Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir bo’lgan dahshatli yong’inning barcha tafsilotlari
 Hotira: Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida sodir bo’lgan dahshatli yong’inning barcha tafsilotlari
Joriy 2018 yilning 25 marti kuni Rossiya Federatsiyasining Kemerovo shahridagi “Zimnyaya vishnya” savdo markazida kuchli yong’in sodir bo’ldi. Yong’in besh balli shkala bo’yicha uchinchi darajadagi murakkablikka ega deb baholandi. Shu kuni Kemerovo oblastida federal darahadagi “Favqulodda vaziyat” rejimi joriy qilindi.
Yong’in o’z og’ushiga olgan maydon – tahminan 1600 kvadrat metrni tashkil etdi. 26 mart peshiniga qadar olingan ma’lumotlar bo’yicha yong’in natijasida 64 nafar odam halok bo’lgan, shu jumladan 41 nafar bolalar. 2009 yilda Permdagi “Xromaya Loshad” tungi klubida 156 kishining hayotdan ko’z yumishiga zomin bo’lgan yong’indan keyingi bu yong’in qurbonlar soni bo’yicha zamonaviy Rossiyaning tarixidagi eng yirik yong’ini bo’ldi.
Savdo-ko’ngil ochish majmuasi 2006 yilda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli faoliyati to’xtab qolgan qandolatchilik fabrikasining sehining binosida 2013 yilda ochilgan. Bino 1970-yillarda (boshqa manbalar bo’yicha 1936 yilda) qurilgan va 20000 kvadrat metrdan ortiq maydonga ega bo’lgan. To’sinlar almashtirilib qavatlarning soni ikkitada to’rttagacha orttirilgan holda qayta qurilgan.
Savdo majmuasining to’rtinchi qavatida o’z tarkibida jami 542 nafar tomoshabinga mo’ljallangan 3 kinozalga ega bo’lgan “Zimnyaya vishnya” kinoteatri joylashgan edi.

Binoning old tomondan ko’rinishi

Binoning old tomondan ko’rinishi

Binoning 4 qavatidagi yong’in boshlangan joy

Binoning 4 qavatidagi yong’in boshlangan joy
Shu bilan birga bu qavatda attraktsionli bolalar ko’ngil ochish markazi, avtodrom, o’yin labirinti, katok, kafe-bar, bilyard xonasi, yigirma metrli basseyn va ko’p miqdordagi saunalar (yog’ochli rus hammomi, finn saunasi va turkcha bug’xona)ga ega fitnes-klub joylashgan edi.
Savdo binosida bir vaqtning o’zida 200dan ko’p odam bo’lishi tufayli Favqulodda Vaziyatlar Ministrligining Kemerovo oblasti Bosh boshqarmasi tomonidan “yuqori xavf-xatar” toifasiga kiritilgan himoya obyektlari ro’yxatidan “Zimnyaya vishnya Kemerovo” va “Kemerovo qandolatchilik kombinati” OACH ham joy olgan.
2016 yil iyun oyida Rossiya Faqulodda Vaziyatlar Ministrligi davlat inspektori Darya Moskalyova tomonidan yong’in xavfsizligini me’yorlarining majburiy talablariga rioya qilish bo’yicha tekshirish o’tkazilgan. Tekshirishda hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagan.
Bu binoda fojiadan avval ham ikki marta yong’in sodir bo’lgan: 2003 yilda yong’in tufayli tomning qulab tushishi, 2013 yilda esa yirik yong’in sodir bo’lib, unda bir kishi xalok bo’lgan edi. 2017 yilning sentyabr oyida markazga yong’in va portlagich moslama o’rnatilgani to’g’risidagi yolg’on qo’ng’iroq tufayli Savdo Markazining xodimlari va tashrif qiluvchilarning evakuatsiyasi o’tkazilgan.
Favqulodda Vaziyatlar Ministrligining ma’lumotiga ko’ra qidiruv-qutqarish ishlari hamda tergov ishlari tugatilgandan so’ng savdo markazining binosi to’liq buzib tashlanadi.

