettiriladi. Tayyor aralashma bosh terisiga surtib chiqilgach, 10 daqiqa qoldiriladi va iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Piyozli niqoblar

Sochlar parvarishida piyoz sharbatining o‘ta foydali ekanligi qulog‘ingizga chalingan bo‘lsa kerak. Piyozli niqoblar haqiqatdan ham sochlar holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadimi? Shubhasiz, ha!

Sochlar parvarishida piyozning foydasi juda ham katta. Quyidagi niqob esa sochlaringizning jilokor, mayin va sog‘lom bo‘lishiga ko‘maklashadi.

Bugungi kunda ko‘plab ayol-qizlarni tashvishga solayotgan sochlar to‘kilishi muammosidan ham piyozli niqoblar yordamida osongina halos bo‘lishingiz mumkin.

Bir dona o‘rta kattalikdagi piyoz qirg‘ichan o‘tkazilib, hosil bo‘lgan massa bosh terisiga surtiladi va bir necha soat shu holicha qoldiriladi. Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng piyozli bo‘tqa iliq suv yordamida yuvib tashlanadi. Piyoz bo‘tqasiga biroz asal qo‘shib yuborish orqali uning samarasini yana ham kuchaytirishga erishishingiz mumkin. 

Sochlar to‘kilganda...

Sochlaringiz o‘ta siyrak va to‘kiluvchan bo‘lib qolgan bo‘lsa,  oddiy, foydali va samarali niqob bilan uni parvarish qilishga kirishing.

Buning uchun 1 dona o‘rta kattalikdagi piyozni qirg‘ichdan o‘tkazib, 1 dona ko‘pirtirilgan tuxum sarig‘i bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan massaga 1 oshqoshiq kanakunjut yog‘i va 1 oshqoshiq qizdirilgan tabiiy asal qo‘shib, aralashtirishda davom eting.

Hosil bo‘lgan massani bosh terisini yengil uqalovchi harakatlar bilan singdirib, avval polietilen qalpoq, so‘ng sochiq bilan o‘rab, 2 soatdan keyin iliq suv bilan yuvib tashlang. Muolaja kutilgan natijani berishi uchun niqobni haftasiga 2-3 marta, 3 hafta davomida muntaza ravishda bajarish lozim. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook