просмотров
Biz bu postni har kungi yo'l tirbandligida o'z asab tolalarini yeb bitiradiganlar uchun joyladik. Biz buni xotiraga saqlab qo'yishni va trotuar bo'ylab yurmoqchi bo'lganingizda ochib o'qishingizni maslahat beramiz. Demak, tarixdagi eng hayratga soladigan 6 ta tirbandlik.
Nyu-York shtati, AQSH 1969-yil
1969-yilning avgust oyida Nyu-York shtatidagi Betel shaharchasida "Vudstok" deb nomlangan birinchi rok-festival bo'lib o'tadi. Tashkilotchilar konsertlga 25 ming odamning kelishini rejalashtirgan. Lekin biroz yanglishishgan. "Vudstok" sharqning 500 ming rokerlarini to'plagan. Natijada 17B shosseda 32 kmlik tirbandlik vujudga kelgan. Politsiyachilar vaziyatni qo'lga olmoqchi bo'lishgan, lekin bekorga. Ko'pchilik o'z mashinalarini chetda qoldirib, piyoda yurishgan. Musiqachilarni tomosha joyiga vertolyotda olib borishga majbur bo'lishgan.
Boston, AQSH 1978-yil
Kuchli bo'ron Qo'shma Shtatlarning shimoli sharqiy qismini 1978-yilning yanvar oyida egallab olgan. Bir kun ichida shunchalik ko'p qor yog'diki, Konnektikut shtatidagi "Xardford-sivik markazi" sport arenasi tomini o'pirib tushirdi. Massachusetsadagi qor qoplamining balandligi 60 sm ga yetdi. Mahalliy aholi bunday ob-havoda mashinani garajda qoldirish fikriga borishmagan bo'lsa kerak. Hech narsa bo'lmagandek, millionlab odamlar ishga o'z avtotransoportlarida borishga qaror qiladi va birinchi kunning o'zidayoq bo'ron butun Bostonni katta bir tirbandlikka aylantirib qo'yadi.
Lion-Parij, Fransiya 1980-yil
Fransuz haydovchilari 175 km uzunlikdagi XX asrning eng uzun tirbandligi bilan Ginnes rekordlari kitobiga kirishgan. Hisob-kitoblarga ko'ra, 5 million avtomobil Lion va Parij orasidagi yo'lda qolib ketgan. Shimoliy regionlarda yashaydigan aholi uyga Alpdagi bayramlardan so'ng qaytishgan. Qalin tuman tushishi- ko'plab avtohalokatlarning sababchisi bo'lgan.
Berlin, Germaniya 1989-yil
Mashhur Berlin devori 1989-yilning noyabr oyida chegaraning g'arbiy va sharqiy qismlari ochilmaguncha turgan. Oxirgi 3 kun ichida Sharqga 3 million kishi tashrif buyurgan. 22-dekabrda Brandenburg eshiklari ochilganda ikki taraflama ham nemis poytaxti tarixidagi eng uzun tirbandlik yuzaga kelgan.
San-Paulu, Braziliya 2008-yil
Tirbandlik bo'yicha rekordni San-Paulu egalladi. 2008-yil yozda Braziliya ulkan megapolisining 3-qimi chiqdi, halqa yo'llar yo'qligi bilan aziyat chekadi. Harakat deyarli 265 km uzunlikdagi yo'lda to'xtab qolgan.
Pekin, Xitoy 2010-yil
Millionlab xitoyliklar 2010-yilning 14-avgust kuni yuz kilometrlik tirbandlik mahbusiga aylangan. Tirbandlik 11 kundan keyingina oxirigacha tarqalgan. Mopedlarda suv va yeguliklar bilan savdo qiluvchilar narxlarni osmonga chiqarib yuborishgan. Haydovchilarning esa mashinada tunab qolishdan boshqa choralari qolmagan. Keyinroq ba'zilar sentabrdan oldin ozodlikka erishishni hisobga olishmaganini aytishgan.
Сообщения из Facebook