Voqealarning rivojlanishi

FVMga dastlabki qo’ng’iroq 2018 yilning 25 marti, yakshanba kuni, mahalliy vaqt bilan soat 16:04 kelib tushgan. Favqulodda Vaziyatlar Ministrligining Kemerovo oblasti Bosh boshqarmasining saytida binoda tutun tarqalayotgani to’g’risidagi ma’lumot mahalliy vaqt bilan soat 16:20 da paydo bo’lgan.
Guvohlarning aytishlaricha yong’in to’g’risida ogohlantirish tizimi ishlamay qolgan. Shuningdek, qutqarilib qolgan tashrifchilarning so’zlariga qaraganda yong’in paytida binoda ur-yiqit va tiqilinch holat vujudga kelgan.
Chiptasizlarni kiritmaslik (shu jumladan, Chiptalar sotilishini nazorat qilish bo’yicha Yagona federal avtomatlashtirilgan tizimiga taqdim etilgan noto’g’ri ma’lumotlar uchun jarimaga tortilishning oldini olish) maqsadida kinozallarning eshiklari kalitga qulflab qo’yilgan ekanligi to’g’risida xabar berilgan.
Keyinchalik kuzatuv kameralaridagi yozuvlarning analizi qulflab qo’yilgan eshiklar to’g’risidagi xabarni tasdiqlamadi. Tomoshabinlarning bir qismi tashqaridagi o’ta quyuq tutun tufayli kinozalning ichida qolib, yordam kutishni afzal ko’rgan va shu tufayli katta tezlik bilan siqilib kelayotgan yong’in qurshovida qolgan.
Voqeaga beihtiyor shohid bo’lganlarning so’zlariga qaraganda binoning tomiga chiqib olganlar faqat 40 daqiqa o’tganidan keyin pastga tushirilgan. Olov qurshovida qolganlarning ayrimlari boshqa iloch topa olmay binoning to’rtinchi qavatidagi derazalaridan tashqariga pastga sakraganlar. Ularning ichida yosh bolalar ham bo’lgan.
Shu kunning o’zida, Moskva vaqti bilan soat 20:00 da fuqaro mudofaasi, favqulodda vaziyat va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari bo’yicha ministr Vladimir Puchkov va Kemerovo oblasti gubernatori Aman Tuleev tomonidan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yong’in to’g’risida xabar berilgan.
Prezident Vladimir Puchkovga zudlik bilan hodisa joyiga etib borishni hamda Moskva va Krasnoyarskdan yo’naltirilgan qo’shimcha kuch va mablag’larni chalb etish bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rish topshirig’ini bergan. Jabr ko’rganlar va ularning oilalarini barcha zarur tibbiy ta’minot bo’yicha ko’rsatmalar berilgan.
Kemerovo shahriga Rossiya sog’liqni saqlash ministri Veronika Skvortsova jo’natilgan.
Yong’in qoplagan maydon 1600 kvadrat metrni tashkil etdi. Keyinchalik tom bilan to’rtinchi va uchinchi qavatlarning o’rtasidagi jami maydoni 1500 kvadrat metrga teng to’sinlar qo’lab tushdi. 25 mart kuni soat 19:12 da yong’inning tarqarilishi to’htatildi, soat 23:07 da ochiq olov bartaraf etildi.
Favqulodda vaziyatning bartaraf etilishiga 840 ta odam va 195 ta texnika birligi, ulardan Rossiya FVMdan 680 ta odam va 110ta texnika birligi, shu jumladan 2 nafar havo kemasi jalb qilingan.

Xalok bo’lganlar va jabrlanganlar soni

Rossiya FVM ma’lumotlariga ko’ra yong’in natijasida 64 kishi xalok bo’lgan va Kemerovo shahar hukumatining 27 mart kungi ma’lumotlariga ko’ra, yana 38 kishi bedarak yo’qolgan deb hisoblanmoqda. VSE42.ru portalida berilgan ma’lumotga ko’ra kinozalning ichida 15 ta jasad topilgan. Qulflangan yong’in ehtiyot chiqishining oldida yana 15 kishi olamdan ko’z yumgan.

Hayvonot bog’ining hayvonlari

Savdo markazida tarkibida 25 turdagi 200 ga yaqin hayvonlar (tulkilar, enotlar, surikatlar, olmahonlar, quyonlar, mitti kamerun echkilari, tipratikanlar va boshqalar)dan tarkib topgan kichik hayvonot bog’i ham bo’lgan.
Hayvonot bog’ining direktori Yevgeniy Videmanning so’zlari: "Ularning hammasi dimiqib jon berishgan, chunki men oxirgi bo’lib chiqib ketdim, hayvonot bog’ining hududida odamlar qolmagan edi... Qafaslarning hammasi yopiq bo’lgan, hayvonchalarning qutqarilib qolishiga imkon qolmagandi."

Tergov

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra yong’in oxirgi, to’rtinchi qavatda boshlangan. Tahmin qilinayotgan sabablar: ehtiyotsizlik bilan olovdan foydalanish, elektr uzatgichlarning qisqa tutashishi va qasddan o’t qo’yish.
Bolalar markazida suratkash-animator bo’lib ishlagan va yong’in ishida asosiy guvoh sifatida so’roq qilinayotgan Yevgeniy (familiyasi berilmagan) ning gaplariga ko’ra "o’t qo’ygan kimsa” – 12 yoshli o’g’il bola.
Shu kuni u atraktsionni bir marta yoqishga urinib ko’rgan, biroq boshlagan xarakatni tugatishga ulgurmagan, chunki uni to’htatib qolishgan. Sal keyinroq esa, u baribir nojo’ya ishini oxiriga yetkazgan.
Ommaviy ahborot vositalari sabablar qatorida yong’inga qarshi kurashish nazoratining samarasizligi va korrupsiyani ham tilga oladilar.
"Yong’in xavfsizligining qat’iy tartib-qoidalari va yong’in nazoratchilarining armiyasiga qaramay, Rossiya bu sohada eng yomon ko’rsatkichlardan biriga ega (yong’in natijasida 100 ming kishiga 7,5 ta o’lim holati, qiyoslaganda AQSHda 1 ta, Qozog’istonda 2,7 ta, Fransiya va Germaniyada 0,5 ta)".

Savdo markazida yong’in xavfsizligi talablarining buzilishi

"Zimnyaya vishnya" savdo markazida yong’in xavfsizligiga maxsus ma’lumotga ega bo’lmagan va hech qachon murakkab texnika bilan ishlamagan odam ma’sul bo’lgan. Kemerovo oblasti gubernatorining o’rinbosari Vladimir Chernov ta’kidlaganiday, markazda yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi qo’pol ravishda buzilgan.
Yong’in ehtiyot chiqishlari bekitilgan edi. Yong’indan xabardor etish signalizatsiyasi, yong’inni o’chirish va tutunni bartaraf etish tizimlari ishlamagan.

Qahramonlar

Qahramonlar
OAV xabarlariga ko’ra qahramonlik ko’rsatish holatlari ham bo’lgan. 37 yoshli o’qituvchi Tatyana Darsaliya o’zining 14 yoshli qizini savdo markazidan chiqarib yuborib, qolgan bolalarni ham qutqarishga urinib ko’рish uchun darhol yana binoning ichiga qaytgan, ammo qaytib chiqa olmagan.
Tojikistonlik muxojir ishchilar – ma’mur Farzonbek Salilov va qo’riqchi Maxmujon Xudojo’ev o’zlari ishlagan poyafzal do’konining omboridagi xalokat chiqishini ochib tashlab tashrifchilarni chiqishi uchun yo’l ko’rsatgan va o’nlab odamlarning qutqarilib qolishiga yordam bergan.
Ularning gaplariga qaraganda, odamlar esankirab qolganlar - ko’pchilik sarosimada xatto zina poyadan tepaga qarab yugurgan, shuning uchun ham ularni kuch bilan kerakli tarafga yo’naltirishga to’g’ri kelgan. O’z familiyasini ovoza qilmaslikni iltimos qilgan Kemerovolik suratkash Evgeniy kinoteatrning bitta zalidan tartib bilan 30 dan ortiq bolalarni tashqariga chiqarishga erisha olgan.
Kemerovo shahrida yashovchi Konstantin Kolabuxov noma’lum kassir qiz bilan birga o’yin attraktsionlarining yonayotgan xonasidan uch yoshli bolakayni olib chiqqan. FVM kadet korpusining talabasi - 17 yoshli Dima Poluxin qop-qora, quyuq tutun tarqalgan xonadan uch nafar o’n yoshlik bolalarni olib chiqqan.

Tergov harakatlari

Rossiyaning tergov komiteti Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining uch moddasi - 109, 219 va 238-moddalari ("Ehtiyotsizlik natijasida o’lim yetkazish", "Yong’in xavfsizligi qoidalari talabini buzish", "Yong’in xavfsizligi qoidalari talabiga javob bermaydigan xizmat ko’rsatish") bo’yicha jinoyat ishini qo’zg’atgan.

Motam

Motam
2018 yilning 26 marti kuni Ryazan oblastining gubernatori tomonidan 27 mart kunini motam kuni deb e’lon qilingan, ammo keyinchalik e’lon ko’ngil ochish marosimlarini bekor qilish tavsiyalariga almashtirilgan.
Kemerovo shahrida 2018 yil 26 mart kuni "Zimnyaya vishnya" savdo markazida sodir bo’lgan yong’in natijasida halok bo’lganlar xotirasiga 27 mart kunidan boshlab uch kunlik motam e’lon qilingan.
Fojia munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin butun Rossiya hududida 28 martni Motam kuni deb e’lon qilgan. "VGTRK", "STS Media", "Gazprom-media" va "Milliy Media Gruppa" mediaxolding kompaniyalari shu kunlari ko’ngilochar ko’rsatuvlari va reklama uzatilishini bekor qilinishi to’g’risida e’lon qildilar.
Dunyodagi ko’p mamlakatlardagi Rossiya elchixonalari eshiklari ostiga insonlar halok bo’lganlarning hotirasini yod etish maqsadida gullar va o’yinchoqlar olib kelishgan.
Shu jumladan O’zbekiston Respublikasidagi Rossiya elchixonasi darvozasi oldiga ham bevaqt olamdan ko’z yumgan insonlar va begunoh bolalarni hotirlash maqsadida quchoq-quchoq gullar, shamchiroqlar hamda bolalikning beg’ubor olami-yu hayotdan ko’z yumgan kichkintoylarning hotirasini aks ettiruvchi yumshoq o’yinchoqlar olib kelingan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook