Hindistonning ushbu kurortlari bir umr unutilmaydigan xotiralarni in’om etadi
Hindiston haqida gapirilganda, hayolingizga birinchi bo’lib keladigan narsa nima? To’g’ri Hindistonning ko’pgina shaharlarida aholining yashash sharoiti yaxshi rivojlanmagan, biroq uning noyob manzarali hududlari, baland tog’lari va hattoki mistikasi bilan tanishgani dunyoning turli burchaklaridan sayyohlar oqimi bu yerga keladi. Ushbu mamlakatning eng jozibador va maftunkor joylariga sayohatni boshlaymiz.

1.Svasvara

1.Svasvara

Tabiatning bu go’zalligi bilan hech bir narsa tenglasholmaydi. Bu kurort yashil o’rmon bilan o’ralgan bo’lib, “Om” sohil bo’yi plyaji bu yerning asosiy bezagidir. Tabiat bor-yo’q ranglarini shu yerga sarflagan, deysiz. Agar siz barcha muammolaringizni esdan chiqarib, hayotdan zavq olishni istasangiz, aynan mana shu joyga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Ushbu kurort asosan davolashga mo’ljallangan, bu yerda shuningdek, basseyn, yoga studiyasi hamda ayurvedik massaj xizmatlari ham bor.

2.Piggeri

2.Piggeri

Goz’al qishloq manzarasi bilan o’ralgan ajoyib dam olish maskani. Ushbu muqaddas hisoblangan joy Goa sehrli sohilbo’yi plyajida joylashgan bo’lib, 4 ta kottejdan va 3 ta uncha katta bo’lmagan uydan iborat. Bu yerda kun botish va kun chiqish jarayonlari o’ta jozibali va maftunkor ko’rinishga ega, shuning uchun buning ta’sirida xotirjamlik va ruhiy mutanosiblikka erishasiz. 

3.Shakti 360 Leti

3.Shakti 360 Leti

Tog’lar hamisha bizga sirli va viqorli ko’rinadi. Tog’larda dam olish – zavqli va jozibalidir. Agar bu tog’lar – Himolay tog’lari bo’lsa-chi, bunday go’zallikka hech kim jim qarab tura olmaydi. Hindistondagi shu joylarni ko’rishni istasangiz, Shakti 360 Leti kurortiga borishni maslahat beramiz. Bu kichkinagina dam olish maskani bor- yo’g’i 4 ta kottejdan iborat. Lekin shunga qaramay, bu yerga kelgan sayyoh tabiat manzarasi va ketma-ket kelgan tog’larning qorli cho’qqilariga nazar tashlar ekan, bu go’zallik oldida tillari aylanmay qolishi aniq.

4.”Mihir Garh” mehmonxonasi

4.”Mihir Garh” mehmonxonasi

Sahroga sayohat qilishni istarmidingiz? Hindistondagi bu joylar aynan siz va sizga o’xshaganlar uchun mo’ljallangan. Qumli Tar sahrosi sizga hech narsa bilan tenglashtirib bo’lmaydigan unutilmas hissiyotlar va eng yorqin xotiralarni beradi. ”Mihir Garh” mehmonxonasi bor-yo’g’i 9 ta xonadan iborat. Bu xonalar dizayni Rojaston shtati madaniyatiga butunlay mos keladi. 

5.Baradari qasri

5.Baradari qasri

Bu qasrni faqatgina bitta so’z bilan ta’riflash mumkin – muhtasham! Bir vaqtlar u Maxorajaning akasi tomonidan loyihalashtirilgan bo’lib, Panjob shtatining tarixiy hududida joylashgan. Hozirgi kunda bu saroy ekzotik otelga aylangan bo’lib, bu yerda Bollivud filmlari suratga olinadi. Ushbu XIX asrning me’moriy mo’jizasi unutilmas xotiralarni hadya etadi. Siz nafaqat ruhingiz va tanangizga dam berasiz, balki bir umr esdan chiqmas hissiyotlarga ham ega bo’lasiz.

Maqolani baxolash?

Facebook Conversations