Haqiqiy insoniylik tuyg’usu haqida 8 ta misol
Haqiqiy insoniylik tuyg’usu haqida 8 ta misol
Hayotda beminnat, fidoyi va haqiqatdan ham mard insonlar kamdan-kam uchraydi. Bunday insonlar har qanday sharoitda ham yordamlarini ayamaydilar va madad qo’lini cho’zadilar.

1.Syun Shiyxua, xitoylik biznesmen-millioner, qishloqdoshlariga shinam kvartira va villalar qurib bergan.

1.Syun Shiyxua, xitoylik biznesmen-millioner, qishloqdoshlariga shinam kvartira va villalar qurib bergan.

Syun Shiyxua Xitoy janubidagi Syunkeng qishlog’ida tug’ilib o’sdi. Katta bo’lib qurilish biznesi va po’lat savdosi bilan shug’ullanib, millionlar ishlab topgandan keyin qishloqdoshlariga yordam berishga qaror qildi. U 72 ta oilaga yangi kvartiralar hamda unga ayniqsa yordami tekgan yana 18 ta oilaga villalar qurib berdi. Bu loyihaga biznesmen 4 mln funt sterling mablag’ini sarf qi’ldi. U shuningdek qariyalar va kam ta’minlangan oilalarni bepul uch mahal ovqat bilan ta’minlashni va’da qildi.

2.Chak Fini, sobiq eks-milliarder o’zining boyligining 99% ni tashkil qilgan 7,5 mlrd dollarini yoshlarning ta’lim olishi uchun sarfladi.

2.Chak Fini, sobiq eks-milliarder o’zining  boyligining 99% ni tashkil qilgan 7,5 mlrd dollarini yoshlarning ta’lim olishi uchun sarfladi.

Chak Fini irland-amerika biznesmeni, o’zining hayriya ishlarini 1984 yilda aktsiyalarining 38, 75% ini Duty Free Shops ga o’tkazish bilan boshladi. Fini shuningdek Irlandiyaning Limerika Universitetiga 170 mln dollar miqdoridagi bir qator grantlarni taqdim qildi. Oxirgi 30 yil ichida 7,5mlrd dollar mablag’ni xayr-ehson ishlarga sarfladi, shulardan 6,2 mlrd dollarni ta’lim, ilm, sog’liqni saqlash, qariyalar himoyasi va fuqarolar huquqi bilan shug’ullanuvchi Atlantik Philanthropies fondiga nasib etdi. Hozirda Chakning bor yo’g’I 2 mln dollar mablag’i bor.

3.Bikers Againts Childs Abuse (BASA) nomi bilan tanilgan Los-Andjelesdagi baykerlar guruhi, zo’rlangan bolalarni himoya qilish bilan shug’ullanadi.

3.Bikers Againts Childs Abuse (BASA) nomi bilan tanilgan Los-Andjelesdagi baykerlar guruhi, zo’rlangan bolalarni himoya qilish bilan shug’ullanadi.

BASA tashkilotidagi baykerlarning ishi – zo’rlik qurboni bo’lgan bolalarga havfsizlik muhitini yaratishdan iborat. Ular tajovuzchi qamoqqa olinmaguncha bolalarni uyi oldida kechqurunlari qorovulchilik qiladilar, maktabga, sud majlisiga va psixoterapiya seanslariga kuzatib boradilar. Baykerlar bolalar sudda avblanuvchiga qarshi ko’rsatma berayotganlarida qo’rquv va noqulaylikni his qilmasliklari uchun hattoki sud jarayonida ham ishtirok etadilar.

4.Dashrat Mandji, qishlog’iga boruvchi yo’lni qisqartirish maqsadida 22 yil mobaynida tog’ ichidan 100 metrlik yo’l kavlab, 55 km yo’lni 15 km ga qisqartirdi.

4.Dashrat Mandji, qishlog’iga boruvchi yo’lni qisqartirish maqsadida 22 yil mobaynida tog’ ichidan 100 metrlik yo’l kavlab, 55 km yo’lni 15 km ga qisqartirdi.

Dashrat Mandji Hindistonning Bixar shtatida yashar edi. 1960 yilda homilador xotini jarohat oladi, yaqin o’rtadagi kasalxona 70 km uzoqlikda joylashgan edi. Dashrat xotinini u yerga olib borguncha, xotini yo’lda jon beradi. Bu voqeadan keyin Dashrat hukumatga qisqa yo’l qurish haqida iltimos bilan chiqadi, biroq urunishlari zoye ketadi. Shunda u yo’l qurishni o’zi boshlaydi. U 22 yil davomida tog’ni teshib, undan uzunligi 100 metr kengligi 9 metr bo’lgan yo’lni qurishga muvaffaq bo’ladi. Dashrat Mandji 2007 yilda vafot etdi, u katta izzat bilan dafn qilindi.

5.102 yoshli Dobri Dobrev har kuni sadaqa so’raydi va tushgan xayr-ehsonning barini cherkov va bolalar uylariga beradi.

5.102 yoshli Dobri Dobrev har kuni sadaqa so’raydi va tushgan xayr-ehsonning barini cherkov va bolalar uylariga beradi.

 Dobri Bolgariya poytaxtidan 24 km uzoqlikda yashaydi. Yoshligida Sofiyaga piyoda borgan qariya hozirgi kunda u yerga avtobusda borib kun bo’yi sadaqa yig’adi. Yig’ganlarini cherkov va bolalar uyiga hadya qiladi. Uning eng yirik ehsoni 24 000 dollar bo’lgan. Dobrining aytishicha, u bir paytlar gunoh ish qilib qo’ygan, shuning uchun uni yuvish uchun shu ishni qiladi.

6.11 yoshlik Lyan Yaoi miya saratoni kasalligidan vafot etadi. O’limidan oldin u onasiga o’zining tana a’zolarini boshqa bolalarni asrab qolish uchun berishini vasiyat qilib qoladi.

6.11 yoshlik Lyan Yaoi miya saratoni kasalligidan vafot etadi. O’limidan oldin u onasiga o’zining tana a’zolarini boshqa bolalarni asrab qolish uchun berishini vasiyat qilib qoladi.

Janubiy Xitoyning Guandun qishlog’ida yashagan Lyan Yaoi 9 yoshidan miya saratoni kasalligi bilan kasallangan. O’limidan oldin tana a’zolarini boshqa bolalarga vasiyat qilib qoldirdi. Jasur va fidoyi bolakayning joni uzilganda tibbiyot xodimlarining barchasi unga uch bora ta’zim qiladilar.

7. Kaliforniyadagi qariyalar uyi kasodga uchraganda, barcha xodimlar ketib qoldi. Faqatgina farrosh va oshpaz qolib, 16 ta qarovsiz qolga qariyalarga beg’araz yordam ko’rsatdilar.

7. Kaliforniyadagi qariyalar uyi kasodga uchraganda, barcha xodimlar ketib qoldi. Faqatgina farrosh va oshpaz qolib, 16 ta qarovsiz qolga qariyalarga beg’araz yordam ko’rsatdilar.

Oshpaz Moris Roulend va farrosh Migel Alvares yopilgan qariyalar uyida qolishga qaror qildilar, chunki u yerda 16 ta yordamga muhtoj qariya qarovsiz qolgan edi. Ular qariyalar bilan tunu kun birga bo’lib, ularni bir lahza ham qarovsiz qoldirmadilar. Uylariga ham bir soatgagina borib kelardilar. Bu voqea sababli 2014 yilda mamlakatda qariyalarga g’amxorlik qilish qonuni kuchga kirdi.

8.Albert Leksi 36 yil davomida bolalar kasalxonasida oyoq-kiyim tozalab kelmoqda.

8.Albert Leksi 36 yil davomida bolalar kasalxonasida oyoq-kiyim tozalab kelmoqda.

71 yoshli Albert Leksli 15 yoshidan oyoq-kiyim tozalashni boshlagan. Har seshanba va payshanba kunlari u Pitsburg kasalxonasiga kelib, kasallarning oyoq-kiyimini tozalaydi. Ishlab topgan pullarining barchasini xayr-ehson ishlariga sarflaydi. 36 yil ichida u choychaqadan tushgan pullari 200 000 dollarni tashkil etdi, bu pullarning barchasini qiynalgan va muhtojlarga sarf qildi. O’zining esa hatto avtomobili ham yo’q.

 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook